Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
159
Taras Bulba git sipohiy kiyimda turar edi. Bu sipoh, bisotida nimasi bo‘lsa hammasini ustiga ilib chiqibdi, uyi- da yirtiq ko‘ylagi bilan eski etigidan boshqa hech narsa qolmagandir. Bo‘ynida past-u baland ikki qator zanjir osig‘liq, zanjirga qandaydir bir ta n- ga ham ilib qo‘yilgan, yonida mahbubasi turib- di, uning ipak ko‘ylagini birov kir qilib qo‘ymasin deb, to‘rt tarafga alangla gani-alanglagan. Mah- bubasiga hamma voqeani aytib tushuntirib ber- di, aytmagan hech narsasi qolmadi. «Jonim Yu- zitsya, ko‘rib turganingiz bu odamlar gunohkorni qanday qiynab, o‘ldirishlarini tomosha qilgani kelgan odamlardir. Jonginam, ko‘z oldingizda turgan anavi oyboltalik, shop-u shaloplik odam jalloddir, jazo beruvchi o‘sha. Turli xil qiynoqlar- ga solganda ham gunohkor darrov o‘la qolmay- di. Keyin boshini kesib tashlaydi; bundan keyin, jonim, birpasda o‘ladi. Avval xo‘b dodlab pitirlay- di, lekin kallasi chopilishi bilan tovushi o‘chadi; suv icholmaydi, ovqat yeyolmaydi, chunki jonim, tanasida boshi yo‘q-da!» Yuzisya ham bu gaplar- ga quloq solib, yuragi orziqib, eshitib o‘tirardi. Tomlarda liq to‘la odam. Tuynuklardan do‘ppiga o‘xshagan g‘alati qalpoqchalar kiygan, mo‘ylovi badburush basharalar qarab turar edi. Kibor boyonlar bolo xonalarda boshlariga chodir tikib o‘tiradilar. Oppoq qanddek yiltiragan tishlarini ko‘rsatib kulib turgan boyvuchchaning chiroy- li qo‘llari panjarani ushlab turibdi. Biqqi se miz janob gerdayib tamanno bilan qarab turardilar. yengi tashlangan, yasangan bir malay sharob-u sharbatlar va laziz ovqatlar tashib turardi. Qora ko‘zli sho‘x bola oppoq qo‘liga holva va mevalarni olib, odamlar ustiga irg‘itar edi. To‘da-to‘da bo‘lib 160 Nikolay Gogol turgan och sipohiylar qalpoqlarini tutar edilar, rangi aynigan qizil to‘nining zarbog‘ichlari qoray- gan askarbachchalardan birovi novcha bo‘yini cho‘zib, uzun qo‘li bilan bola tashlagan narsani ushlab olgach, avval o‘pib, siynasiga bosib, keyin og‘ziga solardi. Boloxonada oltin qafasda osig‘liq turgan qarchig‘ay ham tomoshabinlardan edi. U ham bo‘ynini qayirib, butini ko‘tarib odamlarga tikilib qarardi. Odamlar birdaniga g‘avg‘o ko‘tar- dilar, har tarafdan: «Olib kelyaptilar!.. Olib kel- yaptilar!» degan tovush chiqdi. Bosh yalang, kokillari o‘sib tushgan, soqollari o‘sib ketgan kazaklar qo‘rqmasdan, xafa ham bo‘lmasdan mag‘rurona va mardona kelar edi- lar. Qimmatbaho movut kiyimlari to‘zib, yirtiqlari osilgan edi. Xaloyiq tomoniga qaramas va salom ham bermas edilar. Oldinda Ostap. O‘g‘li Ostapni ko‘rganda chol Tarasning ko‘ng- lidan nimalar o‘tdi? Qanday hissiyotlar dilidan kechdi? Odamlar orasidan unga boqar va uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatib turardi. Mahbuslar dor tagiga yaqin keldilar. Ostap to‘xta- di. Bu achchiq o‘lim sharbatini avval ichadigan u edi. Sheriklariga qarab qo‘lini yuqori ko‘tarib, ba- land ovoz bilan aytdi: – Xudoyo, nasroniyning azob tortib, dodla- ganini bu yerda ko‘rgan fosiqlarga eshitgulik qil- ma! Hech qaysimizdan churq etgan ovoz chiqma- sin! Shunday deb dor tagiga yaqinroq keldi. Bulba: – Barakalla, o‘g‘lim, barakalla! – dedi-da, mo‘ysafid boshini quyi soldi. Jallod uning to‘zigan kiyimlarini yechib oldi. Qo‘l-oyog‘iga kunda soldilar, so‘ngra... jahan- nam azobini tasvirlab, o‘quvchilarimiz dilini si- 161 Taras Bulba yoh qilib o‘tirmaymiz, bu azoblarni tasvirlasak, o‘quvchilarimizning tepa sochlari tik bo‘lar edi. Bu qiynoqlar u dag‘al zamonning o‘z mahsuli edi, u zamonlarda odam bolasi faqat qonli urushlar- ni bilar va shuning uchun qonxo‘rlikka o‘rga nib, ko‘ngli toshdek qotib ketgan va insonparvarlik- dan bexabar edi. O‘sha asr odamlarining ba’zi bir saralari bu vahshiyliklarga qarshi bo‘lsalar ham, ularning qarshiligi behudaga ketar edi. Podsho- lar, ilm-ma’rifat soyasida qulf-dillari ochilgan ko‘p dilovarlar bunday dahshatli choralar faqat kazak millatining qahr-g‘azabini qo‘zg‘atajagini fahmlar edilar. Biroq davlat ayonlari, hokim va to‘ralar- ning qilgan beboshlik va g‘addorliklari oldida pod- shoning hukmi va donishmandlarning fikri hech narsa bo‘lmay qolardi. Bu g‘addorlar kaltabinlik, xudbinlik va go‘daklar kabi bema’ni-yu bema- za mag‘rurliklari orqasida mamlakat idora sini masxara va hajvga aylantirdilar. Ostap azob-u qiynoqlarga mardona turib, bardosh qilib berdi. Hatto qo‘l-oyog‘ining suyaklarini majaqlaganlari- da va buning mudhish ovozi jim turgan odam- lardan oshib uzoqdagi tomoshabinlar qulog‘iga yetganda, boyvachchalar ko‘zlarini yumib teskari qaraganlarida ham, undan sado chiqmadi, ammo faqat yuzi taskin topdi. Taras odamlar ichida boshini quyi solib, ammo qosh-qovog‘ini ko‘tarib, mardona qarab turar va: «Barakalla, o‘g‘lim, balli o‘g‘lim!» – deb tahsin o‘qir edi, xolos. Biroq qiynoq juda jonidan o‘tib, o‘ladigan bo‘lganda toqati qolmadi, shekilli, ko‘zlari javdi- rab, to‘rt tarafga qaradi. Yo Xudo, qani endi bir oshna ko‘rinsa! Hamma yot, hamma – begona! Hozir ayni shu mahal qarindoshlaridan loaqal bir kishi bo‘lsa edi. Ojiza onasining dod-faryodini yoki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling