Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
94
Nikolay Gogol – Men birov majbur qilibdi deganim yo‘q-ku. U kishining o‘z ixtiyorlari bilan ular tomoniga o‘tib ketganlaridan janobim bexabarmi? – Kim o‘tib ketibdi? – Andriy janoblari. – Qayoqqa o‘tib ketibdi? – Ular tomoniga, batamom ularniki bo‘lib qol- gan. – Bekor aytasan, to‘ng‘iz! – Nega bekor aytay, yolg‘on gapirib ahmoq- manmi? Yolg‘on gapirsam, boshimga balo bo‘la- di-ku! Agar juhud sizdek hurmatli insonlar ol- dida yolg‘on gapirguday bo‘lsa, itdan battar qilib osadilar-ku, bilmaymanmi! – Demak, aytishingcha, u Vatanini-yu dinini sotibdi-da? – Sotibdilar deganim yo‘q, ular tomoniga o‘tib- dilar dedim, xolos. – Nomard juhud, yolg‘on aytasan! Nasroniy mamlakatida bu xil ish aslo bo‘lgan emas, sen it yanglishyapsan!.. – Agar yanglishgan bo‘lsam, uyim ostonasini o‘t bossin! Yolg‘on aytgan bo‘lsam, ota-onamning go‘ri oyoqosti bo‘lsin, agar xohlasangiz, nima sa- babdan o‘g‘lingizning ular tomoniga o‘tib ketgani- ni aytib beraman. – Nima sababdan? – Shahar hokimining bag‘oyat chiroyli qizi bor, Xudoning mo‘jizasi, ortiqcha ta’rifga muhtoj emas! Juhud qo‘llarini yozib, ko‘zlarini qisib, biror narsaning ta’mini ko‘rgandek og‘zini qiyshay- tirib, ishqilib nima bo‘lsa-da, basharasida «juda chiroyli» degan alomatlarni ko‘rsatishga harakat qildi. 95 Taras Bulba – Xo‘sh, nima qilibdi endi! – O‘sha qizni deb ular tomoniga o‘tib ketdi. Odam birovni yaxshi ko‘rib qolsa, etikning tag charmiga o‘xshab qoladi; ivib, qayoqqa qayirsang, qayrilaveradi. Bulba o‘ylanib qoldi. Xotinning o‘zi zaif bo‘lsa ham, hukmi zo‘rligi, ko‘p pahlavonlar ularning dastidan halok bo‘lganligi, Andriy ham bu jihat- dan bo‘shroqligi esiga tushib, anchagacha turgan joyi da qoqqan qoziqdek qotib qoldi. – Menga quloq soling. Men sizga voqeaning hammasini aytib beray, – dedi juhud. – Shovqinni eshitib borgach, shahar darvozasidan kirib keta- yotganlarni ko‘rishim bilan, darrov har ehtimolni o‘ylab, bir shoda marvaridni yonimga solib ol- dim, chunki shaharda nozanin zebolar, boyvuch- cha xotinlar ko‘p. Binobarin, yeyishga ovqat- lari bo‘lmasa ham, marvarid olsalar kerak deb o‘yla dim. Bayroqdorning navkarlari meni qo‘yib yuborganlaridan keyin darrov yugurganimcha hokimning hovlisiga marvarid sotgani ketdim. Tatar cho‘risi bor ekan, undan so‘rab bilsam, zaporojyеliklarni quvlagach, darrov to‘y bo‘lar- kan. O‘g‘lingiz Andriy, zaporojyеliklarni haydab beraman, deb va’da beribdi. – Badbaxtni o‘sha yerda o‘ldirib qo‘ya qolma- dingmi? – deb shovqin soldi Bulba. – Nega o‘ldiray? O‘z ixtiyori bilan o‘tib ketdi. U odamda ayb yo‘q, u tomon yaxshi uchun o‘tib ketgan-da! – Sen uni o‘z ko‘zing bilan ko‘rdingmi? – Azbaroyi Xudo, xuddi o‘zim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Juda alomat polvon bo‘libdi! Hamma- dan ham savlati ortiq! Xudo salomat qilsin, meni 96 Nikolay Gogol ko‘rib, darrov tanidi, men yaqiniga borgan edim, aytdiki... – Xo‘sh, nima dedi? – Aytgani shu bo‘ldiki... Avval meni imlab cha- qirdi, keyin «Yankel!» deb chaqirdi, men ham «Ha, Andriy» dedim. «Yankel, otamga, akamga, bar cha kazaklarga, zaporojyеliklarga, hammaga borib ayt, otamdan ham, akamdan ham, barcha birodarlarimdan ham kechdim, hammasi bilan urushaman dedi...» Tarasda toqat qolmay: – Yolg‘on aytasan, shaytonning haromzodasi! Xudoning la’natiga qolgan sen nomard, Isodek odamni dorga qoqqansan! Iblis, hozir joningni olaman! Tez bu yerdan daf bo‘l, bo‘lmasa hozir ajaling yetadi! – deb baqirdi va g‘azabidan qilichi- ga qo‘l urdi. Juhudning quti o‘chib, joni boricha qochdi. Garchi Taras uning ketidan quvlamay, duch kel- gan birovdan alam olish yaxshi emas deb o‘ylab, jim turgan bo‘lsa ham, u kazaklar orasidan da- laga chiqqanicha orqasiga qaramay rosa qochdi. Taras kecha tunda Andriyning bir xotin bilan odamlarni oralab o‘tib ketayotganini ko‘rganligini esladi. Uning sochi oqargan boshi xam bo‘ldi, le- kin bunday nomus ish bo‘lganiga va o‘z o‘g‘lining dini va iymonini sotganligiga sira ishongisi kel- mas edi. Nihoyat, Taras askarlarni boshlab, kazaklar- ning o‘tidan omon qolgan bir daraxtzordan o‘tib, shu yerda bekinib yotdi. Qolgan zaporojyеliklar otliq, piyoda bo‘lib uch darvozani mo‘ljallab uch yo‘lga tushdilar. Umanskiy, Popovichevskiy, Kanevskiy, Steblikivskiy, Nezamaykovskiy, Gur- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling