Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

127
Taras Bulba
– Men bas kelaman! – deb o‘rtaga chiqdi Mo-
siy Shilo. U bir necha bor dengizda qaroqchilar-
ga bosh bo‘lgan, issiq-sovuqni ko‘p ko‘rgan juda 
polvon kazak edi. Trapezont
1
shahrida turklar 
qo‘liga tushib, turklar uni sheriklari bilan birga 
kemada bandi qilib olib ketgan, qo‘l-oyoqlariga 
kishan solib, dengizning sho‘r suvidan boshqa 
hech narsa bermay, qiynagan edilar. Boyaqish 
bandilar barcha azob-uqubatlarga chidadilar, 
lekin dinlaridan qaytmadilar. Ammo qaroqchi 
boshi Mosiy Shilo toqat qilolmay, dinidan qaytib 
musulmon bo‘ldi, gunohkor boshiga salla o‘radi, 
turklar podshosi ishonib, uni barcha bandilarga 
bosh qilib, bandixonaning kalitini qo‘liga berib 
qo‘ydi. Bechora bandilar uning bu ishidan ko‘p 
ranjidilar, chunki o‘z oralaridan chiqib, dinini 
yutib, zolimlar bilan birlashib ketgan battol qo‘l 
ostida bo‘lgandan ko‘ra, boshqa bir dinsiz qo‘l 
ostida bo‘lgan yaxshiroq ekanini bilardilar. Dar-
voqe, shunday bo‘ldi. Mosiy Shilo bandilarning 
hammasini uch qator zanjirga bog‘ladi, arqon-
ni suyakkacha botirib, chambarchas bog‘ladi. 
Hammani xo‘b savaladi, turklar bunday sado-
qatli qulni topganlariga suyunib, aysh-ishratga 
kirib va shariatlarini unutib, mast bo‘lganlari-
da, Mosiy Shilo oltmish to‘rt kalitning hamma-
sini keltirib bandilarga ulashdi va: «Kishanlar-
ni yechib daryoga tashlanglar, qo‘lingizga qilich 
olib turklarni chopinglar» deb buyurdi. Bundan 
kazaklar ko‘p o‘ljalar bilan yurtlariga qaytib kel-
gan edilar va ularning bu ishlarini ko‘p zamon-
largacha do‘mbirachilar xo‘b maqtab kuyladilar. 
1
Trapеzont – Turkiyaning Qora dеngiz bo‘yidagi sha-
harlaridan biri, savdo markazi.


128
Nikolay Gogol
Askarboshilikka saylar ham edilar-ku, ammo de-
vonaroq edi. Gohida har qanday dononing ham 
aqli yetmaydigan ishlar qilar, ba’zida esa juda 
tentakligi o‘tib ketar edi. Bud-shudini ichkilik-
ka sarf qilib, Sechda hammadan qarzdor bo‘lib 
qoldi, buning ustiga, o‘g‘rilik qilib, sharmandasi 
chiqdi. Bir kecha birovning uyiga kirib, egar-jab-
duqlarini o‘g‘irlab chiqib, araqfurushga garov-
ga qo‘yibdi. Bu qil mishi uchun uni bozor joyda 
yog‘ochga bog‘lab qo‘yib, har kim kuchi yetguncha 
bir urib o‘tsin deb, oldiga bitta so‘yil tashladilar. 
Ammo uning burungi ishlari hammaga mashhur 
bo‘lgani uchun zaporojyеliklar orasida unga so‘yil 
ko‘taradigan hech kim topilmadi. Mosiy Shilo 
shunaqa odam edi.
Lyaxning tepasiga yetib kelib: «Siz itlarni o‘ldi-
radigan odamlar ham bor», – dedi. Ikkovi xo‘b 
olishdi; zarbadan ikkovining ham sovut va qal-
qonlari qayrildi; lyax uning sovutini kesib tash-
ladi, qilichining dami sovutdan o‘tib badaniga 
qadaldi. Kazakning temir ko‘ylagi qip-qizil qon-
ga bo‘yaldi, Shilo bunga parvo qilmay, zabar-
dast, baquvvat qo‘lini ko‘tarib, lyaxning boshiga 
chunonam urdiki, jez dubulg‘asi boshidan uchib 
ketdi, o‘zi gandiraklab yiqilib tushdi. Shilo uni 
chopishga, cho‘qintirishga tutindi. Yengilgan 
dush manni yana chopib nima qilasan, kazak! 
Orqangga qara! Kazak orqasiga qaramadi, o‘lgan 
lyaxning navkarlaridan biri kelib, bo‘yniga pichoq 
urdi. Shilo qayrilib qaradi, kushandasini tutay 
dedi, lekin u dorining tutini ichida g‘oyib bo‘ldi. 
Har tarafdan miltiq o‘qi yog‘ildi. Shilo gandirak-
lab qoldi va yegan zaxmi qattiq ekanini fahmladi. 
Qo‘li bilan yarasini ushlagancha yiqildi; o‘rtoqla-


129
Taras Bulba
riga qarab: «Alvido! Aziz o‘rtoqlar, dinimiz va yur-
timiz Rossiya abadiy yashasin! Aslo putur yetma-
sin!» – dedi. Quvvati ketgan ko‘zlarini yumdi, ka-
zakning ruhi ko‘p azob chekkan tanasini tashlab 
ketdi. U tomonda Zadorojniy o‘z odamlari bilan 
chiqib keldi. Bo‘linma boshlig‘i Vertixvist saflarni 
o‘ng-u so‘lga surib kelar, Balaban ham maydon-
ga o‘zini urgan edi.
Taras bo‘linma boshliqlari bilan qichqirishib:
– Og‘alar, qalay, qortiqda doringiz sop bo‘lgani 
yo‘qmi? Holingiz qalay, kazaklar, bo‘sh kelma-
yapsizlarmi? – deb so‘radi.
– Otamiz, dorimiz hali bor, kuch-quvvatimiz 
joyida, kazaklar bo‘sh kelmayaptilar!
Kazaklar bir zo‘r berdilar. Saflarni ara lash-
quralash qilib yubordilar. Past bo‘yli polkovnik, 
har tarafga sochilib ketgan odamlarini yig‘moq 
uchun: «Sakkizta rang-barang bayroq ko‘ta ring», 
– deb buyurdi. Lyaxlarning hammasi bayroq ta-
giga to‘plandi. Ammo saflarini rostlab olguncha 
bo‘lmay, bo‘linma boshlig‘i Kukubenko askar-
lari bilan o‘zini o‘rtaga urib, qorni katta, semiz 
polkovnikka hamla qilib qoldi. Polkovnik uning 
zarbiga dosh berolmay, otini burib qochdi. Ku-
kubenko uning orqasidan uzoqqacha quvlab 
borib, askarlariga yo‘latmadi, yon tomonda tur-
gan Stepan Guska buni ko‘rib, qo‘lida arqon bi-
lan otining yoliga yotib olib, uning oldidan to‘sib 
chiqdi. Payt topib, uning bo‘yniga arqon tashladi. 
Polkovnik ikki qo‘li bilan arqonga yopishib, uni 
uzishga urindi, yuzlari momataloqdek ko‘karib 
ketdi. Ammo yaxshilab urilgan nayza allaqachon 
qornidan teshib chiqib, yerga qadaldi. Polkovnik 
yerga qoqilgandek shu yerda qoldi. Biroq Ste-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling