Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
121
Taras Bulba Biroq juhudlar fursatdan foydalanib, sirdan vo- qif bo‘ldilar; zaporojyеliklarning qayoqqa va nega ketganla rini, qaysi bo‘linmadan qancha odam ketganini, lashkarboshilari kimligini, qolganlar qanchaligini, endi ularning fikri nimaligini bilib oldilar. Xullas, oradan bir necha daqiqa o‘tar- o‘tmas shahardagilar hamma gapdan xabardor bo‘ldilar. Shahardagilarning lashkarboshilari botirlanib, jangga tayyorlana boshladilar. Taras shahardagi shovqin-suron, g‘avg‘o va harakat- ni ko‘riboq payqadi va darrov farmon chiqarib, tayyorgarlik ko‘ra boshladi, hamma bo‘linmalar- ni uch guruhga bo‘lib, ot-aravalardan istehkom yasadi, bu tariqa urush qilganda zaporojyеliklar sira yengilmas edilar. Ikki bo‘linmani pistirma- ga qo‘ydi. Siniq nayza bormi, boshqa qurollar bormi, yog‘och bormi to‘plab, tevarak-atrofga qoziq qoqtirdi. To‘g‘ri kelib qolsa, dushmanning otliq askarlarini bu yerga qamab olmoqchi edi. Hamma ish tayyor bo‘lgandan keyin kazaklarga va’z aytdi; ularning ruhlarini ko‘tarib, dalda be- rish uchun emas, chunki bunga ehtiyoj yo‘qligini bilar edi, yuragida saqlagan gaplarni aytib olmoq uchun va’z so‘zladi. – Og‘alar, bizning o‘rtamizdagi birlikning ni- maligini sizga aytmoq istayman. Ota-bobolari- mizdan eshitgansizki, bizning yurtimiz avval juda ulug‘ va aziz ekan; bizni hamma hurmat qilar ekan, yunonlargacha bizni bilar ekan, bizga boj- xiroj berar ekan; shaharlarimiz obod, ibodatxo- nalarimiz rivojda, katoliklardan chiqqan dinsiz podsholar emas, o‘zimizdan, rusdan chiqqan podsholarimiz bor ekan. Dinsizlar kelib, ham- ma narsani egallab oldilar, hamma barbod bo‘lib 122 Nikolay Gogol ketdi, yolg‘iz bizlar qoldik; azamat eridan ajrab, tul qolgan yesirdek biz ham yesir qoldik, yurtimiz ham bizdek yesir qoldi. O‘rtoqlar, ana shunday og‘ir zamonda bizlar qardoshlik ahdi paymoni- ni qildik, qardoshchiligimizning negizi ana shu- naqa, bu qardoshlik ahdidan muqaddas, aziz hech narsa yo‘q. Ota-ona bolasini yaxshi ko‘radi, bola ham o‘z ota-onasini yaxshi ko‘radi, ammo jigarlarim, bu yaxshi ko‘rish boshqa, chunki hay- vonlar ham o‘z bolalarini yaxshi ko‘radilar. Jon va tan bilan bog‘lanib, qardosh bo‘lish, yolg‘iz odamlar orasida bordir. Boshqa yurtlarda ham bu qardoshlik bo‘lgan, lekin rus tuprog‘idagidek qardoshlik hech qayerda bo‘lgan emas. Sizlarning ko‘plaringiz ko‘p yurtlarni ko‘rgansiz, ko‘p yillar musofirchilikda yurgansiz; bu yurtdagilar ham odam, ular ham Xudoning bandasi, siz-u bizdek gapirishadi, biroq sidqidil bilan, yurak-bag‘ridan chiqarib gapirish ularda yo‘q. Aqllari ham joyida, bizga o‘xshagan odamlar, lekin baribir ular bosh- qa. Azizlarim, rus qalbi singari yaxshi ko‘rish, aql yoki boshqa bir narsa bilan emas, balki butun jon-taning, borlig‘ing bilan yaxshi ko‘rmoq, eh- ha! – Taras shunday deb qo‘lini siltadi, oq mo‘ylo- vini uchirdi, so‘ngra yana dedi: – Yo‘q, hech kim bu xilda yaxshi ko‘rolmaydi! Endi bu dunyoning odamlarida insof qolmadi, pastkashlik rivoj olib ketdi, faqat o‘zim bo‘lay deydilar; xirmon-xirmon bug‘doyim, g‘aram-g‘a ram pichanim, yaylov to‘la yilqim bo‘lsin, ombor larda xum-xum sharoblar tursin deydilar; kim bilsin allaqanday shaytoniy odatlarni qiladigan bo‘lib qoldilar; tillarini tiy- maydilar; qarindosh qarindosh bilan so‘zlamoqni xohlamaydi; bozorda chorvani sotgandek bir-bir- 123 Taras Bulba larini arzonga sotadilar. Yot podshoning iltifo- ti, podshoniki qayoqda, saxtiyon chorig‘i bilan tumshuqlariga tepsa ham, bir mumsik polyak boyning qilgan iltifoti ularga har qanday qardosh- likdan qimmatroq. Ammo har qanday past, razil odam bo‘lsa ham, xusho madgo‘ylikning loyiga belangan, qora kuyaga bo‘yalgan bo‘lsa ham, chi- rog‘larim, harnechuk badanida zarracha rus ruhi bor; axir bir kun ruhi uyg‘onib, sho‘rlik attang deb, peshonasiga uradi, razolatda o‘tgan umri- ga la’natlar o‘qib, sharmandalik loyini yuvmoq uchun o‘zini har bir azob-uqubatga solishga tayyor bo‘ladi. Rus tuprog‘ida qardoshlik nimali- gini barcha bilsin, o‘lim haq bo‘lsa, ulardan hech kim bunday o‘lim topolmaydi! Hech qaysisi! Bizga nasib bo‘lgan o‘lim bilan o‘lmoqqa u ko‘r sichqon- lar toqat qilolmaydilar! Atamanning so‘zi shu bo‘ldi. Ko‘pni ko‘rib sochlari oqargan kumushdek boshini gapi tamom bo‘lgandan keyin ham qimirlatib turar edi; uning so‘zi yig‘ilganlarning hammasiga qattiq ta’sir qilib, yurak-bag‘riga borib tegdi; safda turgan mo‘ysa- fid keksalar ham sochi oqargan boshlarini quyi solib, jim bo‘lib qoldilar. Qarigan ko‘zlar jiq-jiq yoshga to‘ldi. Mildir-mildir oqqan yoshlarini as- tagina yeng uchida artib olgach, hammalari itti- foq qilgandek birdaniga qo‘llarini, ko‘pni ko‘rgan boshlarini silkitib qo‘ydilar. Chol Taras ularga o‘tmishdan ko‘p narsalarni eslatdi, alam-has- ratlarni ko‘p tortgan, mehnat va mashaq qatlarni ko‘p chekib, jang-jadallarni ko‘p ko‘rib, tiriklik- ning azob-uqubatini ko‘p tortib pishgan, aqli to‘lgan odamlarning ko‘nglida bo‘ladigan yoki bu qattiqliklarni ko‘rmasa ham, ularni dunyoga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling