Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
97
Taras Bulba guziv, Titarevskiy, Timoshevskiy bo‘linmalari bi- rin-sirin yo‘lga tushdi. Yolg‘iz Peryaslavskiy bo‘- linmasi yo‘q edi. Bu bo‘linma odamlari qattiq mast bo‘lib, o‘z nasibalarini o‘zlari uzdilar. Ular- ning ba’zisi dushman qo‘lida bandilikda uyg‘on- di, ba’zisi uyg‘onmasdan qora yer bag‘riga kirdi, ataman Xlib o‘zini ishtonsiz, ko‘ylakchan lyaxlar qo‘lida ko‘rdi. Shahardagilar kazaklarning qo‘zg‘alib qolgan- larini bildilar. Shahar aholisining hammasi de- vor tagiga yig‘ildi. Kazaklar ko‘z o‘ngida jonli bir manzara paydo bo‘ldi; bir-biridan basavlat polyak pahlavonlari devor tepasiga chiqdilar. Oq g‘oz pati qadalgan mis dubulg‘alar quyoshdek yaltirar edi. Ba’zilar boshida qizil va ko‘k rang- da har xil qalpoqlar; qalpoqlarning uchi qayril- gan. Ustlarida zarbof kamzul, yengi tashlangan. Qilich va miltiqlariga oltin-kumush qadalgan; bu xil aslahalar ularga juda qimmatga tushar edi. Pahlavonlarning ustida bundan boshqa har xil zeb-u ziynatlar ko‘p edi. Hammadan oldinda qi- zil zar qalpoq kiygan polkovnik savlat bilan keri- lib turar edi. Polkovnik gavdasi yo‘g‘on, baland bo‘yli odam bo‘lib, qimmatbaho keng kamzul unga tor edi. Bosh tomondagi darvozalarga ya- qin joyda past bo‘yli, qotmadan kelgan yana bit- ta polkovnik savlat bilan turar edi; bu kishining kichkina, o‘tkir ko‘zlari qalin qoshi tagida o‘ynab turar; ingichka, qotma qo‘llari bilan har tarafga ishora qilib, buyruq qilar edi. O‘zi kichkina bo‘lsa ham askariy ishni yaxshi bilganligi ko‘rinib turar- di. Undan nariroqda turgan uzun bo‘yli, sersoqol, sermo‘ylov, yuzlari qip-qizil bayroqbardor janob- lari o‘tkir may, yaxshi ziyofat va maishatni yaxshi 98 Nikolay Gogol ko‘rar edilar. Xorunjiydorning orqasida birtalay boy-boyonlar turar edilar. Bularning ba’zisi o‘z puliga, ba’zisi podsholikdan, ba’zisi ota-bobo- sidan qolgan qasrlarda nima bo‘lsa hammasini juhudlarga garovga qo‘yib, otlanib chiqqan edi- lar. Amaldor va mansabdorlarning yuvindixo‘ri bo‘lgan yana har xil chakana-chukana odamlar ham ko‘p edi. Bu toifa odamlarni amaldorlar sav- lat-u dabdaba uchun navkar va chokar qilib, zi- yofatlarga ergashtirib, olib borardilar. Ular bo‘lsa, ziyofatlarda kumush qadah va tovoqlarni o‘g‘ir- lab, ertasiga yana birorta mansabdor boyning aravasini minib, aravakashlik qilib ketaverar edi- lar. Xullas, qal’a boshida har toifa odam bor edi. Bu odamlar ba’zida ichay desalar, pul topolmas edilar-ku, lekin urush deganda dabdaba uchun har qancha bo‘lsa sarf qilardilar. Kazaklar saf-saf bo‘lib, qal’a tagida jim turar- dilar. Bularning hech qaysisida oltin-kumush yo‘q, faqat qilich dastalari, miltiq qo‘ndoqlari go- hida ko‘rinib qolar edi. Urushga yasanib chi qish kazaklarda odat emas. Kiygan sovutlari ham, ki- yimlari ham sodda, boshlaridagi qo‘y terisidan tikilgan qora telpaklari uzoq-uzoqdan qorayib ko‘rinar edi. Zaporojyеliklarning saflaridan ikki kishi ol din- ga chiqdi. Biri yosh, ikkinchisi qariroq, ikkovi ham gapga chechan, ishga ham chaqqon va epchil edi. Bularning birini Oxrim Nash, ikkinchi sini Miki- ta Golokopitenko der edilar. Ular ning ketidan Demid Popovich ham chiqdi. Keng yag‘rinli bu odam ko‘pdan beri Sechda yurar, Andrianopolga ham borgan, ko‘pni ko‘rgan, o‘tda yongan, boshi- ga qora moy surtilgan va mo‘ylovlari kuygan hol- 99 Taras Bulba da Sechga qochib kelgan edi. Lekin Popovich endi yana tuzalib, sochi qop-qora, qalin mo‘ylovlari ham o‘sib juda basavlat, baquvvat bo‘lib ketgan, so‘zga usta, uzib-uzib oladigan odam edi. – Hoy, qizil chopon polvonlar, shop-shalopla- ringiz-ku, juda vahimali, kuchlaringiz qalay ekan, shuni bilgim keladi! Qal’a tepasida turgan yo‘g‘on askarboshi: – Shoshmay turinglar! Hammangizni bog‘lab olay! Sho‘rlik qullar, miltiq bilan otlarni bu yoqqa beringlar. Sheriklaringni bandi qilib, bog‘lab kel- ganimni ko‘rdinglarmi! – der edi. Qo‘l-oyog‘i arqon bilan bog‘langan zaporojyе- liklarni qal’a tepasiga chiqarib ko‘rsatdilar. Ol- dinda ataman Xlib mastlikda qanday yotgan bo‘lsa, shu holda, shalvarsiz, ko‘ylakchan turar edi. O‘z kazaklari oldida yalang‘och turganidan hamda uxlab yotganida itdek bandga tushgani- dan nomus qilib, ko‘zini yerga tikkancha turar edi. Ko‘pni ko‘rgan boshidagi sochlar bir kechada oqarib ketgandi. Pastdagi kazaklar: – Xlib, xafa bo‘lma, xalos qilib olamiz! – deb qichqirardilar. Bo‘linma atamani Borodatiy ham qichqirib: – Og‘ayni, xijolat bo‘lma! Yalang‘ochlayin seni tutib olganlariga sen aybli emassan; bunaqa ishlar har bir kishining boshiga tushadi, ammo seni avra- tingni yopmasdan ko‘rsatgan ularga uyat, – dedi. – Uyquda yotganlar bilan urishishga botir ekansizlar-a! – dedi Golokopitenko qal’adagilarga qarab. Yuqoridagilar ularga qarab: – Shoshmanglar, hali kokilingizni kesib olar- miz! – dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling