Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
82
Nikolay Gogol – Malikam! Tilagingiz nima, hojatingiz nima, amr qiling! Olamda qanday mushkul ish bo‘lsa buyuring, amringizga muntazirman! Odam bo- lasi qo‘lidan kelmagan yumushingiz bo‘lsa bu- yuring, jonimni fido qilay, amringizni bajaray. Fidoyingiz bo‘lay, sadag‘angiz bo‘lay! Dinim haqi qasamyod qilay, yo‘lingizda jon bermoqdan or- tiq lazzat yo‘q... Afsus, bu tuyg‘ular ta’rifidan ojizman! Uch yerda chorbog‘im bor, otam yilqi si- ning yarmisi meniki, onamning topgan-tutgani, otamdan yashirgani hammasi meniki! Menda bor qurol-aslaha yurtimizdagi kazaklarning hech qay- sisida yo‘q. Qilichimning dastasi bir qancha yax- shi arg‘umoqlar, uch ming qo‘y bahosiga arziy di. Bularning barchasidan kechib, bir og‘iz so‘z de- sangiz yoki qora qalam qoshingiz bilan bir imo qilsangiz barchasini tashlay, o‘tga yoqay, suvga oqizay! Tentaklardek bema’ni so‘zlar aytayotgan- dirman, ehtimol, mening bu gaplarim bu o‘rinda kelishmas, shoh-u shahzoda va knyazlarga lo yiq bo‘lgan so‘zlar mendek butun umrini talabalik- da, dalada o‘tkazgan odamga munosib emas- dir. Ko‘rdim, sizni Xudo boshqalardan afzal qilib yaratmish, barcha bek-bekzodalarning xotinlari, qiz va kanizaklari sizdan pastda. Bizlar sizga qul- likka ham yaramaymiz; yolg‘iz ko‘k farishtalari xizmatingizga loyiqdirlar. Kuch-quvvatga to‘lgan yosh qalbni oynada aks etgandek ravshan ko‘rsatgan va yurakdan chiqqan samimiy bu so‘zlarni qiz butun vujudi bi- lan tinglar, bir kalimasini ham qoldirmay mahliyo bo‘lib eshitar edi. Qalbning tub-tubidan qay nab chiqqan tovush bilan aytilgan bu gapning har bir kalimasida zo‘r bir kuch bor edi. Qizning ko‘hlik 83 Taras Bulba yuzi cho‘zilib, mahliyo bo‘lib qoldi, ha deganda oldiga tushaverib, bezor qilgan sochlarini orqa- siga tashlab, ag‘rayganicha qoldi. Keyin bir so‘z demoqchi bo‘ldi, biroq to‘satdan to‘xtab, yigitning yelkasidagi vazifasi boshqaligi, otasi, og‘alari va butun yurti uning orqa tomonida dahshatli bir o‘ch niyatida turganliklari, shaharni qurshab ol- gan zaporojyeliklarda shafqat yo‘qligi va butun shahar bilan birga ular ham o‘lim changalida qolganliklari yodiga tushdi... yodiga tushdi-yu, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi, darhol ipakdan tikkan ro‘molini yuziga yopdi, bir lahzada ro‘mol ho‘l bo‘lib ividi; boshini orqaga tashlab, go‘yo gazan- daning chaqqani naqadar alamli ekanini endi shu onda payqagandek, quyi labini durdonadek tish- lari bilan tishlagancha, alam-hasratlarini unga ko‘rsatmaslik uchun yuzidan ro‘molini olmasdan anchagacha shu holda turdi. Andriy: – Bir og‘iz so‘zingiz ayting, – dedi-da, uning ipakdek mayin qo‘lidan ushladi. Qo‘li qo‘liga tegi- shi bilan tomirlariga go‘yo o‘t yugurgandek bo‘ldi, qo‘li ustida jonsizdek turgan qo‘llarni siqdi. Ammo undan sado chiqmadi, yuzidagi ro‘moli- ni ham olmadi, qimirlamadi. – Nega buncha xafasiz. Ayting menga, nimaga buncha qayg‘urasiz? Qiz yuzidagi ro‘molini irg‘itib tashladi, ko‘ziga tushgan sochining uzun tolalarini surdi. Oydin kechaning orombaxsh mayin shamoli suv bo‘yida- gi qamishzorni shitirlatib o‘tgan, shitir-shitir to- vushlar qo‘shilishib, mungli bir nag‘ma hosil qilgan, yo‘lovchi kun botib, qorong‘i tushib qol- ganini ham sezmaydigan, qo‘sh haydab kelayot- 84 Nikolay Gogol ganlarning shodlik qo‘shiqlarini ham, qayerdadir uzoqda taraqlab borayotgan aravaning ovozini ham eshitmaydigan kechki paytning shamolidek ohista-ohista gapirib, hasrat va nola qildi. – Men yig‘lamay, kim yig‘lasin. Meni tuqqan onaning baxti qora emasmi? Peshonam sho‘r ekan. E, battol taqdir, muncha berahmlik qilasan! Avval hammani oyog‘imga yiqitding, bekzodalarni, boy-u boyonlarni, boshqa yurtlardan kelgan ba- ron va graflarni, ko‘p mard-maydonlarni oyog‘im- ga yiqitding. Bularning barchasi shaydoyim edi, mening iltifotimni o‘zlariga ulug‘ bir martaba deb bilar edilar. Agar bir ishora qilsam, ularning eng baland martabaligi, eng chiroyli va asilzodasi men- ga er bo‘lar edi. Berahm taqdirim, bularning hech qaysisiga ko‘nglimni og‘dirma ding, hech qaysisiga muhabbatimni qo‘zg‘atma ding. Yurtimizning eng oliyjanob juvonmardlariga hushimni tushirmay dushmanga, yurtim yoviga ishqimni tushirding. E, mushfiq Maryam ona, qaysi gunohim, qaysi bir shumligim uchun meni muncha sargardon qilib, bu savdolarni boshimga solding. Rohat-farog‘at- da o‘tar edi kunlarim. Eng laziz taomlar, shirin maylar ovqatim edi. Bular nechun edi? Nimaga kerak edi? Yurtimizning eng kambag‘al qash- shog‘i boshiga tushmagan kun mening boshim- ga tushib, ochlikdan o‘lmoq uchunmidi? Bunday shum kunga qolganim yet masmidiki, o‘lar holim- da ota-onamning yuz ming azoblar bilan qiyna- lib o‘lganini ko‘rar ekanman, ota-onamga jonimni fido qilardim-ku, bu ham yetmagandek, endi o‘lar paytim umrimda ko‘rmagan muhabbatni ko‘rdim, eshitmagan muhabbat so‘zlarini eshitdim. Bax- tim qoraligi, peshonam sho‘rligi yetmasmidi, bu xil so‘zlari bilan yuragimni ezib, dilimni pora-pora |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling