Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

85
Taras Bulba
qiladi, yosh umrimga yana ko‘proq achintiradi, o‘z 
o‘limimni o‘zimga battarroq qo‘rqinchli qiladi-yey, 
shum peshonam! Ollohim, gunohimni afv et! 
Yanada ko‘proq qaq shab sendan yana battarroq 
nolib ketayin!
Bu hasratlarni qilib jim bo‘lgandan keyin, cheh-
rasida nochor va notavonlik alomatlari ko‘rindi; 
qayg‘uli peshonasidan, ma’yusona yerga qaragan 
ko‘zlaridan tortib, to cho‘g‘dek yallig‘lanib turgan 
yuzida qotib qolgan ko‘z yoshigacha chehrasidagi 
hasrat-alamdan so‘zlangan so‘zlar: «Bu chehrada 
baxtdan asar yo‘q!» – deganday edi.
– Go‘zallar go‘zali, dunyodagi eng yuksak 
narsalarga ma’buda bo‘lishga arziguday go‘zal, 
shunday hasratlar ichida qolsa! Yo‘q, bu hech 
qachon ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea, bu-
naqasi hech qachon bo‘lmagan, – dedi Andriy. – 
Yo‘q, sizga o‘lim yo‘q, qasamyod qilib aytamanki, 
siz o‘lmaysiz, o‘lsangiz, men tug‘ilmagan bo‘lay, 
yorug‘ dunyoda menga eng qimmatli bo‘lgan 
barcha narsalardan ajray! Agar taqdirga chora 
bo‘lmay, na kuch, na mardlik taqdirni o‘zgarti-
rolmasa, ikkovimiz birga o‘lamiz, avval men o‘la-
man, sizning oldingizda tizzangizga bosh qo‘yib 
o‘laman, o‘lib sizdan ajramasam, toki tirikman, 
siz bilan birgadirman.
Parivash boshini irg‘itib, yigitga qarab ohista-
gina dedi:
– Mard yigit, o‘zingizni ham, meni ham alda-
mang; bilaman, afsuski xo‘b yaxshi bilaman, siz 
menga ko‘ngil qo‘yolmaysiz; vazifangiz, ahdingiz 
nimaligini ham bilaman; otangiz, birodarlaringiz, 
yurtingiz – Vataningiz chaqiradi, bizlar bo‘lsak 
sizning dushmaningizmiz.


86
Nikolay Gogol
– Otam, birodarlarim, Vatanim menga ke-
rakmas, – dedi Andriy boshini silkib va terakdek 
qaddini rostlab. – Agar shu gap joiz bo‘lsa, aytay, 
bundan buyon mening hech kimim yo‘q! – dedi 
takrorlab yana o‘sha tovush bilan. Azmida mus-
tahkam, qaroridan sira qaytmas kazaklar bosh-
qalar qo‘lidan kelmagan, mushkul ishga bel 
bog‘laganini bildirmoq bo‘lganida qo‘llari bilan 
qanday harakat qilsalar, shu xilda harakat qilib 
yana davom etdi: – Hech kimim yo‘q, hech kimim! 
Ukraina mening Vatanim deb menga kim aytdi? 
Uni kim menga Vatan qilib berdi? Ko‘ngil qa-
yerni istasa va nimani xush ko‘rsa, Vatan o‘sha. 
Mening Vatanim sizsiz! Bu Vatanni men jon 
ichida jo qilgum, umrim boricha uni jon ichida 
saqlayman. Qani, birorta kazak kelib, meni un-
dan judo qilsin-chi, bir ko‘ray! Bu Vatanga bor-u 
yo‘g‘imni beraman, fido qilaman!
Qiz go‘zal bir haykaldek qotib, uning ko‘zi-
ga tikilib qoldi, keyin birdaniga yig‘lab yubordi 
va beg‘araz, oliyjanob ayollargagina xos bo‘lgan 
go‘zal talpinish bilan, uning bo‘ynidan quchoqlab 
oldi, qordek oppoq qo‘llarini uning bo‘yniga chir-
madi. Ayni shu mahal ko‘chada karnay va dovul 
tovushi ichida qandaydir ovozlar eshitil di, ammo 
bu tovushlar yigitning qulog‘iga kirmadi; u faqat 
muborak og‘izdan chiqqan xushbo‘y issiq nafas-
ni sezardi, ko‘zlaridan sharillab oqib, yuziga tu-
shayotgan yoshlarni, sochlari boshidan yoyilib 
tushib, qop-qora ipakdek uni chulg‘ab olganini 
payqardi, xolos.
Bu paytda tatar xotin shod-xurram shovqin 
solib, yugurib keldi va:


87
Taras Bulba
– Qutuldik! Qutuldik! Biznikilar shaharga kir-
dilar, bug‘doy, so‘k, un bilan birga bandi tushgan 
zaporojyеliklarni ham keltirdilar, – dedi.
Ammo qaysi «biznikilar» shaharga kirgani-
ni, nimalar keltirganini va qaysi zaporojyеliklar-
ni bog‘lab keltirganlarini ularning hech qaysisi 
eshitmadi. Andriy yer yuzida bo‘lmas samoviy 
zavq-shavqlarga to‘lib, uning yuziga yopishgancha 
totli lablaridan so‘rar, bu lablar ham bejavob tur-
mas edi. Shirin lablar ham javob qaytardi va bu 
ikki tomondan bo‘lgan bo‘sada odam bolasi umri-
da faqat bir marotaba topadigan lazzat topildi.
Kazak nobud bo‘ldi! Barcha pahlavon kazak-
lardan ajradi! Endi na Zaporojyеni ko‘rsin, na ota 
uyini ko‘rsin va na butxonani ko‘rsin. Ukraina 
ham uni qo‘riqlashni bo‘yniga olgan eng bo tir 
avlodini ko‘rmas bo‘ldi. Chol Taras boshidagi 
oq kokilini yular va o‘zini isnodga qoldirib, bun-
day o‘g‘ilni tug‘dirganiga va o‘g‘li tug‘ilgan kun-u 
soatga la’natlar o‘qir edi.
VII
Zaporojyеliklar orasida shovqin-suron, to‘po-
lon edi. Askarning shaharga qanday qilib kir-
ganini avval hech kim bilolmadi. Keyin ma’lum 
bo‘ldiki, yon tomondagi shahar darvozasini qur-
shab turgan Pereyaslav bo‘linmasidagilarning 
hammasi ichib, o‘lasi mast bo‘lgan edi. Shuning 
uchun ularning yarmini qirib tashlab, qolganlari-
ni hash-pash deguncha bog‘lab, bandi qilib olib 
ketganliklari taajjub emas. Yaqindagi bo‘linmalar, 
shovqin-surondan uyg‘onib qurollarini olib otlan-
gunlaricha askarlar allaqachon darvozaga borib 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling