Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

46
Nikolay Gogol
Askarboshining quti o‘chdi. Butun zaporojyе-
liklarni qo‘zg‘atish niyati unda yo‘q edi. Yarash 
ahdini buzmoq uning nazarida nohaqlik edi.
– Hurmatli og‘alar, yana bir so‘z aytsam ijozatmi?
Zaporojyеliklar qichqirishib:
– Bas, bundan yaxshi nima der eding! – dedilar.
– Unday bo‘lsa xo‘p. Men sizlarning xizmatko-
ringizman. Ma’lum va ravshanki, hatto kitoblarda 
ham aytilganki, xalqning tilagi – Xudo ning tilagi. 
Barcha xalq bir bo‘lib o‘ylab topganidan ma’qul-
rog‘ini o‘ylab topib bo‘lmaydi. Ammo shunisi bor-
ki, yigitlarimizning bu o‘yinlarini sulton jazosiz 
qoldirmasligi o‘zingizga ma’lum. Biz shaylanib, ho-
zir bo‘lib tursak yaxshi bo‘lardi, kuch-quvvatimizni 
saqlab turardik va hech kimdan qo‘rqmas edik. 
Bizlar hammamiz yurtimizni tashlab ketsak, ta-
tarlar hujum qilib qolishi ham mumkin, ular turk 
sultonining ko‘ppagidirlar. Bu ko‘ppaklar old to-
mondan kelmaydilar, egalari bo‘lganda uyga ham 
kirolmaydilr, lekin orqadan kelib pochadan oladi, 
tishlaganda ham hazilakam tishlamaydi. Haqiqat-
ni aytadigan bo‘lsak, kifoya qilganday odamimiz 
ham yo‘q, miltiq dorilarimiz ham hammamizga 
yetgudek emas. Men bo‘lsam sizning ixtiyorin-
gizdaman, xizmatingizga hozirman.
Ayyor askarboshi so‘zidan to‘xtadi. Guruhlar-
ning baribir-biri bilan so‘zlasha boshladi, aymoq 
oqsoqollar maslahat ochdilar, mastlar har tugul 
kamroq edi, shu sababdan jo‘yali maslahatga qu-
loq solmoqqa qaror qildilar.
Bir necha kishi darhol Dneprning narigi bo‘yida 
askarning omborxonasi va xazinasi turadigan 
joyga ketdi. Bunda suv tagida va qamishzor 
to‘qay ichida askarning butun xazinasi va dush-


47
Taras Bulba
mandan g‘animat olingan yarog‘-aslahalarining 
bir qismi yashirilgan edi. Qolgan boshqa odamlar 
qayiqlarni tuzatib, safarga hozirlashga tutindilar. 
Bir lahzada daryo bo‘yi odamga to‘ldi. Bir necha 
duradgor ustalar arra-bolta bilan hozir bo‘ldilar. 
Yosh-qari, keng yag‘rinli zabardast yi gitlar, so-
chiga oq tushgan mo‘ysafidlar shalvarlarini shi-
marib olib, tizzagacha suvga tushib, yo‘g‘on ar-
qonlar bilan qayiqlarni sohildan suvga tortar edi-
lar. Yana birovlar, tayyor, quruq holda va boshqa 
har xil yog‘ochlarni tashib keltirardilar. Bir yoqda 
qayiqlarga taxta qoqar edilar, bir yoq da qayiqlar-
ni to‘ntarib, yoriqlarini bekitar, qora moy surtar 
edilar. Bir tomonda qayiqlarning yoniga qamish 
bog‘lar edilar, chunki dengiz to‘lqini qa yiqni bo-
tirib yubormasligi uchun uning yonini baland 
ko‘tarib, qamish bog‘lash kazaklarda rasm edi. 
Daryo bo‘ylab qator qurilgan o‘choqlarga mis qo-
zon osib, qayiqlarga quyish uchun mum eritar-
dilar. Ish bilgan keksalar yoshlarga o‘rgatardilar. 
Har tarafda taqir-tuqur, shovqin-suron. Daryo 
bo‘yi junbishga keldi.
Shu onda kattakon kema suv bo‘yiga yaqinla-
shib kelaverdi. Kemadagi bir to‘da odamlar uzoq-
dan qo‘llarini silkitar edi Bular yirtiq-yamoq ki-
yimli kazaklar edi. Ularning ko‘pining egnilarida 
ko‘ylak va og‘izlarida kalta mushtukdan boshqa 
hech narsa yo‘q edi. Ularning bu ahvoli biror ba-
loga uchraganliklarini yoki bor-yo‘q kiyimlarini 
ichib sop qilganliklarini ko‘rsatar edi. Ular orasi-
dan past bo‘yli, keng yag‘rinli, yoshi elliklarga bor-
gan bir kazak chiqib keldi. U boshqalardan ko‘proq 
baqirar, boshqalardan serharakatroq edi, ammo 


48
Nikolay Gogol
ishlayotganlarning taqir-tuqur va g‘ovur-g‘uvuri-
dan uning gapini eshitib bo‘lmas edi
Kema suv bo‘yiga kelib to‘xtaganda, askar-
boshi ulardan:
– Nima xabar keltirdingiz? – deb so‘radi.
Ishlayotganlarning hammasi ishlarini to‘xta-
tib, bolta-teshalarini ko‘targancha ag‘rayib turar 
edilar.
Past bo‘yli kazak kemada turib:
– Shum xabar keltirdik, – deb javob berdi.
– Qanaqa shum xabar?
– Hurmatli og‘alar, sizlardan ijozat bo‘lsa so‘z-
layin.
– So‘zla!
– Yoki yurtning hammasini to‘playsizmi?
– Gapiraver, hammamiz shu yerdamiz.
Daryo bo‘yidagilarning hammasi bir yerga jam 
bo‘ldilar.
– Getman yurtida bo‘layotgan voqealardan 
xabaringiz yo‘qmi?
– Nima bo‘libdi? – so‘radi oqsoqollardan biri.
– Ana xolos! Hech narsa eshitmagan bo‘lsan-
giz, tatarlar qulog‘ingizga xo‘b paxta tiqqanga 
o‘xshaydi.
Tezroq gapir, nima bo‘libdi!
– Bo‘lgani shuki, onadan tug‘ilib haligacha 
bunday ishlarni ko‘zimiz ko‘rgan emas!
– Itvachcha, tezroq gapirsang-chi, nima bo‘lib-
di! – deb olomon ichidan sabri qolmagan birov 
baqirdi.
– Shunday zamon bo‘ldiki, aziz dinimiz qo‘li-
mizdan ketdi, butxonalardan ajradik!
– Nega ajralamiz?



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling