Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

109
Taras Bulba
poylab o‘tirmaydi, darrov barbod qilib sovuradi
keyin ushog‘ini ham topolmaymiz; maslahatim 
– yo‘lga tushmoq. Bu yerda xo‘b sayl qildik. Ka-
zaklarning qanday odamligini lyaxlar ko‘rdilar. 
Dini miz yo‘lida hol-qudratimiz yetgancha jon-
bozlik qilib, ularning tanbehini berdik, och sha-
hardan bizga manfaat ko‘p emas. Shunday qilib, 
mening maslahatim «yurmoq».
Zaporojyеliklarning hamma bo‘linmalaridan 
«yurmoq!» degan baland ovoz chiqdi.
Ammo Taras Bulbaga bu gaplar yoqmadi, yer-
ga qaradi, qovog‘i solindi, tog‘ tepasida o‘sgan, 
uchlari ga nina-nina bo‘lib, qirov tushgan mayda 
butalar singari oq-qora aralash qoshlari chimirildi.
– Askarboshi, sening bergan maslahating no-
to‘g‘ri! – dedi Taras. – Sen noma’qul gapirding! 
Lyaxlar qo‘liga bandi tushgan odamlarimiz bu 
yerda qolib ketsa maylimi, buni esingdan chiqar-
ganga o‘xshaysan. Chamamda, sen eng birinchi 
muqaddas qonunimiz – birodarlik, qardoshlik 
qoidasini oyoqosti qilishimizni xohlaydiganga 
o‘xshaysan, qardoshlarimizni tiriklayin po‘stlari-
ni shilsinlarmi yoki tanlarini to‘rt taqsim qilsin-
larmi, burun getmanni, Ukrainadagi boshqa rus 
pahlavonlarni shaharma-shahar, qishloq 
ma-
qishloq sazoyi qilganlaridek, endi bularni ham 
shunday sazoyi qilsinlarmi? Bizning muborak 
joylarimizni shuncha haqorat qilganlari kam-
mi? Axir bizlar o‘zimiz kimmiz? Hammangizdan 
so‘rayman, o‘z qardoshini tashlab ketgan, muso-
firlikda, g‘ariblikda yolg‘iz tashlab ketgan odam 
qanaqa kazak bo‘ldi? Agar shunaqa bo‘lsa, kazak-
ning obro‘si va hurmati hammaga bir pul bo‘lib 
qolgan bo‘lsa, hammamiz oppoq mo‘ylovlarimiz-
ga tuflatib, o‘zimizni haqorat qildirib qo‘yadigan 


110
Nikolay Gogol
bo‘lsak, mendan hech kim gina qilmasin. Men 
o‘zim yolg‘iz qolaman.
Tik turgan zaporojyеliklar hammasi bezovta 
bo‘la boshladi.
Askarboshi turib:
– Mardona polkovnik, tatarlarning qo‘lida ham 
bizlarning qarindoshlarimiz bandi ekanlarini va 
ularni darhol qutqarib olmasak, ular umrbod ma-
jusiy butparastlarga qullikka sotilib ketishlarini, 
bu xo‘rlik har qanday qiyin o‘limdan ham battar-
ligini yodingdan chiqardingmi? Nasroniylarning 
qoni baravariga tushgan xazinamiz ular qo‘liga 
kirganligini esingdan chiqardingmi!? – dedi.
Kazaklar o‘ylanib, nima deyishlarini bilmay 
qoldilar, hech qaysilari o‘zlarini uyat-nomusga 
qoldirishni tilamas edilar. Bu gapdan keyin ham-
madan keksa Kasyan Bovdyug nomli mo‘ysafid 
o‘rtaga chiqdi. Barcha uni izzat-hurmat qilar edi. 
U ikki marta askarboshi etib saylangan, urush-
larda ham juda polvon edi, ammo yoshi ulg‘a-
yib qolganidan, urushlarga chiqmay, masla-
hatga aralashmay qo‘ygan va o‘zi eski bir askar 
bo‘lganidan kazaklar yig‘ilishganda ularning har 
xil bo‘lmish voqealar, urushlar to‘g‘risidagi gap va 
hikoyalarini eshitib, yonboshlab yotishni yaxshi 
ko‘rar edi. Boshqalarning gapiga sira aralash-
mas, faqat quloq solib, og‘zidan sira tushmay-
digan tamakisining kulini barmog‘i bilan bosib, 
ko‘zini yumibroq o‘tirar edi, uxlabmi yoki quloq 
solibmi o‘tirganini hech kim bilmas edi. U urush-
ga chiqmasdi, ammo bu gal mo‘ysafidning g‘ayra-
ti qo‘zg‘ab ketib, kazakchasiga qo‘lini siltab turib:
– Mazam ketib qolibdi! Endi men ham bo-
ray-chi, biror ishga yarab qolarman! – dedi.


111
Taras Bulba
Mo‘ysafid chol o‘rtaga chiqib, so‘zga og‘iz och-
ganda, hamma hayron bo‘lib qoldi, chunki ko‘p 
vaqtlardan beri uning so‘zini eshitmagan edilar. 
Hamma Bovdyuga nima der ekan, deb uning 
og‘ziga qarab turar edi.
– Hurmatli og‘alar, endi menga ham biror og‘iz 
so‘z aytish navbati keldi, – deb so‘z boshladi Bov d-
yug. – Bolalarim, men keksaning so‘ziga ham 
quloq solinglar. Askarboshi dono so‘zladi, kazak 
askarlarining boshi va ularning homiysi hamda 
yurtimiz xazinasining qo‘riqchisi bo‘lgan askar-
boshimiz bundan ortiq dono va ma’qul so‘z ayta 
olmaydi. Gap shu! Bu mening birinchi so‘zim 
bo‘lsin. Endi quloq soling, ikkinchi so‘zim nima? 
Ikkinchi so‘zim shuki, polkovnik Taras ham xo‘b 
ma’qul, haqiqat gapni aytdi. Xudo umrini uzoq 
qilsin, yurtimizda bu xil kishilar ko‘paysin! Ka-
zakning birinchi vazifasi, birinchi izzati qardosh-
lik qoidasini bajo keltirishdir. Og‘alar, yoshim 
shunchaga kirib, hech eshitganim yo‘qki, kazak 
o‘z qardoshini tashlab yoki unga xiyonat qilib ket-
gan bo‘lsin. Ular ham, bular ham bizga qardosh, 
bittasi ozmi, bittasi ko‘pmi baribir, hammasi 
qardoshlarimiz, hammasi baravar qadr donimiz. 
Shunday qilib, aytadigan gapim shuki, tatarlar 
qo‘liga tushganlarga ko‘proq yaqin va mehribon 
bo‘lganlar tatarlar payiga tushsinlar, lyaxlarga 
bandi tushganlarga ko‘ngli yaqin bo‘lib, haqqoniy 
ishni bitirmasdan ketishni istamaganlar, mayli 
bunda qolsinlar. Askarboshining vazifasi tatarlar 
orqasidan boruvchilarga bosh bo‘lib bormoqdir, 
bunda qoluvchilar o‘zlariga bir boshliq saylab 
olarlar. Mo‘ysafid cholning so‘ziga quloq solsan-
giz, boshliq mansabiga Taras Bulbadan boshqa 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling