Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

VIY
1
Kiyev shahrida ulkan ibodatxona bor. Shu ibo-
datxonaning darvozaxonasi oldiga osib qo‘yilgan 
jom erta bilan dang‘illab chalinishi bilan maktab-
ga bola-yu talabalar shaharning to‘rt tomonidan 
qator-qator kelaverardilar. Savod va nutq o‘rga-
nayotgan pastki sinf toliblari hamda ilohiyot va 
falsafa bilan shug‘ullanayotgan yuqori sinf tala-
balari daftar-qalamlarini qo‘ltiqlab, dars xonaga 
kirishardi. Savodxonlar nuqul kichkina tirran-
chalardan iborat, ular bir-birlarini itarishib, chi-
yillashib so‘kishar, hammasining ki 
yim-boshi 
yirtiq-yamoq, kir va iflos, cho‘ntaklarida oshiqmi, 
patdan qilingan hushtakmi, tishlangan som-
sa, ba’zida chumchuq bolasi, ishqilib, har balo 
bo‘lar edi. Gohida bulardan bitta-yarimtasining 
cho‘ntagidagi chumchuq bolasi dars vaqtida bir-
dan chirqillab yuborsa, boyaqish egasi domladan 
xo‘b dakki eshitar, gohida olcha novdasi yelkasi-
da o‘ynar edi. Ilmi kalom
2
o‘quvchi nazmxonlar 
siporoq edilar. Bularning kiyim-boshlari aksari 
butun bo‘lar edi-ku, lekin so‘zning husni ramz-u 
majoz bo‘lganidek, bularning husni-basharala-
1
Viy – sodda xalq to‘qib chiqargan xayoliy bahaybat max-
luq malorossiyaliklar yer tagidan chiqadigan jinlarning bosh-
lig‘ini «Viy» deydilar. Ularning qovoqlari osilib, yerga tushgan 
bo‘ladi. Bu hikoyaning boshdan-oyoq hammasi xalq orasida 
yurgan afsonadir. Men hikoyani andak bo‘lsa ham, o‘zgar-
tirgim kelmadi va eshitganimni sodda qilib yozdim (yozuv­
chidan).
2
Ilmi kalom – inqilobdan avval eski madrasalarda o‘qi-
tiladigan to‘gri so‘zlash ilmi.


174
Nikolay Gogol
ridagi yirtiq-yamoqlari edi. Birining ko‘zi olayib 
joyidan o‘ynab ketgan, birining labi do‘rdaygan, 
xullas, har qaysisida bir alomat bo‘lar; bular ning 
tovushi yo‘g‘onroq, gaplashgan va ont ichgan-
da tovushlari sal do‘rillabroq chiqar edi. Falsa-
fa o‘rganuvchilarning tovushlari yana bir par-
da yo‘g‘onroq bo‘lib, kissalarida achchiq tamaki 
cho‘pidan boshqa hech narsa bo‘lmas edi. Ularda 
bir narsani asrab qo‘yish odati bo‘lmas, nimaiki 
topsalar, shu tobda nafslariga urar edilar, ular-
dan tamaki va araq hidi shunday burqirab turar 
ediki, mabodo, birorta kosib ularning yonidan 
o‘tib qolguday bo‘lsa, xuddi tozi itdek anchaga-
cha havoni hidlab qolar edi.
Bu paytda bozor ham endigina qizib kelayot-
gan bo‘lganidan teshik kulcha, shirmoy non, 
tarvuz urug‘i, ko‘knor urug‘ sepilgan shirin non 
sotib yurgan xotinlar, yupqa endan yoki boshqa 
matodan to‘n kiygan talabalarni ko‘rsalar, etak-
laridan tortib:
– Keling! Beri keling, mulla! Teshik kulcha oling! 
Zag‘-zag‘ni qarang, Xudo ursin, o‘zim pishirganman! 
Asal deysiz! – deb har yoqdan chuvillashar edi.
Yana bittasi uzunroq burama nonni ko‘tarib:
– Mullajon, bu yoqqa qarang, burama nondan 
oling! Anavi xotindan ola ko‘rmang, basharasini 
qarang, ta’viyaligini ayting – burni qursin, qo‘li-
ning iflosligini ko‘ring! – der edi.
Lekin falsafashunoslar bilan dinshunoslar ning 
etaklaridan tortgani qo‘rqar edilar, chunki ular, 
yeb ko‘ray, deb changallab olib ketaverar edilar.
Seminariyaga kelgach, har kim o‘z darsxonasi-
ga kirib ketar edi. Darsxonalar pastak-pastak 
bo‘lsa ham, sahni keng, darchasi pastgina, 
eshiklari katta-katta, o‘tiradigan eshakchalari 


175
Taras Bulba
kir, mog‘or va iflos bo‘lar edi. Darsxonaga kirib 
o‘tirish lari bilan vijir-vijir o‘qish boshlanar, sho-
girdlar saboqlarini xalfalariga o‘tkazar edilar. 
Savodxonning ingichka tovushi kichkina dar-
chalar oynasiga tekkanda, oynalar ham shu xil-
da ingichka aks-sado chiqarar edi. Bo‘yi, osilib 
tushgan lablari, faylasufga munosib bo‘lgan 
tilshunos lardan biri burchakka kirib olib, g‘o‘n-
g‘illar edi, xolos, uning nima o‘qigani eshitil-
mas, faqat olisdan do‘rilla gan ovoz eshitilar edi
ammo xalfalarning qulog‘i shogirdlarning o‘qishi-
da bo‘lsa ham, ko‘zlari eshakcha tagida, chunki 
shogirdning cho‘ntagidan nonmi, somsami yoki 
qovoq urug‘imi, bir narsa ko‘rinib qolar edi.
Ba’zida talabalar maktabga ertaroq kelib qol-
salar yoki professorlari odatdagidan sal ha-
yallab kelishini bilsalar, hammalari maslahat-
lashib, mushtlashar edilar. Maktab bolalarining 
odob-axloqini tergab turuvchi peshqadamlar ham 
bu mushtlashuvda qatnashishga majbur edilar. 
Dinshunoslardan ikkitasi o‘rtaga chiqib, musht-
lashish tartibini, ya’ni, har bir sinf o‘zi mushtla-
shadimi yoki hammalari ikki tarafga bo‘linib, sho-
girdlar bir taraf, talabalar bir taraf bo‘ladilarmi, 
buni aniqlab berar edilar. Harnechuk avval sho-
girdlar boshlar edilar, lekin notiqlar aralashdi 
deguncha, darrov o‘zlarini bir chekkaga olib, te-
palikka chiqar va bu yerdan turib, jangni tomo-
sha qilardilar. Keyin, uzun-uzun qora mo‘ylovli 
falsafashunoslar aralashar edilar, gardani qalin 
dinshunoslar kirishar edilar. Jangning oqibati 
aksari shu bo‘lar ediki, dinshunos lar zo‘r chiqib 
hammani qochirardilar, falsafashunoslar yon-
boshlarini qashigancha darsxonaga qochib, bun-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling