Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
115
Taras Bulba – Hurmatli og‘alar, bir-biringizdan rozimisiz lar? – Hammamiz rozimiz, ota! – deb javob berdilar kazaklar. – Endi bir-birlaring bilan o‘pishib xayrlashing- lar, chunki bir-birlaringni ko‘rish-ko‘rmaslikla- ringni Xudo biladi. Atamanning so‘zidan chiq- mang lar, kazaklar nomusi nima buyurganini o‘zlaring bilasizlar. Kazaklarning hammasi bir-birlari bilan o‘pi shib xayrlashdilar. Avval atamanlar oqargan mo‘y- lovlarini silab, quchoqlashib o‘pishdilar, keyin qo‘llarini qattiq ushlashib, go‘yo bir-birla ridan: «Og‘ayni, yana ko‘risharmikanmiz, yo‘qmi?» – deb so‘ramoqchi bo‘lardilar-u, lekin so‘ramas edilar. Har ikki tomon bu yerdayam ish yetarli bo‘lishi- ni ko‘rishlarini bilib xayrlashdilar, lekin darrov ajralib ketmasdan, kamayib qolganlarini dush- man bilmasligi uchun qorong‘i tunda ay rilishga qaror qildilar. Keyin ovqatlanmoq uchun hamma o‘z bo‘linmasi tomonga ketdi. Yo‘lga tushadiganlarning bari ovqatdan keyin yotdi; bunday rohatda oxirgi marta yotayotgan- larini sezgandek qattiq uyqu bilan uzoq yotdi- lar. Kun botguncha uxlab, qorong‘i tushgach, aravalarni tayyorlashga kirishdilar. Tayyor bo‘l- ganlaridan keyin avval aravalarni jo‘natdilar, keyin o‘zlari yor-birodarlari bilan yana xayrla- shib, ara valar ketidan asta-asta boraverdilar; ot liqlar tovush chiqarmay, otlarni «chu-chu»la- may, se kin piyodalar ketidan bordilar, birozdan keyin qorong‘ida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Faqat otlar tuyog‘ining ovozi, hali yurishib ketmagan yoki kechasi qorong‘ida yaxshi moylanmagan 116 Nikolay Gogol aravalar ning g‘ijirlagan ovozi uzoqdan eshitilar edi, xolos. Garchi ketganlar ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, ko‘rin- may qolgan bo‘lsalar ham, qolganlar anchaga- cha qo‘llarini qimirlatib xayrlashdilar. Har qay- silari joy-joylariga qaytgach, yulduzlarning yo- rug‘ida aravalarning yarmisi va o‘rtoqlaridan ko‘p kishilarning yo‘qligini ko‘rganlaridan keyin ko‘ngillari buzildi, taralabedodlikda o‘tgan bosh- larini quyi solib, beixtiyor xomush bo‘lib qoldilar. Taras kazaklar tushkunlikka tushib, botirlar- ni o‘z tabiatiga nomunosib ma’yuslik egallaganini ko‘rdi, ammo hech narsa demadi, chunki fursat o‘tsin, ko‘nikishsin, o‘rtoqlaridan ayrilganlari- dan xijil bo‘lgan ko‘ngli biroz yozilsin dedi. Ammo ichida tayyorgarlik ko‘rib, kazakchasiga qiyqirib, hammani birdaniga xursand qilib yubormoqchi edi, faqat zoti slavyan bo‘lganlar, sayoz daryolar oldidagi ulug‘ dengizlarga o‘xshagan slavyanlar- gagina xos jo‘shqinlik paydo qilmoqchi va ma’yus ko‘ngillarni avvalgidan ham xushnud va tetik qilib, hammaning gayrat va himmatini yana bir qo‘zg‘atib yubormoqchi edi. Ulug‘ dengizlar to‘po- lon va dovul vaqtida mavjlanib toshadi, oshadi, chinqiradi, kuchsiz kichik daryolar ko‘tarolma- gan ulug‘ to‘lqinlarni ko‘taradi. Shamol bo‘lmay tinch turgan paytlarda bu dengizlarning oynadek tiniq ko‘z ilg‘amas yuzi barcha daryolardan ravshanroq jimirlashib, qaragan ko‘zlarga abadiy nur, azaliy huzur bag‘ishlaydi. Taras navkarlarini chaqirib, bir chekkada alo- hida turgan aravaning yukini yechmoqqa buyur- di. Bu arava boshqalardan mustahkamroq va kattaroq edi. Yo‘g‘on g‘ildiraklariga ikki qavat 117 Taras Bulba mahkam temir qoqilgan, ustidagi yuki ham og‘ir, ho‘kiz terisi bilan yopilgan, qora moy surtilgan yo‘gon arqon bilan bog‘langan edi. Aravada Taras- ning yerto‘lasida qachonlardan beri yotgan o‘tkir may solingan katta-kichik bochkalar bor edi. U mabodo, katta bir voqea ro‘y berib: «Pusht-pusht- ga doston bo‘lib qoladigan ishlar bo‘lsa, har bir kazak tabarruk maydan to‘yib ichib, ulug‘ ayyom kunlarda odamning ruhi ham ulug‘ bo‘lsin», – deb bir qancha sharob saqlab qo‘ygan edi. Navkarlar ulug‘larining buyrug‘ini eshitgach, darrov arava oldiga kelib, shamshirlari bilan arqonlarni kesib, qalin ho‘kiz terilaridan qilingan yopiqlarini oldi- lar, bochka va xumlarni aravadan tushirdilar. – Nimangiz bo‘lsa oling, – dedi Bulba. – Kim ning nimasi bo‘lsa olsin, cho‘michimi, otini sug‘oradi- gan chelagimi, qo‘lqopimi, telpagimi – nimasi bo‘lsa olsin; idishi yo‘qlar hovuchini tutsin. Kazaklarning bari cho‘michi bormi, chelagi bormi, to‘ldirib olaverdilar, idishi yo‘qlar ho vuchlab icha boshladilar. Tarasning navkarlari odamlarni ora- lab yurib, hammaga xum va bochkalardan quyib berardilar. Lekin Taras: «Men buyruq bermagun- cha ichmanglar», – deb buyurdi. Biror so‘z ayt- moqchi, shekilli. Eski may o‘zi har qancha kuchli, kishining ruhini har qancha tetik qiladigan bo‘lsa ham, uning yoniga yana yaxshi gap qo‘shilsa, bunda mayning kuchi ikki hissa oshishini Taras yaxshi bilardi. – Aziz qardoshlar, menga ko‘rsatgan hur- matingiz har qancha ulug‘ bo‘lsa ham, bu ziyo- fat uning uchun emas, ketgan o‘rtoqlarimiz bilan xayrla shish ziyofati ham emas. Hozir uning ham, buning ham mavridi emas. Oldimizda ulug‘ ish- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling