Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
34
Nikolay Gogol mon Sech o‘sha zamon taqozosi edi. Urushni yaxshi ko‘rgan, oltin qadahlardan may ichishni sevgan, tilla va tangalar, kimxob havaskorlari bu yerda o‘zlariga doim kasb topar edilar. Faqat xotinparast largina bu yerda hech narsa topol- maydilar, chunki ayol zoti Sechning tevarak-atro- figa ham yaqin kelolmas edi. Ostap bilan Andriy ko‘z o‘ngida Sechga behi- sob odamlar kelganini va ularning hech kim qa- yerdan kelding, kim bo‘lasan, isming-u zoting nima deb so‘ramaganini ko‘rib nihoyatda ajabla- nar edilar. Bu odamlar Sechga yaqindagina o‘z uylariga qaytib kelgandek kelar edilar. Kelgan odam faqat askarboshi oldiga borib ko‘rinish be- rar, askarboshi esa kelgan odamlardan odatda: – Xush kelibsan, Isoga inonasanmi? – deb so‘rar edi. Kelgan odam: – Inonaman, – deb javob berardi. – Aziz avliyolarga iqrormisan? – Iqrorman. – Butxonaga borib turasanmi? – Borib turaman. – Qani, bo‘lmasam, cho‘qinib ko‘r! Kelgan odam cho‘qinar edi. Askarboshi: – Xo‘p, yaxshi, qaysi bo‘linma tarkibiga kirish- ni xohlasang o‘shanga kir, – der edi. Shu savol-javob bilan butun rasmiyat tamom bo‘lar edi. Sechdagilarning hammasi bitta butxonada ibodat qilardilar va ro‘za tutish, araq ichmaslik to‘g‘risidagi gaplarga aslo quloq solgilari kelma- sa ham, bu butxonani bir tomchi qonlari qolgun- 35 Taras Bulba cha muhofaza qilishga tayyor edilar. Foydaxo‘rlik payiga tushgan juhudlar, arman va tatarlargina yurak hovuchlab, bu yerlarga kelib, tirikchilik va oldi-sotdi qilar edilar, xolos, chunki zaporoj- yеliklar savdolashishni bilmas, qo‘llarini kissa- lariga solganda, qancha pul chiqsa, shuni berib, ketaverar edilar. Lekin foydaparast kishilarning bunda ko‘rgan kuni qursin! Ular yonar tog‘ning etagiga kelib, uy-joy qilgan kishilarga o‘xshar edi- lar, chunki zaporojyеliklarning kissasida pullari qolmasa, bir xil ko‘zi ochlar chiqib, do‘konlarni buzib-yiqitib, mollarni talon-toroj qilib ketave- rar edi. Sechdagilarning hammasi oltmish bo‘lin- madan iborat bo‘lib, bo‘linmalar ning har biri o‘z boshiga mustaqil bir respublikaga, hatto ko‘proq hamma narsasi taxt va tayyor bo‘lgan maktab- xonaga o‘xshar edi. Hech kim mol-u mulk orttir- mas va mol boqmas, hamma narsa askarboshi- ning qo‘lida bo‘lar, uni odatda otaxon der edilar. Pul, kiyim-bosh, ovqat, g‘alla, hatto o‘tin-ko‘mir ham uning qo‘lida bo‘lar edi. Birovning ortiqcha puli bo‘lsa ham, unga berib qo‘yardi. Ko‘pincha bo‘linmalar o‘rtasida janjal chiqib, mushtla- shuvga aylanar, maydonga chiqib, to bir tomon yengilmaguncha mushtlashar edilar. Bir tomon zo‘r chiqqach, tomosha boshlanar edi. Yosh o‘s- pirinlarni o‘ziga maftun qiladigan xususiyatlari ko‘p bo‘lgan Sechning ta’rifi ana shu. Ostap bilan Andriy yoshlik va yigitlikning bar- cha g‘ayrat va havasi bilan jo‘sh urib turgan bu dengizga o‘zlarini tashladilar va bir lahzada ota uyini ham, maktabni ham, avvalda ko‘ngillariga g‘ulg‘ula solgan barcha narsalarni ham unutib, bu yangi turmushga cho‘mib ketdilar. Bu yer ning 36 Nikolay Gogol har bir narsasi ularning xayolini mashg‘ul qildi. Sechning doimiy bazm-u tomoshasi, o‘yin-kulgisi, dorilamon idora va qonunlari ularni taajjublanti- rar edi; bunday dorilamon o‘lkada bu xil qonun- lar ularning nazarida, ba’zan, hatto had dan tash- qari qattiq ko‘rinar edi. Agar birorta kazak o‘g‘ir- lik qilsa, arzimagan bir narsani o‘g‘irlab qo‘ysa, kazaklarning hammasiga isnod keltirgan bo‘lar edi. Bunday odamni nomusini yo‘qotgan, insofsiz deb la’nat doriga bog‘lab, yoniga bir so‘yil tashlab qo‘yar edilar, har bir odam o‘g‘rini so‘yil bilan bir marta urib o‘tar edi. Shunday qilib, uni to o‘lgun- cha urar edilar. Qarzini to‘lamay muttahamlik qilgan odamni zanjirlar bilan to‘pga bog‘lab qo‘yar edilar, yor-u birodarlaridan biri kelib, ajratib ol- maguncha bandi bo‘lib yotardi. Lekin birovni o‘ldirganligi uchun odamlarga beri ladigan qattiq jazo Andriyga juda qattiq ta’sir qildi. Odam o‘ldir- gan kishini tiriklayin o‘raga tashlab, o‘ldirilgan odamning tanasi solingan tobutni ustiga qo‘yib, keyin tuproq tortar edilar. Bu jazo ko‘p vaqt- largacha uning esidan chiqmay, vahima bosib yurdi. O‘lik solingan tobut bilan birga tiriklayin ko‘milgan odam uning ko‘zidan sira nari ketmadi. Ko‘p fursat o‘tmay, yigitlarning ikkovi ham hammaga manzur bo‘ldi. Ular aksari boshqa o‘rtoqlari, ba’zida bo‘linmadagilarning hammasi birga dalaga chiqib, undagi behad va behisob har xil parranda-darrandalarni, bug‘u va takalarni ovlar edilar yo har bo‘linmaning o‘ziga chek bilan ajratilib berilgan ko‘l, daryo va ariqlarga borib, to‘r tashlar va natijada butun bo‘linma baliqxo‘rlik qilar edi. Kazak uchun imtihon bo‘lguday hunar bo‘lmasa ham, ulardagi g‘ayrat-shijoat ularning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling