Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

135
Taras Bulba
Galoko pitenkoga yetib olay degan edi, qo‘q qisdan 
birovning zabardast qo‘li oti ning jilovidan ush-
ladi, qarasa oldida Taras! A’zoyi badaniga larza 
tushib, rangi o‘chdi...
Andriy, sherigini urmoqchi bo‘lib quvlagan va 
muallimiga duch kelib, kaltak yegan maktab bola 
holiga tushdi: butun g‘azab-alami bir onda yo‘qolib 
yuvosh bo‘lib qoldi, ko‘z oldida dahshat bilan tur-
gan otasidan boshqa hech narsani ko‘rmasdi.
Taras o‘g‘lining ko‘ziga qarab turib:
– Xo‘sh, endi nima qilamiz? – dedi.
Andriy bu savolga hech qanday javob berol-
masdan yerga qaragancha turaverdi.
– Qalaysan, o‘g‘lim, lyaxlaring joningga ora 
kirdimi?
Andriydan sado chiqmadi.
– Shunaqa ham xiyonat bo‘ladimi! Diningni 
sotding-a! O‘z qardoshlaringni sotding-a! Qani, 
otdan tush!
U yosh boladek bo‘ysunib, otdan tushdi, otasi 
oldiga kelib, jonsiz tanadek jim turdi.
– Qimir etmasdan jim tur! Seni dunyoga keltir-
gan ham o‘zim edim, endi o‘ldiruvchi ham o‘zim 
bo‘lay! – dedi Taras. Keyin bir qadam orqasiga 
chekinib, yelkasidan miltig‘ini oldi.
Andriyning rangi bo‘zdek oqardi, lablari qimir-
lab, birovning nomini atadi, ammo ayni shu ma-
hal atagani – Vatanining nomi ham emas, onasi-
ning nomi ham emas, og‘a-inilarining nomi ham 
emas, polyak malikasining nomi edi. Taras otdi.
O‘roq bilan o‘rilgan bug‘doy boshog‘idek, pi-
choq bilan bo‘g‘izlangan qo‘zidek boshi shilq etib 
tushdi, bir og‘iz so‘z aytmay, o‘t ustiga yiqildi.
Bolasini o‘ldirgan ota jonsiz tanaga uzoq tikil-
ganicha qarab turdi. Andriy o‘lganda ham chiroy-


136
Nikolay Gogol
li edi. Yaqinda kuch-quvvatga to‘lgan, xotinlarni 
shaydo qilgan mardonavor chehrasida hali ham 
ajib bir go‘zallik ko‘rinib turardi. Qop-qora qoshlari 
tobut ustiga yopilgan barqutdek yiltirar va qoni 
qolmagan aftining har bir tarxini ayirib turar edi.
– Kazaklikka qayeri kam edi? Qaddi baland, 
qoshlari qalam, yuzida kiborlik, qo‘li jangda mah-
kam edi! Esiz yigit-a! Yaramas itdek xor bo‘lib 
o‘ldi! – dedi Taras.
Shu onda yetib kelgan Ostap:
– Ota, nima qildingiz? Siz o‘ldirdingizmi? – deb 
so‘radi.
Taras boshi bilan ishora qilib, «ha» dedi.
Ostap o‘likning nursiz ko‘zlariga tikilib qaradi.
Ukasiga achinib:
– Ota, endi dushmanlarga xor bo‘lmasin, dar-
randa-charrandalarga yemish bo‘lmasin, hurmat 
bilan yer bag‘riga qo‘yaylik, – dedi.
– Uning bizdan bo‘lak ko‘madiganlari, yig‘-
lovchilari bor! – dedi Taras. – Bo‘ri-bo‘rsiqlarga 
yemish qilib tashlab ketaversammikan yoki uning 
bahodirligini hurmat qilsammi? Har bir botir har 
qanday dushmani bo‘lsa ham, bahodirlikni hur-
mat qilishi kerak-ku, – deb andak fursat andi-
shaga borib qoldi. 
Xuddi shu payt Golokopitenko ot choptirib 
keldi.
– Sho‘rimiz quridi, ota, lyaxlar kuchayib ketdi-
lar, ularga madad keldi! – Golokopitenko so‘zini 
tamom qilishga ulgurmagan ham edi, Vovtuzen-
ko ot choptirib keldi.
– Ataman, balo yog‘ildi-ku! Dushmanga yana 
madad keldi! – Vovtuzenko bu so‘zni aytar-ayt-
mas Pisarenko piyoda yugurib keldi.


137
Taras Bulba
– Ota, qayerdasan, kazaklar seni izlab yurib-
dilar: ataman Nevilichkiy o‘ldi, Zadorojniy ham 
o‘ldi, Cherevichenko ham o‘ldi, ammo kazaklar 
bardosh qilib turibdilar, seni ko‘rib, undan keyin 
o‘laylik, – deydilar.
– Ostap, otga min! – dedi Taras va kazaklarni 
ko‘rib o‘lay, ular ham o‘lar oldida atamanlarini 
ko‘rib qolsinlar deb, shoshganicha ularning te-
pasiga ketdi, lekin chakalakdan chiqmaslaridan 
dushmanlar atrofdan o‘rab kelib qoldilar. Daraxt-
lar orasidan har tomondan nayza ko‘targan, qilich 
yalang‘ochlagan otliqlar chiqaverdilar. Taras: 
«Ostap, Ostap, bo‘sh kelma!..» – deb qichqirdi-da, 
o‘zi qilichini yalang‘ochlab duch kelganini cho-
paverdi. Oltitasi birdaniga Ostapga yopishdi, le-
kin yaxshi soatda yopishmagan ekanlar, biri ning 
boshi uchib ketdi, biri yuztuban ag‘darilib tush-
di, biri biqinidan nayza yedi, biri botirroq ekan, 
o‘qqa chap berib, boshini olib qochdi, o‘q otiga te-
gib, to‘shidan tig‘ parrondek o‘tib ketdi, ot osmon-
ga sapchib yiqilib, ustidagi odamni bosib tushdi. 
Taras: «Barakalla o‘g‘lim, barakalla, Ostap!.. Ho-
zir oldingga yetib boraman!..» – deb yopirilib ke-
layotganlarni urib-yiqitib borar va ikki ko‘zi Os-
tapda edi; bir vaqt qarasa, kam emas, sakkiztasi 
birvarakayiga yopishibdi. «Ostap!.. Ostap, bo‘sh 
kelma!..» Biroq Ostapni yengib qo‘yguday bo‘ldi-
lar; biri bo‘yniga arqon tashladi; bog‘ladilar ham, 
tutdilar ham. Taras o‘ng-u so‘lga urib, duch kel-
ganining boshini sapchadek uzib, Ostap oldiga 
borishga harakat qilar edi. «Oh, Ostap! Ostap!..» 
Biroq shu paytda boshiga og‘ir bir tosh tekkandek 
bo‘lib, ko‘zi tindi. Kesilgan boshlar, nayza, tutun, 
o‘tning shu’lasi, daraxtlarning shox va barglari 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling