Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

52
Nikolay Gogol
ham so‘rang; gapim rost emasmi, Shlyoma, yoki 
sen, Shmul, ayta qol!
Boshida yirtiq do‘ppi, ranglari kesakdek gezar-
gan Shlyoma bilan Shmul odamlar orasidan turib:
– Azbaroyi Xudo, rost! – deb javob berdilar.
Novcha juhud yana so‘zlab:
– Bizlar dushman bilan aslo apoq-chapoqlash-
ganimiz yo‘q. Shayton vasvasasiga olgan kato-
liklarni bo‘lsa aslo yaqinimizga yo‘latmaymiz; siz-
lar bilan bir tug‘ishgan og‘a-inidekmiz... – dedi.
Olomondan birov:
– Nima deding, zaporojyеliklar senlar bilan 
og‘a-inimi? La’nati juhudlar bizlarga teng bo‘larmi, 
o‘ylamang! Og‘alar, nomardlarning hammasini 
daryoga tashlash kerak! – deb qichqirdi.
Shu odamning so‘zi bilan juhudlarni ushlab 
daryoga tashlayverdilar; har tarafdan dod-faryod 
boshlandi. Juhudlarning paypoq kiygan, bosh-
moq kiygan oyoqlari osmondan kelganda rahm-
siz kazaklar kulishar edi, xolos. Va’z aytaman 
deb, boshi baloga qolgan bechora juhudni to‘ni-
dan ushlagan edilar, to‘nini yechib, bitta ola-bula 
kamzuli bilan qochib, Bulbaning oyog‘iga o‘zini 
tappa tashladi, zor-zor qilib yalinardi:
– Valine’matim, egam. Ulug‘ xo‘jam, Xudo rah-
mati og‘angiz Doroshni ham bilar edim. Bechora 
dilovar pahlavonlarning zebi, saltanati edi. Turk-
larga bandi tushib qolganda ajratib olish uchun 
sakkiz yuz oltin pul bergan edim.
Taras:
– Og‘amni bilarmiding? – deb so‘radi.
– Xudo haqqi, bilar edim. Ko‘p oliyhimmatli, 
saxiy odam edi.
– Oting nima?


53
Taras Bulba
– Yankel.
– Ma’qul, – dedi Taras, keyin biroz o‘ylagach, 
kazaklarga qarab dedi:
– Juhudni qachon lozim bo‘lsa osamiz, bugun-
cha uni menga berib turinglar.
Taras kazaklari bilan aravalari turgan joyga 
juhudni olib ketdi.
– Qani, arava tagiga kir, qimirlamasdan yotaver; 
yigitlar, siz bu juhudni qo‘yib yubormanglar.
Taras bu so‘zlarni aytgach, maydonga qa-
rab ketdi, chunki yurtning hammasi allaqachon 
o‘sha yerga yig‘ila boshlagan edi. Bir onda hamma 
daryo bo‘yini, qayiqlarni tashlab, bu yerga yig‘ildi, 
chunki endi safar yo‘li suvdan emas, quruqlik-
dan tushdi; kema va qayiqlar emas, ot-aravalar 
kerak bo‘lib qoldi. Endi yosh-qari – hamma safar-
ga otlandi; barcha oqsoqol, askarboshi va ellik-
boshilarning maslahati va Zaporojyеning barcha 
lashkarlari xohishi bilan tikka Polshaga borib, 
polyaklarning qilgan yomonliklari, dinga va ka-
zaklar sha’niga keltirgan xo‘rliklari uchun ular-
dan o‘ch olishga, shaharlardan o‘lja olib qishloq-
larga, ekinlarga o‘t qo‘ymoqqa va butun sahroni 
larzaga keltirib, dovruqlarini chiqarmoqqa qaror 
qildilar. Hammalari shu ondayoq otlanib, asla-
halarini taqa boshladilar. Askarboshi o‘sib, go‘yo 
bo‘yiga yana bir gaz bo‘y qo‘shildi. U endi xalqning 
shamoldek beqaror, harna deganiga bo‘ysunib 
bajaraveradigan ojiz kishi emas, balki butun ix-
tiyor qo‘lida bo‘lgan amir, faqat buyruq qilishni 
bilgan mustabid edi. Bevosh, taralabedod pahla-
vonlarning barchasi boshlarini quyi solib, askar-
boshi buyruq qilganda ta’zim bilan yerga qarab, 
saf tortib turar edilar. Askarboshi chuqur mulo-


54
Nikolay Gogol
hazalarga asoslangan botirliklarni bir emas, ko‘p 
qilgan, ko‘pni ko‘rgan, tadbirli, aql-farosatli pux-
ta bir kazakdek salobat bilan shoshmay va ovo-
zini balandlatmay, og‘ir-vazmin ohangda buyruq 
berar edi.
– Yaxshilab qarab chiqinglar, hamma narsa-
laringni birma-bir ko‘zdan o‘tkazinglar! Aravalar-
ni, mol idishlarni tuzatib olinglar, miltiqlaringizni 
otib ko‘ringlar, kiyim-kechakni ko‘p olmanglar, 
odam boshiga bittadan ko‘ylak, ikkitadan shal-
var, bitta mo‘ndichada tariq-talqon olsangiz bas, 
hech qaysingiz bundan ortiq yuk olmang. Ke-
rakli narsalardan aravalarga tag‘in ortib olamiz. 
Har kazakda ikkitadan ot bo‘lsin. Ikki yuz juft 
ho‘kiz ham olmoq kerak, chunki botqoq joylarga 
botganda, suvdan kechganda ho‘kiz kerak bo‘la-
di. Og‘alar, hammadan ham batartib bo‘linglar. 
Orangizda shunday kishilar borki, agar Xudo 
yarlaqab, biror o‘ljaga uchrab qolguday bo‘lsa, 
qimmatbaho xitoyi tovar va duxobalarni darrov 
paytava qilib oladilar. Bunday shaytoniy fe’lni 
tashlang, har xil yubkalarga tegmang, faqat yax-
shi qurol-aslaha duch kelib qolsa oling, so‘ngra 
oltin-kumush bo‘lsa oling, chunki bular ixcham 
bo‘ladi va har qachon asqatadi. Yana, og‘alar, 
shuni aytib qo‘yamanki, agar safarga chiqqanda 
birortangiz ichib mast bo‘lsangiz, bunday odamga 
sud yo‘q, bunday noma’qulchilikni qilgan odam 
askarimizning eng atoqli polvonlaridan bo‘lsa 
ham itdek, bo‘ynidan aravaning orqasiga bog‘lat-
tirib qo‘yaman. Itdan battar qilib, o‘sha yerning 
o‘zidayoq otib tashlayman. O‘ligi ham ko‘milmas-
dan darranda-yu charrandalarga yemish bo‘ladi, 
chunki safarga chiqqanda ichkilik ichgan odam-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling