Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

29
Taras Bulba
aysh-ishrat bilan miltiqbozlikdan boshqa hech 
hunari bo‘lmagan Sechni boqqan ham, kiydirgan 
ham yarmarkaga o‘xshagan shu guzar edi.
Yo‘lovchilar nihoyat guzardan o‘tib, chim bi-
lan yopilgan uylar yoki tatarchasiga kigiz yopil-
gan o‘tovlarni ko‘rdilar. Ba’zi uylarning oldida 
zambaraklar turardi. Guzardagi singari pastak 
bostirma uylar, past devorlar bunda yo‘q. Hech 
qorovulsiz, pastakkina qo‘rg‘onchalar bun dagi-
larning juda beparvoliklarini ko‘rsatar edi. Og‘iz-
larida mushtuk bilan ko‘chaning o‘rtasida bema-
lol yotgan bir necha bahaybat zaporojyеlik ularga 
e’tiborsiz qarab qo‘ydi-da, qimir etmay yotaverdi. 
Taras o‘g‘illari bilan birga ular o‘rtasidan o‘tib ke-
tayotganda: «Esonmisizlar, og‘alar!» – deb so‘rash-
di. Ular ham «Salomat bo‘ling!» deb javob qaytar-
dilar. Har qadamda rang-barang kiyimli odamlar 
to‘da-to‘da bo‘lib turardilar. Oftobda qoraygan yuz-
lari ularning ko‘p janglarni ko‘rib va ko‘p mash-
aqqatlar tortib chiniqqanliklarini ko‘rsatardi. Sech 
degani shu ekan-da! Sherdek mardlar, dilovar 
pahlavonlarning makoni shu edi. Bevosh kazak-
lar butun Ukrainaga shu yerdan tarqalar.
Yo‘lovchilar yurt yig‘ilib maslahat qiladigan 
maydonga keldilar. To‘ntarilgan kattakon bochka 
ustida ko‘ylakchan bir odam o‘tirib, ko‘ylagini ya-
mar edi. Bir to‘da mashshoqlar chiqib, ular yo‘li-
ni to‘sdilar. Cholg‘uchilar o‘rtasida bir yigit bosh 
kiyimini yarimta qilib, o‘yinga tushar edi. O‘yin-
chi faqat: «Sho‘xroq chalinglar! Foma, arag‘ing-
ni ayama nasroniylardan!» – der edi, xolos. Ko‘zi 
shishgan Foma, kim so‘rasa, katta bir kosada 
araq quyib berardi. O‘yinchi yigit oldida to‘rtta 
keksaroq odam tapir-tupir yer tepib o‘ynar, keyin 


30
Nikolay Gogol
shamoldek g‘irillab aylanib, mashshoqlarni bosib 
ketgudek bo‘lardi; so‘ngra o‘tirib olib, zarang yer-
ni kumush nag‘allari bilan toza shibbalar edi. 
Yerning gumburlagan ovozi tevarak-atrofga ketar, 
etiklar nag‘alining do‘pir-do‘piri uzoqdan ham 
eshi tilar edi. Ammo bular ichida birovi hammad-
an qattiqroq qichqirar, ko‘proq o‘yinga tushar, 
kokili yoyilib uchar, azamat ko‘kragi ochiq edi. 
Egnida issiq po‘stin, terga pishib ketgan. 
Buni ko‘rgan Taras:
– Po‘stiningni yechsang-chi; terlab ketganingni 
qara, – dedi.
O‘yinchi:
– Iloji yo‘q, – dedi.
– Nega?
– Iloji yo‘q, shunaqa odatim bor, nimani egnim-
dan yechsam, araqqa sarf qilib yuboraman.
Azamatning na boshida bosh kiyimi, na belida 
kamari, na ustida to‘ni, na belbog‘i bor, bular ning 
hammasi allaqachon joy-joyini topib, araqqa ketgan 
edi. Odamlar borgan sari ko‘paydi; ular ham o‘yin-
ga qo‘shildilar. Olamda misli ko‘rilmagan sho‘x, 
azamat ixtirochilar kazakcha deb nom berish gan 
bu o‘yin ko‘ngilda bor gina-kuduratni sidirib tash-
lar, lekin zavqi yo‘q odam buni bilmas edi.
– Attang, otim bo‘lmasa bir tushardim-da! Bir 
o‘ynar edim-da! – dedi Taras.
Bu orada butun Sechda izzatli, obro‘li oqso-
qol mo‘ysafidlar ham kela boshladilar. Taras bir 
qan cha tanish-bilishlarini ko‘rdi. Ostap bilan 
And riy har qadamda ularning: «Pecheritsami-
san! Esonmisan, Kozolup!» «Taras, qayerdan 
kelib qolding?», «Doloto, sen o‘zing bunda nima 
qilib yuribsan?», «Salomatmisan, Kirdyaga! Gus-


31
Taras Bulba
tiy, qalaysan! Remen, seni bunda ko‘raman 
deb xayo limga ham kelgani yo‘q edi-ya!» degan 
tovushla rinigina eshitar edilar. Sharqiy Rossiya-
da o‘zi xon, o‘zi bek bo‘lib yurgan va bu yerga kel-
gan barcha pahlavonlar bir-birlari bilan o‘pishib, 
hol-ahvol so‘rasha ketdilar: «Kosyan nima bo‘ldi? 
Borodavka qalay? Koloper qalay? Pidsishko nima 
bo‘ldi?» Taras o‘z savollariga: «Borodavka Tolo-
panda osildi, Qiziqirmanda Koloperning terisini 
shildilar, Pidsishkoning boshi tuzlanib, Sargrad-
ga
1
yuborildi» degan javoblarni oldi. Keksa Bulba 
boshini quyi solib, «Yaxshi kazaklar qani!» – dedi.
III
Taras Bulba o‘g‘illari bilan Sechda yashay bosh-
laganiga bir haftacha bo‘lib qoldi. Ostap bilan And-
riy urush mashqlarini kam qilar edi. Sechdagilar 
urush mashqlari bilan ovora bo‘lib, behuda vaqt 
o‘tkazishni yoqtirishmasdi. Bundagi yigitlar jang-
ning o‘zida, urushda chiniqib, pishar edilar va bu 
sababdan ham ketma-ket urush bo‘lib turar edi. 
Urush to‘xtagan bekorchilik vaqtlarda kazaklar 
boshqa bir narsa o‘rganishni o‘zlariga ep bilmay, 
gohida merganlik va chavandozlikni mashq qilar 
edilar; dala va yaylovlarga chiqib, vahshiy hayvon 
ovlashni o‘rganar, qolgan bo‘sh vaqtlarini o‘yin-
kulgi, aysh-ishrat bilan o‘tkazar edilar. Ular-
ning serzavq xalq ekanliklari shundan ma’lum 
edi. Sech hayoti nihoyatda ajoyib bir hayot. Bu 
yerdagilar juda kayf-safoga berilgan. Bazm va 
ziyo fatlar boshlanar edi-ku, lekin adog‘i bo‘lmas 
edi. Ba’zilar kosibchilik, ba’zilar savdogarchilik
1
Sargrad – hozirgi Istambul.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling