Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
70
Nikolay Gogol kanicha, uyquda yotgan zaporojyеliklarni oralab, dadil ketaverdi. Andriy otasining yonidan o‘tib ketayotganda u payqab qolib: – Andriy! – deb chaqirdi. Yuragi orqasiga tortib ketdi; qaltirab turib, as- tagina: – Labbay! – dedi. – Yoningda ayol kishi bor-a! Tursam, azbaroyi Xudo, teringni shilaman! Ayol zotiga ilakishsang, yaxshi bo‘lmaysan! Taras buni aytgach, boshini tirsagiga qo‘yib, choy shabga o‘ralib olgan tatar xotinga tikilib qaradi. Andriy otasining yuziga qaragani yuragi betla- may, quti o‘chib bezrayib qoldi. Birozdan keyin boshini ko‘tarib qarasa, chol Bulba boshini kafti- ga qo‘yib, uxlab yotibdi. Andriy cho‘qinib oldi. Ko‘nglidagi vahima qan- day to‘satdan kelgan bo‘lsa, shunday to‘satdan yo‘qoldi. Tatar xotinga qaramoqchi bo‘lib qayril- di. U chodirga o‘ralib, qop-qora tosh haykaldek uning ko‘z o‘ngida tik turar, yiroqdagi o‘t shu’la- si uning murda ko‘zidek so‘ngan ko‘zlari nigina yoritib ko‘rsatardi. Andriy xotinni yengidan ushlab tortdi: ikkovi har damda orqaga qarab- qa rab ketaverishdi. Bora-bora qiyalikdan jar bo‘yiga tushdilar. Jarlikdan suvi yalqovla nib oqqan, qirg‘og‘ini qiyoq bosgan, har qadamda bir do‘ng do‘ppayib turgan ariq bo‘yiga keldilar. Jar- ga tushgach, sayhon daladagilar ko‘zidan g‘o yib bo‘ldilar. Andriy qayrilib qaraganda, odam bo‘yi- cha keladigan balandlikdagi tikka yon bag‘ir de- vordek uning oldini to‘sib qoldi. Tepasida bir 71 Taras Bulba necha o‘t silkinib turar, osmonda qizil oltindan yasalgan o‘raqqa o‘xshagan oy yonboshlab tu- rar, qir tomondan esgan shabada tong yaqinla- shib qolganidan xabar berardi. Ammo na shahar tomondan, na vayron bo‘lgan tevarak-atrofdan qichqirgan xo‘roz ovozi kelar edi. Ular kichkina yog‘och ko‘prikdan o‘tdilar. Ariqdan o‘tdilar, jar- ning bu tomoni narigi tomonidan yanada baland va tikroq ko‘rinar edi. Bu yer shahar qo‘rg‘oni- ning tabiiy mustahkam joyi edi. Har holda sha- har devori bunda pastroq, posbonlar ko‘rinmas edi. Ammo nariroqda ibodatxonaning qalin devori baland chiqib turardi. Jarning tik yon bag‘rini o‘t bosgan. Jarlikdagi ariq bo‘yida odam bo‘yi keladi- gan qamish o‘sib yotardi. Jar ustida ekinlardan qolgan barg va poyalar ko‘rinar va bular bir vaqt- larda bu yerda ekin borligini ko‘rsatar edi. Sassiq o‘tning shapaloq-shapaloq katta barglari ichidagi quloq o‘tning boshi, chaqirtikanak, bo‘yini ham- madan baland cho‘zgan kungaboqar ko‘rinib tu- rar edi. Bu yerga kelganda, tatar xotin oyog‘idagi kavushini tashladi-da, yalang oyoq bo‘lib, etagini ko‘tarib oldi, chunki borayotgan yerlari botqoqlik va ko‘lob edi. Ular qamishlar orasidan o‘tib, shox bosilib qo‘yilgan va to‘g‘on qilingan joyga keldi- lar. Shoxni olib tashlab edilar, bir g‘or ko‘rindi; g‘orning og‘zi tandirning og‘zidek edi. Tatar xotin boshini engashtirib g‘orga kirdi. Uning ketidan yelkasidagi qoplari bilan ikki bukilib Andriy ham kirdi; andak fursatdan keyin ikkovi qop-qorong‘i zulmatga kirib ketdi. 72 Nikolay Gogol VI Andriy tor va qop-qorong‘i g‘or ichida qopda- gi nonlarni ko‘tarib, tatar ayolning ketidan arang borar edi. – Hozir yorug‘likka yetamiz, men sham qo‘yib ketgan joyga yaqinlashdik, – dedi juvon. Darhaqiqat, g‘orning qop-qora devorlari sekin- sekin yorisha boshladi. Birozdan keyin kichkina supachaga yetdilar; bu joy qo‘ng‘iroqxona bo‘lsa kerak, chunki devor tagida kichkinagina kursi- cha qo‘yilgan va uning ustida bo‘yoqlari ko‘chib, siyqalanib qolgan Bibi Maryam surati bor edi. Su- rat oldiga osib qo‘yilgan kichkina kumush sham- dondan g‘ira-shira yorug‘ tushib turardi. Tatar ayol engashib, yerdan uzun oyoqli mis shamdon- ni oldi, shamdonga zanjir osilgan, zanjirga sham- ning burnini oladigan qaychi va kurakcha osig‘liq edi. Xotin shamni chiroqchadan yoqib oldi. G‘or ko‘proq yorishdi; birgalashib borayotganlari goh yorug‘, goh qorong‘i tushib, xuddi Jerardoning della notte 1 degan suratlariga o‘xshar edilar. Ju- vonmardning sog‘lom, mohtobdek yuzi ga qara- ganda, hamrohining yuzi za’farondek sarg‘aygan, so‘ligan edi. G‘orning ichi bir muncha kengaydi, Andriy qaddini rostlab oldi. U Kiyev dagi g‘orlarga o‘xshagan bu lahmning devorla riga taaj jub bilan qarardi. Kiyev g‘orlarida bo‘lgan tokchalar bunda ham bor, ba’zi joyda tobutlar ham bor edi. Gohi- da rutubatdan chirib, undek uqalanib tushgan 1 Gеrard Gontgorst – (1590–1656) niderlandiyalik ras- som. Tunda mash’ala va chiroqlar bilan yoritilgan man- zaralarni ko‘p tasvirlagani uchun unga «tun rassomi» dеb taxallus qo‘yilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling