Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

100
Nikolay Gogol
– Kokilimizni qanday qilib kesar ekanlar, shuni 
ko‘rsam edi! – dedi Popovich oti ustida turib qay-
rilib qarab. Keyin o‘zining odamlari turgan to-
monga qarab: – Balki lyaxlar rost aytarlar, anov 
qorni katta boshlab chiqsa, u hammalariga juda 
yaxshi qalqon bo‘ladi! – dedi.
Kazaklar Popovichning bir gap aytmoqchi 
bo‘lganini fahmlab:
– Nega hammasiga qalqon bo‘ladi deb o‘ylay-
san? – dedilar.
– Chunki hamma askar uning orqasiga beki-
nib olgandan keyin bittasini nayzaga olib ko‘r-
chi, ololmaysan!
– Kazaklar qah-qah urib kulishdi. Ko‘p ka-
zaklar o‘zlarini to‘xtatolmasdan, anchagacha 
xa xolab, Popovichga: «Birovni askiya qiladigan 
bo‘lsa, shunday bulg‘ab tashlaydiki...» – dedilar, 
lekin u yog‘ini aytmay qo‘ya qoldilar.
Askarboshi:
– Qochinglar, tezroq qochinglar devor tagidan! 
– deb qichqirdi, chunki lyaxlar gapning alami-
ga chidolmadilar, shekilli, kattalari qo‘lini siltab 
buyruq qilganday bo‘ldi.
Qal’a tagidan andak qochib edilarki, birdan 
zambaraklar gumburlab berdi. Devor tepasida 
to‘polon-g‘avg‘o boshlandi! Keksa hokim ham otga 
minib kelib qoldi. Darvoza ochilib, askarlar yopi-
rilib chiqaverdilar. Oldinda saf-saf bo‘lib yasan-
gan navkarlar, ular ketidan sovut kiyganlar, ke-
yin temir jubba kiygan, sipar ko‘targanlar, mis 
dubulg‘alilar kelardilar; hammadan keyinda har 
qaysisi o‘z ta’bicha yasangan boy-u boyonlar ke-
lardilar. Kibr havosi oshgan bu toifa boshqalarga 
qo‘shilishga or qilib, alohida borar edi; askar yig‘ol-


101
Taras Bulba
maganlari g‘ulom va chokarlari bilan chiqqan edi-
lar. Bulardan keyin yana saf bo‘lganlar chiqishdi, 
bulardan keyin savlat va shukuh bilan xorunjiy 
chiqdi, keyin yana saf-saf bo‘lib, askar chiqqach, 
keyinda yo‘g‘on polkovnik chiqdi. Hammadan ke-
yinda past bo‘yli qotma polkovnik chiqdi.
Askarboshi:
– Qo‘ymanglar, saf rostlatmang! Hammangiz 
biryo‘la yopiriling! Boshqa darvozalarni qo‘yave-
ring, Titarevskiy bo‘linmasining odamlari, yon 
tomondan uring! Dyadkivskiy bo‘linmasining 
askarlari, yon tomondan ur! Kukubenko bilan 
Palivoda, orqa tomonga zo‘r ber! Bir-biridan ayi-
rib tashlanglar! – deb qichqirardi.
Kazaklar har tarafdan ot qo‘yib, ularni alg‘ov-
dalg‘ov qilib yubordilar, o‘zlari ham aralashib 
ketdilar. Loaqal bir marta otishga ham qo‘ymas-
dan qilichbozlik, nayzabozlik boshlanib ketdi. 
Hamma bir yerga g‘uj bo‘lib, har kim bu jangda 
o‘zini ko‘rsatdi. Demid Popovich oddiy askardan 
uchtasini nayzaga ildi, mansabdor boyonlardan 
ikkitasini otdan yiqitib: «Xo‘p yaxshi otlar ekan
shunaqa otga juda ishqiboz edim», – der edi. Ot-
larni da laga haydab yuborib, u yoqda turgan ka-
zaklarga: «Otni tutib olinglar», – dedi. Keyin yana 
o‘rtaga kirib boyagi otdan yiqilganlarning tepasi-
ga keldi va bi rini chopdi, birining bo‘yniga arqon 
tashlab egar qoshiga bog‘ladi, qimmatbaho dasta-
lik qilichini, belidan bir hamyon to‘la oltinini ye-
chib olgach, o‘zini sudrab ketdi. Azamat o‘spirin 
kazak Kobita polyak lashkaridagi pahlavonlar-
dan biri bilan olishib qoldi; yoqama-yoqa tutishib 
bo‘g‘izlasha ketdi. Kazak uni yenga boshlab, o‘tkir 
pichoq bilan ko‘kragiga urdi, ammo o‘zi ham 


102
Nikolay Gogol
omon qolmadi, cho‘g‘dek bir o‘q kelib, xuddi chak-
kasiga tegdi. Uni yiqitgan botir nasli ulug‘, marta-
basi baland, o‘zi chiroyli, qaddi-qomati kelishgan 
suqsurdek yigit edi. Saman otga mingan bu pahla-
von ko‘p botirlik ko‘rsatdi, zaporojyеliklardan ikki 
kishini ikki taqsim qilib tashladi. Azamat kazak 
Fyodor Korjni oti bilan ag‘darib, otini otib o‘ldirdi, 
o‘zini nayzaga ilib oldi. Ko‘p kazaklarning boshini 
kesdi, qo‘lini chopdi, Kobitani ham chakkasidan 
otib yiqitdi.
Nezamaykovskiy bo‘linmaning boshlig‘i ata-
man Kukubenko bu pahlavonni ko‘rib:
– Ana shu odam bilan olishib ko‘ray deyman, 
– dedi. 
Otining boshini qo‘yib yuborib, to‘ppa-to‘g‘ri 
uning orqasidan yetib keldi va bir na’ra tortib edi, 
yaqin o‘rtada turganlarning hammasi bu na’ra-
dan cho‘chib tushdi. Lyax otining boshini burib, 
u tomonga qayrilmoqchi bo‘lgan edi, oti unga 
itoat qilmadi. Kukubenkoning tovushidan hurkib 
qochib ketdi. Kukubenko orqasidan o‘q uzib 
qoldi. O‘q ko‘kragiga tegib, otdan yiqildi. Ammo 
lyax ham mardona turib, dushmanga zarba be-
rish harakatida edi, lekin qo‘lidan darmon ketib, 
qilichini ko‘tara olmadi. Kukubenko og‘ir sham-
shirini ikki qo‘llab ushlab, uning qoni qochgan 
og‘ziga tiqdi. Shamshir uning ikki tishini sindirib, 
tilini kesib, bo‘ynidan chiqib, yerga mixdek qo-
qildi. Lyax yerga qoqilganicha abadiy qoldi. Nas-
li balandning qip-qizil qoni tirqirab otilib chiqib, 
kimxob to‘nini bo‘yadi. Kukubenko uni bu yerda 
qoldirib, askarlari bilan o‘zini boshqa to‘pga urdi.
Umanskiy bo‘linmasining atamani Borodatiy 
o‘z askarlaridan ajralib chiqib, Kukubenko o‘ldir-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling