Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
79
Taras Bulba rilib qarashi bilan, talpingan vaziyatda qotib qol- gandek ko‘ringan hilqatga ko‘zi tushdi. U butun gav dasi bilan uning quchog‘iga o‘zini tashlamoq- chi bo‘lib turgan paytda to‘satdan to‘xtab qolgan- ga o‘xshar edi. Ammo Andriy ham uning oldida hayron bo‘lib ag‘rayib qoldi. Uni bu suratda ko‘ra- man deb o‘ylagani yo‘q edi. Bu hilqat Andriy bil- gan, tanigan qiz emas. Bu unga sira o‘xshamay- di. Lekin avvalgidan ikki hissa ortiqroq ko‘hlik edi. O‘sha vaqtlarda u kamolga yetmagan, endi esa san’atkorning qo‘lidan bitib chiqqan, ras- som oxirgi qalamni tortib tamomlagan bir asar edi. O‘shanda sho‘x bir qiz edi, endi bu kamolga yetib ochilgan go‘zalga aylanibdi. Uning yuqori- ga qaragan ko‘zlarida ko‘ringan hissiyotlar to‘liq, chala-yarim, kinoya va ramzlar emas, balki to‘la- to‘kis ifoda qilingan sezgilar edi. Ko‘zidan oqqan yoshlar hali qurigancha yo‘q, yurak-bag‘rini ezib oqqan yosh ko‘zida yiltirab turibdi. Siynasi, yelka va bo‘yinlari kamolga yetgan go‘zallik doirasidan oshganmas. Avval tarqalib, betiga tushib turgan sochlari, endi selkillagan qalin sumbul sochga aylanmish; sochining bir to‘dasi boshiga turmak- langan, bir to‘dasi buralib-buralib, ko‘kragiga tushib turardi. Yuzida o‘zgarmagan hech bir yeri qolmagandek edi. Uning esida qolgan sifatlari- dan loaqal bittasini izlab topishga ko‘p harakat qildi, ammo uning chehrasida avvalda bo‘lgan xususiyatlardan endi bittasi ham qolmabdi. Rang-ro‘yi har qancha o‘tgan bo‘lsa ham, husni- ga hech nuqson yetmabdi, aksincha, chehrasida allaqan day viqorli bir salobat paydo bo‘lgan edi. Buni ko‘rgan Andriyning ko‘nglida g‘alayon bosh- landi; tavoze bilan bosh eggan vaziyatda qotib 80 Nikolay Gogol qoldi. Juvonmardlik, yigitlik husni kamolga yet- gan, harakatsizligining o‘zida yayragan bir erkin- lik, mardonalik alomati zohir bo‘lib turgan kazak yigitini ko‘rganda qiz ham hushi og‘ib, hayratda qolgan edi. Yigitning ko‘zida himmat va shijoat o‘ti yonar, o‘q-yoydek qayrilib tushgan qoshi barqut- dek yiltirar, oftob yeb pishgan yuzlarida bokiralik o‘ti tob urib, yonib turar, maysa mo‘ylovlari tim qora ipakdek yiltirar edi. – Himmati baland mard yigit, sizga har qancha minnatdorchilik bildirsam kam, – dedi qiz; ku- mushdek jaranglagan tovushida bir titroq paydo bo‘ldi. – Men bir mushtipar zaifa, minnatdorchi- likni bajo keltirishga ojizlik qilaman, yolg‘iz Xu- dodan qaytsin. U shunday deb, ko‘zlarini yerga tikdi. Oppoq qovoqlari bodomdek qayrilib tushgan, kipriklari o‘qdek terilgan. Boshini quyi solganda guldek yuzining qizili tovlandi. Andriyning tili lol bo‘lib, nima deyishni bilmay turar edi: yuragini o‘rtab turgan gapini aytishni istadi, qalbi qanday jo‘sh urib turgan bo‘lsa, shunday jo‘shqin va shunday otashin so‘zlar aytishni xohladi, lekin aytolmadi. Bir nima og‘zini tutgandek, tilini bog‘lagandek bo‘ldi. Bu kabi so‘zlarga javob qaytarmoq diniy maktabda, jang-u jadallar ichida badaviydek o‘sgan odam qo‘lidan kelmaganini sezib, o‘zidan va o‘zining dag‘al kazakcha tabiatidan koyindi. Shu payt tatar xotin uyga kirdi. U yigit kel tirgan non va boshqa taomlarni oltin tovoqda o‘z malika- si oldiga qo‘ydi. Malika tatar xotinga, nonga ko‘z tashlab, keyin Andriyga qaradi, bu qarashda ko‘p ma’no bor edi. Uning xastaligini, dilida mavj ur- 81 Taras Bulba gan hissiyotlarini bayon qilishga ojizligini namo- yish etgan bu qarash Andriyga barcha so‘zlardan ko‘ra yaqin edi. Bir onda joni orom oldi, nazarida band-bandi bo‘shashdi. Qan day og‘ir bir iskan- jada siqilib turgan hislar endi yayrab, ozodlikka chiqqanday bo‘ldi va qaynab chiqayotgan so‘z bu- log‘iga aylanmoq istadi. Ayni shu mahal malika tatar xotinga qarab, iztirob bilan: – Onam-chi? Unga olib borib berdingmi? – deb so‘radi. – U kishi uyqudalar. – Otamga-chi? – Olib borib berdim. O‘zim borib, mard yigitga minnatdorchilik bildirib kelaman dedilar. Qiz nondan bir burda sindirib, og‘ziga olib bor- di. Andriyga jon kirib, oppoq toza qo‘llari bilan non sindirib yeyishini tomosha qilar edi. Bu onda ochlikdan telbalanib, bir burda non ichiga kiri- shi bilan joni uzilgan odam yodiga tushib, birdan rangi o‘chdi-da, qizni qo‘lidan ushlab: – Bo‘ldi, ko‘p yemang! Anchadan beri ovqat yemagan bo‘lsangiz, bu non sizga zahar bo‘lar! – deb qichqirdi. Qiz ham darrov qo‘lini tortdi, nonni tovoqqa tashlab, yuvosh go‘dakdek uning ko‘ziga termilib qoldi. Uning bu turishini kim ta’rif qila oladi... Gohida qizning qarashida ifodalangan tuyg‘ular- ni na qalam tasvir eta oladi, na til. Qizning bu qa- rashlarini ko‘rgan odamning zavqqa to‘lgan yura- gini shirin sezgilar egallab oladi. Buning ta’rifi yanada qiyin. Qalbi jo‘sh urib, hayajoni ortgan Andriyning himmati qo‘zib, dedi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling