Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
49
Taras Bulba – Juhudlar butxonalarni ijaraga olibdilar. Ju- hudga juzya to‘lamasak, ibodatimizni ham qilol- maymiz. – Nima deyapsan? – Demak, endi, itdan tug‘ilgan itvachcha juhud harom qo‘li bilan pasxamizga tamg‘a qo‘yib ber- masa, nonimizni butxonaga olib borib, tabarruk ham qilolmas ekanmiz. – Hurmatli og‘alar, hamma gapi yolg‘on, tabar- ruk pasxaga juhud harom qo‘li bilan tamg‘a bosi- shi aslo mumkin emas. – Quloq soling, hali bundan battarini aytib beraman. Ukrainaning hammasida ksendzlar aravaga tushib, yurtma-yurt yurar emish. Ara- vada yurganlari ham mayli-ya, aravaga ot emas, bizning dindoshlarimizni qo‘shar emish. Quloq soling, yana aytaman. Juhud xotinlar poplari- mizning aziz to‘nlarini yubka qilib kiyayotgan emishlar. Og‘alar, Ukrainada ana shunaqa gaplar bo‘lyapti! Sizlar bo‘lsangiz, bu yerda o‘yin-kulgi bilan ovorasiz. Tatarlar juda yuragingizni olib qo‘yganga o‘xshaydi, qulog‘ingiz eshitmaydigan, ko‘zingiz ko‘rmaydigan bo‘lib qolibdi, dunyoda nima bo‘layotganini bilmaysizlar. Muhim ishlarda sira hovliqmaydigan, shosh- masdan jim o‘tirib, barcha g‘azab va qahrlarini bir yerga jamlab, keyin harakat qiladigan zaporoj- yеliklar singari haligacha ko‘zlarini yerga qadab, jim o‘tirgan askarboshi endi boshini ko‘tarib: – To‘xta, to‘xta, men ham bir-ikki og‘iz so‘z aytay, – dedi. – Sizlar nima qildingizlar, otangizni jin ursa, sizlar nima qilardingizlar? Qo‘lingizda qilichingiz yo‘qmidi? Shunday xo‘rlikka qanday qilib yo‘l qo‘yib berdingiz? 50 Nikolay Gogol – Qanday yo‘l qo‘yib berdingiz deydi-ya! Lyaxlarning o‘zi ellik mingcha bor edi; o‘zimiz- da ayb yo‘q emas, yashirib nima qilamiz, o‘z ichimizdan chiqqan itlar ham bor edi, bu nomard- lar ularning diniga kirib ketdilar, bu ahvolda qo‘limizdan nima kelardi. – Getmaninglar, askarboshinglar nima qilishdi? – Askarboshilarning kunlarini Xudo hech kim- ga solmasin. – Nima qilishdi? – Getman Varshavada allaqachon mis sixda kabob bo‘ldi. Lashkarboshining qo‘l-oyoqlari bilan boshini kesib, bozorlarda xalqqa tomosha qildirib yuribdilar. Lashkarboshilarning ishi shu bo‘ldi! Xalq orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi; dahshatli qattiq bo‘ron turar oldidan havo jim bo‘lganidek, avval jimjit turdilar, keyin har tarafdan ovozlar chiqib, to‘polon boshlandi. – Juhudlar bizning ibodatxonalarimizni ijara qilib olaversinmi? Pravoslav dinidagilarni g‘ayri mazhablar aravaga qo‘shsinlar! Ha-ha! Rus yur- tida la’nati g‘ayridinlar shunday g‘addorliklar qilsinlar! Lashkarboshi, getmanlarga shunday zulmlar qilsalar, qanday gap! Yo‘q, bunday qilib qo‘ymaymiz, aslo qo‘ymaymiz! Bu xil gaplar har yoqqa tarqaldi. Zaporojyе- liklar g‘ayratga mindilar, Bu qo‘zg‘alish yengil ta- biatli xalqning to‘poloni emas, balki qo‘zg‘alishi qiyin va lekin bir qo‘zg‘alsa, bir qizisa, sira tin- maydigan, sira sovimaydigan salmoqli, vazmin tabiatli kishilarning qo‘zg‘oloni edi. Olomon orasidan birov: – Juhudlarning hammasini osmoq kerak, xotinlariga muborak to‘nlardan yubka tikmasin- 51 Taras Bulba lar, muborak pasxamizga tamg‘alarini bosmasin- lar, nomard itlarni bitta qo‘ymay daryoga tash- lamoq kerak! – dedi. Olomonda birov og‘zidan chiqqan bu so‘zlar go‘yo yashindek bir onda hammaga tarqaldi; olo- mon juhudlarni qirg‘in qilmoqchi bo‘lib mahalla- ga yopirildi. Bechora juhudlarning qo‘rqoq yuraklari qini- dan chiqib, araqdan bo‘shagan bochkalarga, pechkalarga bekindilar. Ba’zilari, hatto xotinlar- ning ko‘ylagi ichiga ham kirib ketdilar, lekin ka- zaklar ularni qayerda bo‘lsa ham topib, omon qo‘ymadilar. Tayoqdek daroz bir juhud qo‘rqqanidan ser- rayib qolgan basharasini ko‘rsatib: – Valine’matimiz, janoblar! Yolg‘iz bir kalima so‘zimiz bor, shuni aytaylik, haligacha qulog‘ingiz eshitmagan, qimmatini aytib ado qilib bo‘lmay- digan bir so‘z aytamiz! – deb baqirdi. Hamisha gunohkorning gapini tinglashni yax- shi ko‘rgan Bulba: – Mayli, gapirsin! – dedi. Juhud: – E, oliynasab zotlar. Sizdek yaxshini dunyo ko‘rgani yo‘q. Azbaroyi Xudo, aslo ko‘rgan emas. Siz kabi saxiylar, oliyhimmat mardlar olamda yo‘q... – dedi. Qo‘rqib qaltiraganidan nafasi ichi- da tushib, ovozi chiqmay qoldi. – Siz haqingiz- da birorta yomonlikni xayol qilishimiz mumkin emas. Ukrainada ijaraxo‘rlik qiladiganlar bizlar- dan emas, ular boshqa! Azbaroyi Xudo, boshqa! Ular juhud ham emaslar, ularning kimligi ham noma’lum. Ular shunday xalqki, basharalariga tupurib tashlamoq kerak. Mana boshqalardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling