Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

118
Nikolay Gogol
lar, kazaklarga munosib botirliklar ko‘rsatadigan 
katta ishlar bor. Qani, o‘rtoqlar, birdaniga ichay-
lik, avvalo, muqaddas dinimiz rivoji uchun ichay-
lik, dinimiz butun dunyoga yoyilsin, yer yuzida 
yolg‘iz bizning dinimiz bo‘lsin! Shu qatorda Sech 
uchun ham ichaylik, ko‘p yillar yashnasin yur-
timiz, yildan-yilga rivojlanib, bir-biridan azamat, 
bir-biridan ko‘rkam, mard yigitlar yetishsin: shu 
qatorda o‘zimizning shon-shavkatimiz uchun 
ham ichaylik, nevaralarimiz va ularning bolalari, 
bizlarni yodlab, yor-birodarlikni mahkam ushla-
gan, buning qoidasini bajo keltirgan, qardoshlari-
ga xiyonat qilmagan odamlar bor ekan desinlar. 
Qani, birodarlar, din uchun ichaylik, din uchun!
Oldingi safda turganlar gurillagan ovoz bilan:
– Din uchun! – deb qichqirishdi.
Keyin orqaroqda turganlar ham qo‘shilishib:
– Din uchun! – deb yosh-qari hamma baravar 
ichdi.
– Sech uchun! – dedi Taras qo‘lini yuqori ko‘-
tarib.
Oldingi saflardan ham:
– Sech uchun! – degan baland ovoz chiqdi. 
Keksalar ham oqargan mo‘ylovlarini qoqib:
– Sech uchun! – dedilar; ular ketidan o‘spirinlar 
ham lochindek kerilib: – Sech uchun! – dedilar.
Kazaklarning o‘z yurtlarini yod etib chiqargan 
ovozlari uzoq dalalarni yangratdi.
– Endi o‘rtoqlar, yer yuzidagi barcha nasroniy-
lar hurmatiga oxirgi ho‘plamni ichaylik!
Kazaklarning hammasi, kosalarida qolgan oxir gi 
ho‘plamni yer yuzidagi barcha nasroniylar shara-
figa ichdilar.


119
Taras Bulba
– Yer yuzidagi barcha nasroniylar uchun! – de-
gan ovoz har bir bo‘linmaning har bir safida tak-
ror-takror eshitildi va xiyla vaqtgacha o‘chmadi.
Kosalar bo‘shadi, lekin hammalari qo‘llarini 
ko‘targancha turar edilar. Hammalarining ko‘z-
lari maydan javdirab shod va xursand bo‘lsa ham, 
ko‘ngillari xijilroq edi. Endi ular urushdan oladi-
gan manfaatlar, o‘lja va g‘animatlarni, oltin-ku-
mush, qimmatbaho qurol-aslahalar, kimxob-
zarbof kiyimlar, cherkas otlari kimga, qaysi bir 
baxtliga g‘animat bo‘lishini emas, balki boshqa 
narsalarni o‘ylar edilar. Baland tog‘lar ustiga 
qo‘nib, pastdagi bepoyon dengizni, unda mayda 
qushlardek yurgan kema va qayiqlarni, uning 
ingichka bir chiziqdek ko‘rinib turgan qirg‘oqla-
rini, atrofida pashshadek ko‘ringan shaharlar-
ni, boshini egib, mayda o‘lanlardek ko‘ringan 
daraxtzorlarni tomosha qilib turgan burgutdek 
o‘y-o‘ylashib qolgan edilar. Burgut tevarak- atrof-
ga birma-bir boqqandek, ular ham yiroqda qor-
ayib ko‘ringan qismatlariga boqar edilar. «Dala 
va qo‘riqlar, yo‘l va cho‘llar bizning qonimizga se-
rob bo‘lar, buzilgan aravalarga, singan qilich va 
nayzalarga, oq suyaklarimizga to‘lar», – der edi-
lar. Kokili qonga belanib qotib qolgan, mo‘ylovi 
osi- lib qolgan boshlar soy toshiday dumalab 
yotar, burgutlar kelib, ko‘zlarini cho‘qir, o‘yar, 
ammo bunday keng, bunday yayragan qabris-
tonning hurmati ulug‘. Mardonalik, oliyhimmat-
lik bilan qilingan hech bir ish nobud bo‘lmagani, 
dori ning zarrachasi ham miltiq og‘zidan behuda-
ga ketmaganidek, kazaklar shuhrati ham, ular-
ning shon-shavkati ham sira yo‘qolmas. Oq so-
qoli ko‘ksiga tushgan, balki soch-soqoli oqargan 


120
Nikolay Gogol
bo‘lsa ham kuch-quvvati, mardligi hamon ruhi-
da yashayotgan, tetik ruhi so‘nmagan mo‘ysa-
fid do‘mbirachi chol ularni yodlab, odamning 
yurak-bag‘rini ezuvchi, alamli dostonlar aytgan-
da, shuhrati olamni tutgan, avlod-avlodga dos-
tonlar bo‘lg‘usi, chunki ovozi yaxshi chiqsin deb 
usta toza nuqradan ko‘proq ishlatgan jomning 
dang‘illagan tovushi shahri azimlarga ham, kul-
ba-yu xarobalarga, qasr va oshiyonlarga ham 
baravar yetib boradi. Ibodatga chorlagandek, 
alamli so‘zlarning jaranglagan ovozi uzoq zamon-
larga, yiroq-yiroqlarga eshitiladi.
IX
Zaporojyеliklarning yarmisi tatarlar ketidan 
quvlab ketganini shahardagilardan hech kim 
bilmadi. Faqat qal’a kungurasida turgan pos-
bonlar aravalarning bir qismi yo‘lga tushib, da-
raxtzor orqasiga o‘tib ketganini bildilar, xolos, 
ammo kazaklar pistirma qilib poylab yotmoq-
chilar deb o‘yladilar. Farang muhandisi
1
ham 
shu xayolda edi. Bu orada askarboshining ayt-
gan gaplari to‘g‘ri chiqib, shaharda osh-non tan-
qis bo‘lib qoldi; o‘tgan eski zamonning taomi-
lini qilib, lashkarga qancha ovqat lozimligini ol-
dindan tuzukroq hisoblay olmaganlar. Qal’adan 
chiqib hamla qilmoqchi bo‘lib urinib ko‘rdilar, 
ammo botirlar ning yarmisi kazaklar qilichidan 
o‘tdi, qolganlari shaharga quruq qochib kirdi. 
1
Farang muhandisi – qadimda qal’alarni mustahkam-
lash hamda qamal qilish ishlarida fransuzlar usta sa-
nalgan. Shu sabab Polsha, Litva va Rossiyaga ularni ko‘p 
chaqirtirishardi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling