Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
55
Taras Bulba ga dinimiz janoza buyurmaydi. Yoshlar, har ish- da keksalarning gapiga quloq soling lar! Agar o‘q tegsa yoki qilich tegib boshingiz yoki badaningiz yaralansa, ko‘p e’tibor qilmasdan darhol bir otim miltiq dorini bir kosa araqqa qorib, ichib yubo- ring, shifo topasiz, isitma ham chiqmaydi; agar yara katta bo‘lmasa bir siqim tuproq ni kaftingiz- ga tupuk bilan qorib, yara joyingizga qo‘ying, shu bilan yara qotib qoladi. Qani, azamatlar, ishni boshlang, shoshmasdan puxta ish qiling! Askarboshining gapi shu edi; u gapini tamom qilishi bilan hamma darrov ishga kirishib ket- di. Sech boshdan-oyoq hushyor bo‘ldi, kazaklar orasida hech vaqt mastlik degan narsa bo‘lma- gandek bitta ham mast odam topilmas edi. Bi- rovlar tegarchaklarning temirini tuzatar, aravaga yangi o‘q solar, birovlar aravalarga qoplab g‘al- la ortar, yarog‘-aslahalar tashir, birovlar ot va ho‘kiz larni haydab keltirar edi. Har tarafda otlar tuyog‘ining ovozi, sinab otilgan miltiq tovushi, qilichlarning shaqir-shuquri, mollarning ma’ra- gani, aravalarning g‘ijiri, shovqin-suron, g‘ovur- g‘uvur boshlanib, tez fursatda kazaklar ko‘chi butun dalani bosdi. Mabodo, birov cho‘zilib ket- gan karvonning boshidan oxirigacha yugurib bormoqchi bo‘lsa, ko‘p yugurmog‘i lozim bo‘lardi. Kichkina butxonada ibodat qilishdi, pop ham- maga muborak suvdan sepdi, hammalari butni bir-bir o‘pdilar. Karvon harakatga kelib, Sech- dan jo‘naganla rida, zaporojyеliklarning hammasi orqalariga qay rilib qaradilar. Hamma birdaniga: – Onamiz, xayr senga! Seni har qazo, har ba lodan Xudo o‘z panohida saqlasin! – deb xo‘shlashdilar. 56 Nikolay Gogol Bir guzardan o‘tayotganda Taras Bulba o‘zi- ning juhudi Yankel kapa qurib, chaqmoq dori, paytava, boshqa har xil yo‘lga kerak buyum- lar, hatto kulcha va nonlar ham sotib o‘tirgani- ni ko‘rdi. Taras ko‘nglida: «Shayton juhudni qa- ra-ya!» – deb otini u tomonga surib borib: – Tentak, bu yerda nima qilib o‘tiribsan? Chumchuqni otgandek otib tashlasinlar deysan- mi? – dedi. Yankel javob o‘rnida unga yaqinroq kelib, go‘yo bir sir aytmoqchi bo‘lgandek ikki qo‘li bilan isho- ra qilib: – Xo‘jayin, damingizni chiqarmang, hech kim- ga aytmang, kazaklar aravasi ichida menga qa- rashli bir arava bor, kazaklarga kerakli har xil buyumlar yuklaganman, yo‘lda yana turli oziq- ovqat topib, hech juhud sotmagan arzon baho bi- lan sotaman, azbaroyi Xudo, rost, – dedi. Taras Bulba yelkasini qisib, juhudning udda- buroligiga hayron qolib, karvoni tomoniga qarab ketdi. V Tez orada Polshaning janubi-g‘arbiy qismi boshdan-oyoq vahima ichida qoldi. Har yerda: «Zaporojyеliklar qo‘zg‘alibdilar, kelayotgan emish- lar!» – degan ovoza tarqaldi. O‘zini qutqara bilgan har bir kimsa qochdi. Ehtiyotkorlikni, qo‘rg‘on va qal’alar solishni o‘ylamagan va tatarlar kelib hamma yoqni xarob qiladigan bo‘lgach, uylar solib bekorga pul va kuch sarf qilib nima qilamiz deb, o‘zlariga faqat vaqtinchalik solingan poxol uylarda yashagan odamlar har tarafga tarqaldi- 57 Taras Bulba lar. Hamma vahimaga tushib, to‘polon boshlandi: birov qo‘sh ho‘kizini ot va miltiqqa alishib, sarboz bo‘lib ketar, birov mollarini haydab, olib qo chish mumkin bo‘lgan bisotlarini ortib qochar edi. Ba’zilar qurollanib, yo‘lga chiqib, kazaklarga qar- shilik ham qilardi, lekin elburutdan qochib qolay deganlar ko‘p edi. Zaporojye askaridek dong‘i chiqqan va zohirda butun tuzilishi tartibsizlik, beboshlikdan iboratdek ko‘rinsa ham, lekin jang va urushlar zamoniga moslangan bu to‘polonchi, jangovar olomonga sira bas kelib bo‘lmasligini hamma bilar edi. Otliqlar yuklarini og‘ir qilmay va otlarini qiynamay borishar, piyodalar hush- yorlikni qo‘ldan bermay, karvon orqasidan bo- rar edilar. Butun karvon kunduzi istirohat qilib, kechasi yo‘l yurar, shahar va qishloqlardan va u zamonda har qadamda uchragan daraxtzorlar- dan nariroq, xilvat joylardan borar edilar. Karvon oldida tilchi va ayg‘oqchilar borib, ular yo‘lning tinch-notinchligidan xabar berib turar edi. Aksa- ri kutilmagan joylardan chiqib qolib, bor-yo‘qni vayron qilar, qiron keltirar edilar. Qishloqlarga o‘t tushar, askarlar ketidan haydab olib ketish imkoni bo‘lmagan mollarni shu yerdayoq so‘yar edilar. Ular urushdan ko‘ra ko‘proq aysh-ishrat bilan, kayf-safo bilan ovora bo‘lganday ko‘rinar edi. U vahshiy zamonda zaporojyеliklarning qil- gan bedodliklari endigi odamlarning tepa sochini tik turg‘izar edi. Go‘daklar qirg‘ini, ko‘kragi ke- silgan xotinlar, tizzasigacha terisi shilinib, qo‘yib yuborilgan odamlar, xullas, bu kabi vahshiyliklar ko‘p edi. Kazaklar eski qarzlarini naqd pul bilan to‘lamoqda edilar. Bir ibodatxonaning ruhoniysi kazaklarning yaqinlashib kelganliklarini eshitib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling