Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

112
Nikolay Gogol
munosib odam yo‘q. Botirlikda oramizda unga 
baravar keladigan hech kim yo‘q.
Bovdyug buni aytib, jim bo‘ldi, uning bergan 
maslahatiga, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘rig‘iga kazaklar 
ham xursand bo‘ldilar. Hammalari qalpoqlarini 
irg‘itib:
– Barakalla, otamiz, indamay yurib-yurib oxi-
ri bugun bir gapirding, yaxshi gapirding, urush-
ga otlanib chiqqaningda kazaklar kuniga yarab 
qolarman degan eding, so‘zing bekor ketmadi, 
kunimizga yarading, – deb qichqirishdi.
– Nima deysizlar, shunga rozimisizlar? – deb 
so‘radi askarboshi.
– Rozimiz hammamiz! – deb qichqirishdi ka-
zaklar.
– Bas, maslahatimiz bitdimi?
– Bitdi! – deb qichqirishdi kazaklar.
Askarboshi:
– Bolalarim, endi butun lashkarga berilgan 
buyruqni eshiting! – deb oldinroq chiqib qal-
pog‘ini kiydi, qolgan zaporojyеliklarning barcha si 
qalpoqlarini olib, bosh yalang yerga qarab tur-
dilar. Ulug‘lari so‘zlaganda kazaklar hamisha 
shunday bo‘ysunib turar edilar. – Aziz birodarlar, 
endi bu yerdan ketadiganlar o‘ng tomonga, qo-
ladiganlar chap tomonga o‘tinglar, har bo‘linma-
ning ko‘pchiligi qaysi tomonga o‘tsa, ataman 
o‘sha tomonga o‘tsin, kamchilik tomon boshqa 
bo‘linmalarga qo‘shilsin.
Hammalari qimirlashib qoldilar, birov u to-
monga, birov bu tomonga o‘ta boshladi. Qay si 
bo‘linmaning ko‘pchiligi qayoqqa o‘tsa, ataman 
ham o‘sha yoqqa o‘tdi, kamchilik tomon boshqa 
bo‘linmalarga qo‘shildi. Har ikki tomon salkam 


113
Taras Bulba
baravar chiqdi. Nezamaykovskiy bo‘linmasi ning 
hammasi deyarli qoldi, Popovich bo‘linmasining 
yarmisidan ko‘pi, Umanskiy, Kanevskiy bo‘lin-
masining hammasi qoldi, Steblikivskiy va Timo-
shevskiy bo‘linmalarining yarmisidan ko‘pi qoldi. 
Qolganlarning hammasi tatarlar ketidan quvlab 
borish tarafdori bo‘ldi. Har ikki tomonda bo-
tirlar bor edi. Tatarlar izidan borishga tarafdor 
bo‘lib chiqqanlar ichida keksa, mardi maydon 
kazak Cherevatiy, Pokotipolo, Lemish, Prokopo-
vich Xomalar bor edi; Demid Popovich ham bu 
tomonga o‘tdi, chunki g‘ayrati tez va bir yerda 
ko‘p turib qolsa chidolmaydigan odam edi; lyax-
lar bilan urushib ko‘rdi, endi yana tatarlar bilan 
urushib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bo‘linmalardan Nost-
yugan, Pokrishka, Nevilichkiy, yana bir qan cha 
pahlavonlar tatar bilan olishib bilak quvvatini, 
qilich damini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Qolmoq-
chi bo‘lgan kazaklar orasida ham azamat pol-
vonlar, mardlar ko‘p edi. Bo‘linmalardan Demit-
rovich, Kukubenko, Vertixvist, Balaban, Bul-
benko, Ostap bor edi. Bundan bo‘lak yana bir 
necha mashhur va ma’ruf kazaklar bor edilar. 
Chunonchi, Vovtuzenko, Chere vichenko, Stepan 
Guska, Oxrim Guska, Mikola Gustiy, Zadorojniy, 
Metelitsa, Ivan Zakrutiguba, Mosiy Shilo, Dyogt-
yarenko, Sidorenko, Pisarenko, yana bir Pisa-
renko, yana bir qanchalar. Bular ning bari ko‘pni 
ko‘rgan, har yurtda bo‘lgan: Anatoliy bo‘ylarini 
kezgan, Qrimning sho‘rlagan yerlarida, dasht va 
biyobonlarida, Dneprga quyila digan katta-kichik 
barcha daryolarda, Dnepr ning barcha burun va 
orolla rida bo‘lgan odamlar edilar. Moldavanlar, 
alatlar, turklar yurtida ham bo‘lgan, Qora den-


114
Nikolay Gogol
gizni ikki quyruqli qayiq bilan boshdan-oyoq 
kezib chiqqan, ellik qayiq bir bo‘lib ulkan kema-
larga qaroqchilik qilgan: birtalay turk kemala-
rini g‘arq qilgan, umrlarida behad va behisob o‘q 
otgan, qimmatbaho kimxob va zarboflarni yirtib 
paytava qilgan, bir emas, qayta-qaytadan shim-
larining cho‘ntagini nuqul oltinga to‘latib olgan 
odamlar edi. Bulardan har qaysisining o‘z umrida 
sovurgan mol-dunyosi behad va behisob edi va bu 
mol-dunyolar boshqalarga umrbod yetar edi. Ular 
hammani ziyofat qilib, yer yuzidagi hamma o‘yna-
sin-kulsin deb mashshoqlar yollab, bor-yo‘qlarini 
sovurganlar. Hali ham ko‘mib qo‘ygan mol-dun-
yosi, kumush kosa va cho‘michi yo‘g‘i ular orasida 
kam edi; mabodo falokat bosib tatarlar qo‘qqisdan 
Sechga bostirib kelib qolsa lar, mol-dunyolarni to-
polmasinlar deb, Dnepr orollaridagi qamishzor-
larga bekitib qo‘yardilar. Bu dunyolarni tatarlar 
u yoqda tursin, ba’zida egasi ham topolmas edi, 
chunki ko‘mgan joyi esidan chiqib ketar edi. Lyax-
lardan yor-birodarlarining o‘chini olmoqni va Iso 
dini uchun fido bo‘lmoqni istab, bu yerda qolgan 
kazaklar ana shu xildagi odamlar edi. Mo‘ysafid 
Bovdyug ham qolishni xohladi: «Tatarlar orqasidan 
quvlab borishga endi menda hol yo‘q, ammo ka-
zaklar qismatiga tushgan mardona o‘lim topib, yer 
bag‘rida yotmoqqa bu yerda o‘rin bor. Ko‘p zamon-
lardan beri o‘ladigan bo‘lsam, din yo‘lida jonboz-
lik qilib, urushda o‘lay deb, Xudodan so‘rar edim. 
Muro dimga yetdim. Keksaygan kazak hech qayer-
da bundan ortiq yaxshi o‘lim topolmaydi», – dedi.
Hamma ikki yoqqa ajralib, har bir bo‘linma saf 
tortib turgandan keyin, askarboshi saflar orasi-
dan aylanib chiqqach dedi:



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling