Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

58
Nikolay Gogol
tarki dunyo qilgan rohiblaridan ikki kishini ular 
oldiga yubordi va hukumat bilan zaporojyеliklar 
o‘rtasida hech qanday xusumat yo‘qligini, podsho 
amriga itoat qilmasdan bo‘yin tovlasalar, xalq 
hurmat qilgan barcha qonun-qoidalarni buzgan 
osiylar jumlasidan bo‘lishlarini bildirib, ularni 
to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilmoqchi bo‘ldi.
Kazaklar askarboshisi:
– Xo‘jayiningga borib, mendan va barcha kazak-
lar nomidan aytginki, sira qo‘rqmasin, bu hali holva: 
kazaklar tamakisining tutunigina, xolos, – dedi.
Tez fursatda hashamatli ibodatxonaga o‘t ketdi. 
Uning serhasham baland derazalari alanga ichi-
da qoldi. Har tarafga to‘dalashib qochgan rohib-
lar, juhudlar va xotin-xalaj ozroq sarbozi bo‘lgan 
va o‘zini qo‘riqlashga andak imkoni bo‘lgan sha-
harlarga kelib tiqildilar. Hukumatning fursat 
o‘tgandan keyin goh-gohida yuborgan bir necha 
guruh askarlari kelib, kazaklarni topolmas yoki 
ularga duch kelsalar, otlarini qam chilab orqalari-
ga qochar edilar. Ba’zida avvalgi janglarda g‘ala-
ba qilib kelgan lashkarboshilardan bir nechalari 
to‘planishib, zaporojyеliklarga qarshi chiqar edi-
lar. Talonchilikdan va manfaatparastlikdan yiroq 
bo‘lgan va dushmanning kuchsizini emas, balki 
kuchlisini poylagan, yuragida keksalar oldida 
o‘zini ko‘rsatish orzusi yongan, arg‘umoq otlarga 
minib kerilib, yengi tashlangan chakmon shamolda 
uchib borayotgan mag‘rur polyaklar bilan yakka-
ma-yakka oli shib, mardligini ko‘rsatish havasida 
bo‘lgan yosh yigitlar bu paytlarda o‘zlarini sinab 
qolar edilar. Ularning bu sinovi gashtli bo‘lar edi; 
ular bunda ko‘p egar-jabduq, qimmatbaho qilich 
va miltiqlar o‘lja olar edilar. Yaqindagina temir 


59
Taras Bulba
qanot chiqarib, uchirma bo‘lgan qushlardek bir 
oy ichida chiniqib, tamo mila o‘zgarar va voyaga 
yetar edilar. Shu chog‘gacha yigitga xos bo‘lgan 
yumshoqlik yuzlaridan zohir bo‘lib turganlarning 
yuzida endi bir dahshat, salobat, o‘zlariga biroz 
g‘alati tuyilar edi. Chol Taras bo‘lsa, ikki o‘g‘li-
ning ham saralar jumlasidan bo‘lganini ko‘rib 
zavq lanardi. Nazarida jangovar yo‘l, dilovar va 
og‘ir vazifalarni baja rish Ostapning peshonasiga 
yozilganday ko‘rinardi; u har qanday hodisa yuz 
berganda ham hech esankiramasdan, sarosima-
ga tushmasdan yigirma ikki yoshli yigitning tabi-
atida bo‘lmaydigan mardlik va vazminlik bilan bir 
lahzada har qanday xavf-xatarni daf qilar, darhol 
chorasini topar va xatarga chap berib qolar edi, 
lekin qochib emas, balki keyin uni yengmoq va 
daf qilmoq uchun chap berar, har bir harakatida 
dadillik, mardlik ko‘rinar va kelgusida ko‘plar-
ga rahbar bo‘lajagi har bir harakatidan ko‘ri-
nib turar edi. Uning vujudida bir quvvat-shijoat 
ko‘rinar, mardlik-dilovarlik xislatlari endi yayrab 
aylanmoqda edi.
Qari Taras gohida unga qarab:
– Vaqti kelsa alomat bir lashkarboshi bo‘la-
di, azbaroyi Xudo, ajoyib lashkarboshi bo‘ladi! 
Shunday pahlavon bo‘ladiki, mendek otasini ham 
yo‘lda qoldiradi! – der edi.
Andriy o‘q va qilichlar ohangiga maftun bo‘lgan 
edi. O‘ylash, mulohaza qilish, o‘zining va boshqa-
ning kuch-quvvatini taroziga solib o‘lchab, so‘ngra 
bir ish qilish degan narsani bilmas, jangdan zavq 
olib, uni bir dahshatli huzur, bir lazzat deb bi-
lar edi. Kishi qizishib ko‘zlari tingan, telbalan-
gan, boshlar tanadan judo bo‘lib, otlar gumbur-


60
Nikolay Gogol
lab yiqilgan paytlarda, o‘q yog‘ib turgan, boshda 
qilich lar o‘ynagan paytlarda bularga parvo qilmay 
har tarafga ot qo‘yar, o‘ng-so‘lga urar, boshqalar-
ga zarba berar va boshqalardan olgan zarbasini 
sezmay, bu kezlarda o‘zini go‘yo mast bo‘lib, bazm 
ichida yurgandek bilar edi. Andriyning g‘ururlik 
g‘ayrati junbishga kelib, esli-hushli odam hech 
bir vaqt jasorat qilolmaydigan ishlarga qadam 
bosganini, bunday g‘ayrat-shijoati bilan ko‘p jang-
larni ko‘rib, chiniqqan keksalarni ham taajjubga 
soladigan ajoyib mo‘jizalar ko‘rsatganini ko‘rgan 
otasi hayron qolar edi. Qari Taras uning ishlariga 
hayron qolib:
– U ham azamat, hech qanday dushman bun-
gayam bas kelolmaydi, Ostap emas-u, lekin u 
ham xo‘b dilovar yigit! – der edi.
Qo‘shin to‘ppa-to‘g‘ri Emanno shahriga qarab 
yurishga qaror qildi; ovoza gaplarga qaraganda 
bunda mol va xazina, davlatmand boylar ham 
ko‘p edi. Bir yarim kun yo‘l yurib, shaharga yovuq 
keldilar. Shahar xalqi kuchi yetgancha o‘zini 
mudofaa qilishga, dushmanni uyga kirgizgandan 
ko‘ra ko‘cha-ko‘ylarda, o‘z eshiklari ostonasida 
jon berishga qaror qildi. Shahar atrofiga baland 
devor olingan edi, devori past yerlarga tosh teril-
gan va uylar solinib, bu yerlarga zambaraklar 
qo‘yilgan, ba’zi joylariga qayin yog‘ochidan ba-
land qator qoziqlar qoqilgan, shahar mudofaa-
sida turgan askarlarning kuchi xiyla bor edi va 
ularning ustlariga tushgan vazifaning muhim-
ligini bilar edilar. Zaporojyеliklar shaharga kela 
solib birdan devorga minmoqchi bo‘ldilar, lekin 
shahardagilar ular ustiga zambarak o‘qi yog‘dir-
dilar. Shahardagi savdogarlar va boshqa fuqaro 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling