Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

73
Taras Bulba
odam suyagi ham uchrardi. Bu dunyoning tash-
vish va g‘avg‘olaridan, kulfat-u g‘am, vasvasala-
ridan qochgan aziz avliyolar bunda ham bo‘lgan-
liklari ko‘rinib turardi. Ba’zi joyda nam ko‘p 
bo‘lib, shundoqqina suv edi. Charchab qolayot-
gan hamrohiga dam bermoq uchun And riy har 
qadamda to‘xtar edi. Xotinning bir burda yegan 
noni ovqat hazm qilishdan chiqib qolgan qornini 
og‘ritdi, shu sababdan xotin o‘qtin-o‘qtin to‘xtab, 
harakat qilolmay, turib qolar edi.
Nihoyat ular kichkina temir darvozaga duch 
keldilar. Tatar xotin zaif ovoz bilan: «Xudoga 
shukr, keldik», – dedi, so‘ngra darvozani qoqmoq-
chi bo‘lib, qo‘lini ko‘taray desa, ko‘tarolmadi. Shu 
sabab Andriy darvozani qattiq qoqdi. Gumburlab 
chiqqan ovozdan u tomon yalanglik ekani ma’lum 
bo‘ldi. Gumburlagan ovoz go‘yo baland gumbazga 
borib yetgandek bo‘ldi. Nihoyat, eshik ochildi. Qo‘li-
da kalit va sham bilan tor zinada turgan rohib 
ularni kutib oldi. Katolik mazhabida bo‘lgan ro-
hibni ko‘rishi bilan Andriy beixtiyor to‘xtab qoldi. 
Kazaklarda nafrat tug‘dirgan bu zohidlarni ular 
juhuddan battar qilar edilar. Rohib ham zapo-
rojyеlik kazakni ko‘rgani hamon orqaga tisarildi, 
ammo tatar xotin nimadir degan edi, u xotirjam 
bo‘ldi. Rohib ularga chiroq tutdi, ketlaridan dar-
vozani qulflab, zinadan yu qoriga boshlab bordi; 
bir mahal ular ibodatxona butxonasining baland 
qorong‘i gumbazi tagidan chiqib qoldilar. Baland 
shamdonlarda qator shamlar yonib turgan meh-
roblardan biri oldida pop tiz cho‘kib, ohista-ohista 
duo o‘qir edi. Uning ikki tomonida yoqasiga oq to‘r 
qadalgan, qizil to‘n kiygan ikki yosh hofiz qo‘lida 
shamdon bilan turar edilar. Pop Xudodan mo‘jiza 


74
Nikolay Gogol
so‘rar, shaharga najot, odamlarga sabr-toqat, qa-
noat tilar edi. Arvohga o‘xshagan bir necha xotin 
tiz cho‘kib, kuch-quvvatdan ketib, quyi solingan 
boshlarini oldilarida turgan kursi va qora yog‘och 
o‘rindiqlarga qo‘yib, sajda qilgandek turar edi-
lar. Yana bir necha erkak yon tomondagi gum-
bazlarning ustunlariga suya nib, ma’yus holda tiz 
cho‘kib o‘tirardilar. Qu yoshning ertalabki qizg‘ish 
nuri mehrob tepasidagi rang-barang oynali dar-
chani yoritdi-yu, ko‘k qizil va boshqa xil shu’lalar-
dan qorong‘i butxona birdan yorishib ketdi. But-
xonaning to‘riga chuqurlashib kirib kelgan meh-
rob bir lahzada yarqirab ketdi. Shamdondagi 
sham tovlanib, alvon rangga bo‘yalgan bulutdek 
yoyildi. Andriy qorong‘i burchakda turib, kun 
shu’la sining ko‘rsatgan mo‘jizasini hayrat bilan 
tomosha qilar edi. Shu mahal chalingan qo‘ng‘i-
roqlarning viqor bilan chiqqan ovozi butxonani 
yangratdi. Bu ovoz borgan sari avj olib, nola-yu 
faryodga keldi, keyin sekin-sekin tushib, xush-
ovoz sozanda qizlar hofizlik qilgandek, samoviy 
bir ohang baland yuksa lib, gumbazlarni nolaga 
keltirdi, yana bir faryod urib tushdi, pasaydi, 
o‘chdi. Nag‘ma ovozi anchagacha gumbazlarni sa-
doga keltirib turdi. Andriy bu dabdabali musiqa 
zavqiga botib, ag‘raygancha qoldi.
Shu on birov uning etagidan tortdi. Tatar xotin:
– Vaqt bo‘ldi, – dedi.
Ular butxonadan o‘tib, hech kimga sezdirmas-
dan, butxona oldidagi maydonga chiqdilar. Qu-
yosh nurlari osmonga allaqachon yoyilgan, har 
bir narsa kun chiqqanligidan darak berardi. 
Maydonda hech kim yo‘q. Uning o‘rtasida taxta 
xontaxtachalar turar va ular bir haftagina avval 
bunda bozor bo‘lib, ovqatlar sotilganidan xabar 


75
Taras Bulba
berardi. U zamonda tosh terilmagan ko‘cha-
da to‘p-to‘p loylar qurib yotardi. Chorsi ning te-
varak-atrofidagi bir qavatli g‘isht uylar ning 
to‘sinlari, sarrof va ustunlari ko‘rinib turardi. U 
zamonlarda shaharliklar shu xilda imorat so-
lardilar; Litva va Polshaning ba’zi joylarida hali 
ham shu xildagi imoratlar bor. Bu uylarning tomi 
nihoyatda baland bo‘lib, tuynuk va darchalari 
ko‘p edi. Butxonaga yaqin bir tomonda, birorta 
mahkama yoki devonxona bo‘lsa kerak, boshqa 
uylarga o‘xshamagan baland bir imorat turardi. 
Bu imorat ikki qavat bo‘lib, tepasida mezanasi 
ham bor va bu mezanada posbon turardi. Uyning 
peshtoqiga katta soat qo‘yilgan edi. Maydonda 
hech jon asari yo‘q, ammo Andriyning qulog‘iga 
birovning ingrab yig‘lagan ovozi eshitilgandek 
bo‘ldi. U yon-bu yoniga qarab, chorsining narigi 
tomonida hech bir qimirlamasdan yerda yotgan 
ikki-uch odamni ko‘rdi. Yotganlarning o‘likmi, 
tirikmi yoki uxlab yotganliklarini bilmoq uchun 
tikilibroq qaragan edi, oyog‘i tagidagi bir narsani 
ko‘rdi. Bu xotin kishining o‘ligi edi. U aftidan 
juhudga o‘xshardi. O‘likning aft-basharasi juda 
xunuk bo‘lib, yosh-qariligini bilib bo‘lmasa ham, 
har holda yoshligi sezilardi. Boshida qizil ipak 
ro‘mol, qulog‘ida ikki qator marvaridmi, mun-
choqmi taqilgan isirg‘a, qo‘ng‘iroq bo‘lib tushgan 
ko 
kili tomirlari o‘ynab ketgan bo‘yniga tushib 
turardi. O‘likning yonida uning qurigan ko‘kragi-
ni changallab, sutdan asar topmay, alamidan 
uni buraganicha bir go‘dak yotar edi. Go‘dak 
na yig‘lar, na boshqa bir ovoz chiqarar, uning 
sekin-sekin tushib-chiqib turgan qorniga qarab, 
hali o‘lmagan yoki oxirgi nafasini olib, endi jon 
beryapti desa bo‘lar edi. Ular bir ko‘chaga kir-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling