Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
209
Taras Bulba ovozini o‘chirsa, deb qo‘liga kosov olib chiqsa, it bir zumda uning oyog‘i orasidan o‘tib, to‘ppa- to‘g‘ri belanchak tepasiga boribdi. Xotin qarasa, it emas, xo‘jayinning qizi emish. Kunda ko‘rib yurganidek bo‘lsa, mayli-ya, shunday bahaybat- mishki, o‘zi ko‘m-ko‘k, ko‘zlari cho‘g‘daymish. Bolani mahkam ushlab olib, bo‘g‘zini g‘ajib qoni- ni so‘raveribdi. Xotin: «Voy sho‘rim!» dega nicha dodlab uydan qochib chiqsa, dahliz eshi gi bekik- mish. Yugurgancha tom tagiga qochib, qal tirab o‘tirsa, bir mahal qiz u yerga ham chiqib ke- layotganmish. Qiz uni tutib olib, uni ham tish- layveribdi. Erta lab Sheptun, xotinini tom tagida chala o‘lik holda topibdi, ko‘m-ko‘k ko‘karib ket- ganmish. Nodon xotin ertasiga o‘ldi. Ana shuna- qa ishlar bo‘ladi, ajina shunday falokat bo‘ladi! Asilzoda odamning pushtidan bo‘lsa ham, ajina ajinaligini qiladi-da. Dorosh gapni qoyil qilganiga o‘zi xursand bo‘lib, u yon-bu yonga qarab olgach, mushtugini tamaki solish uchun tozaladi. Ajina hikoyasi sira tamom bo‘lmadi. Har qaysisi biror yangi gap aytmoqchi bo‘lar edi. Bittasinikiga ajina bir g‘aram pichan bo‘lib, xuddi eshigi tagiga kelib turganmish, bit- tasining boshidagi bosh kiyimini yoki mushtugi- ni o‘g‘irlab qochganmish, qishloq qizlaridan bir nechasining sochini kesib, ba’zilarining chelak- chelak qonini so‘rib ketganmish. Bir mahal hammalari eslariga kelib qarasalar, gap bilan ovora bo‘lib, qorong‘i tushganini bilmay qolibdilar. Birma-bir turishib, har qaysisi o‘z yo- tog‘iga tarqab, biri hovlida, biri bostirma tagida, biri oshxonada yotdilar. Mo‘ysafid chol falsafashunosga qarab: 210 Nikolay Gogol – Qani, taqsir Xoma, endi biz ham o‘lik tepasi- ga boraylik, – dedi. So‘ngra Spirid bilan Doroshni ham boshlab hammalari butxonaga ravona bo‘ldilar. Yo‘lda har qadamda uchragan itlarni savaladilar, itlar ham irillashib, ularning xipchinini tishlashar edi. Falsafashunos bir qadah araqni ichib, o‘zi- ni obdan rostlab olgan bo‘lsa ham, chirog‘i yoniq butxonaga yaqinlashgan sari ko‘ngliga vahima tushib, cho‘chir edi. Eshitgan haligi har xil va- hima gaplari, g‘alati voqealar vahimasini yanada oshirdi. Devor va daraxtlar tagidagi tim qorong‘i- lik sal yorisha boshladi, ochiqroq yalanglikka chiqdilar, keyin tevaragi eski devor bilan aylan- tirilgan butxonaning torroq hovlisi sahniga kirdi- lar. Hovlining narigi yog‘i yalanglik, taqir joy edi, bir tarafi zulmatdek ko‘ringan o‘lanzor edi. Bir- galashib kelganlarning uchovi Xomani boshlab, tikroq zinadan chiqib, butxonaga kirdilar. Ular shu yerda falsafashunos bilan xo‘shlashib, ishing o‘ngidan kelsin, salomat bo‘l, deb xo‘jayinning aytganini bajo keltirib, uning orqasidan eshikni berkitib chiqdilar. Falsafashunos tanho qoldi. Avval homuza tor- tib esnab oldi, keyin kerishdi, so‘ngra ikki qo‘li- ga puflab olgandan keyin u yon-bu yonga qaradi. O‘rtada qora tobut. Qorayib turgan butlarning har qaysisi oldida sham yoqilgan. Shamlarning yorug‘i yolg‘iz mehrobni yoritib, butxonaning o‘rtasiga zo‘rg‘a tushar, uzoqdagi burchaklari qop- qorong‘i edi. Qadimgi baland ikonostas 1 juda es- kirib qolgan, tillakori, cho‘lpilari unda-bunda hali ham yaltirardi, lekin oltin ko‘chib ketgan joylari 1 Ikonstans – butlar turadigan mehrob. 211 Taras Bulba qorayib qolgan, avliyolarning yuzlari qop-qora yib xunugi chiqqandi. Falsafashunos yana bir marta u yon-bu yonga alanglab qo‘ydi-da, keyin: – Nimadan qo‘rqaman? Tashqaridan bu yerga birov kirolmaydi, oxiratdan keladigan arvohlar bi- lan o‘liklar haqiga biladigan har xil duolarim bor- ki, bir marta o‘qisam, menga aslo daxl qilolmay- dilar, – dedi va qo‘lini siltab, yana takrorladi: – Ni- madan qo‘rqaman! Qani, boshlaylik, – deb qo‘ydi. So‘ngra mehrobga yaqinroq borgan edi, bir necha shoda shamga ko‘zi tushdi. «Juda yaxshi bo‘ldi, butxonaning hamma yeri- ga sham yoqib tashlay, kuppa-kunduzidek yorug‘ bo‘lsin. Attang, Xudoning uyida chekish mumkin emasligi yomon-da», – deb qo‘ydi dilida. Keyin sira ayamay butxonaning tokchasi bormi, piramoni, suratlari bormi, har yerga mum shamlar- ni qadayverdi; birpasda butxona charog‘on bo‘lib ketdi. Faqat butxonaning yuqori ship tomoni qorong‘iligicha qoldi, tillasi unda-bunda qolgan qadimgi o‘ymakori zarhal chor cho‘plardagi su- ratlar ho‘mrayishib qaragandek edilar. Tobutga yaqinroq kelib, qo‘rqa-pisa sekin o‘likning yuzi- ga baqraygancha qoldi, chunki qizning husniga toqat qilib bo‘lmas edi. Yuzini o‘girib, o‘zini nariroq olmoqchi bo‘ldi-ku, ammo birov vasvasa qilgandek allaqanday g‘alati bo‘ldi, xususan, odamni vahima bosganda kishi- ning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushib, beixtiyor bo‘lib qoladi-ku, unda ana shunday holat ro‘y berib qayrilib qaradi, keyin boyagiday badani uvishib, yana bir marta ko‘z tashladi. Darvoqe, o‘likning nihoyat darajada ko‘hlikligi vahimali ko‘rindi. Agar ozroq xunuk bo‘lgandayam munchalik vahi- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling