Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

64
Nikolay Gogol
achchiqlanib, kishnab javob qaytarar edilar. Bu 
onda mahobatli mudhish bir manzara iyul ke-
chasining go‘zalligiga qo‘shildi. Uzoqda shu’lasi 
tovlanib, o‘t ko‘rindi. Bir yoqda ajoyib mahobatli 
alanga viqor bilan osmonga ko‘tarilib, ko‘k yuziga 
yoyildi, bir yoqda yonadigan bir narsaga uchrab 
to‘satdan gurillab, osmon-u falakka chiqib ketdi, 
uning parcha-parcha bo‘lib uzilgan uchqunlari 
osmonga chiqib o‘chardi. Kuyib ko‘mir bo‘lgan 
ibodatxona go‘yo bir qora rohib xo‘mrayib turgan-
dek, o‘tning har bir shu’lasi tushganda mudhish 
hashamatini bir-bir ko‘rsatib qo‘yardi. Bir tomon-
da ibodatxonaning chorbog‘iga o‘t ketib yonmoq-
da. Buruqsigan tutun ichida qolgan daraxtlar-
ning pishillagan ovozi eshitilayotgandek bo‘lardi. 
Alanga gurillab yuqori chiqqanda pishib turgan 
olxo‘rilarni qip-qizil cho‘g‘dek yoritar, unda-bun-
da sarg‘ayib turgan noklarni oltindek yaraqlatar, 
bular orasida devorga yoki daraxt shoxiga ham-
da uylar bilan birga o‘tda yonib halok bo‘lgan be-
chora juhud yoki sho‘rlik zohidning o‘ligi qo rayib 
ko‘rinar edi. Alanga tepasida pirillashib uchib 
yurgan qushlar g‘uj-g‘uj bo‘lib turgan mayda 
butlarga o‘xshar edi. Qamaldagi shahar uyqu-
ga kirgandek, tomlari, qoziq, devorlari, qo‘rg‘on-
lari uzoqdagi yong‘in shu’lasidan tovlanar edi. U 
kazaklar orasiga kirib, oralab chiqdi. Posbonlar 
bo‘tqalarni ishtaha bilan yeb, endi gulxan atro-
fida uxlamoqda edilar. Andriy bu beparvolikni 
ko‘rib, hayron bo‘ldi-da, yaxshiki, yaqin o‘rtada 
dushman yo‘q, hech kim xavf solmaydi deb xayo-
lidan kechirdi. Nihoyat uning o‘zi ham bir ara-
vaga chiqib, boshi tagiga qo‘lini qo‘yib chalqan-
cha yotdi; ammo uyqusi kelmay, anchagacha 


65
Taras Bulba
ko‘kka boqib yotdi. Havo ochiq, ravshan va tiniq. 
Osmonga belbog‘ bo‘lgan «somon yo‘li» oqarishib 
ko‘rinar edi. O‘qtin-o‘qtin u hushidan ketgandek, 
ko‘zlari jimirlashar, uyqu bosib, nazarida osmon 
xiralashar, bir ondan keyin yana ko‘zidan uyqu 
pardasi ko‘tarilib, osmon yorishar edi.
Shu onda allaqanday odamning g‘alati siymo-
si lip etib, ko‘z oldidan o‘tganday bo‘ldi. Andriy: 
«Uyqi bosyapti, yuzimni yuvsam, uyqim o‘chib 
ketar», – degan xayol bilan ko‘zini kattaroq ochgan 
edi, allaqanday toliqqan bemor odamning ozg‘in 
basharasi u tomonga engashib qa 
rab turgani-
ni ko‘rdi. Yoyilib yotgan qop-qora, uzun sochlari 
boshga tashlangan ro‘mol tagidan chiqib turardi. 
Bu odam ko‘zining allaqanday yaraqlashi, qotma 
rangsiz yuzining so‘lg‘inligi kishining ko‘nglini, uni 
odam emas, jin deyishga moyil qilardi. U beixtiyor 
to‘pponchasiga qo‘l uzatib, qaltiroq bosgandek:
– Kimsan? Jin bo‘lsang, yo‘qol ko‘zimdan, 
odam bolasi bo‘lsang, bemahal hazil qilibsan, bir 
otishda o‘ldiraman! – dedi.
Jin javob o‘rniga barmog‘ini labiga qo‘yib: 
«Tovush chiqarma», – deb yolvordi. Andriy qo‘li-
ni tushirib, tikilibroq qaradi. Uzun sochlaridan, 
bo‘yni va qora mag‘izdan kelgan ochiq ko‘kragidan 
uning ayol ekanini bildi. Ammo juvon bu yerning 
odami emas, chunki yuzi qorachadan kelgan va 
bemorlar chehrasidek rangsiz edi. Keng yonoqlari 
turtib chiqqan, o‘zi so‘lib, botib ketgan ko‘zi qi-
yiq, qovog‘i qayrilib tushgan. Andriy uning yuziga 
tikilib qaragan sari ko‘proq taniganday bo‘lardi. 
Nihoyat sabri chidamay:
– Ayt, kimsan? Tanishga o‘xshaysan yoki biror 
joyda ko‘rganmidim? – dedi.


66
Nikolay Gogol
– Ikki yil burun Kiyevda.
O‘tgan talabalik vaqtlaridan xotirada nima qol-
gan bo‘lsa, hammasini esiga olishga harakat qilib:
– Ikki yil burun Kiyevda? – deb qaytardi. Uning 
yuziga yana bir karra tikilib qaragach, birdan: – Ta-
tarmisan! Hokim qizining cho‘risimisan!.. – deb 
ovozining boricha qichqirib yubordi.
Tatar xotin qo‘lini qovushtirganicha yolvorib
a’zoyi badaniga titroq kirib:
– Jim! – dedi va Andriyning shovqinidan biror 
kimsa uyg‘onib qolmadimikan deb orqasiga qay-
rilib qaradi.
Andriy nafasi tiqilib, yuragi yorilguday bo‘lib:
– Ayt, ayt, sen nimaga va nima uchun bu yer-
ga kelding? Malika qayerda, tirikmi? – dedi. Hov-
liqqanidan nafasi ichiga tushib zo‘rg‘a gapirardi.
– Malika shu yerda, shaharda.
Andriy yana beixtiyor qichqirib yuborguday 
bo‘lib:
– Shahardami? Nega u shaharda? – dedi. Vuju-
didagi hamma qoni nazarida yuragiga kelib quyilib, 
tiqilib qolganday bo‘ldi. – Shaharga nega keldi?
– Chunki hokimning o‘zi ham shaharda. Bir 
yarim yildan beri Emanno shahriga hokim.
– Erga tekkanmi? Gapirsang-chi tezroq, g‘alati-
misan, qalay axir u...
– Ikki kundan beri hech narsa tatigani yo‘q.
– Nega!
– Shahar xalqidan hech kimda allaqachondan 
beri bir burda non yo‘q. Hamma anchadan beri 
faqat tuproq yeydi.
Andriy taxta bo‘lib qoldi.
– Malika shahar devoridan qaraganda zaporoj-
yеliklar orasida senga ko‘zi tushib qolibdi. Borib, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling