Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
224
Nikolay Gogol o‘chib, cho‘qinib olgach, xonish qila boshla gan edi, yuragi ozroq daldalandi, sharillatib o‘qiy verdi. Kitobning varaqlari ketma-ketiga ochilaverdi. Hamma yoq jimjit turgan paytda, to‘satdan tobutning temir qopqog‘i qarsillab sindi-yu, o‘lik o‘rnidan turib kelaverdi. Bu safar u battar vahi- maliroq. Tishlari bir-biriga tegib shaqillab, lablari dir-dir tutrab, jodusidan shovqin-suron, to‘po- lon ko‘tarildi. Butxonada shamol turib, butlar yiqilaverdi, derazalarning oynalari sinib tusha- verdi. Eshiklar oshiq-moshig‘idan sug‘urilib, dahshatli jinlardan allaqanchasi Xudoning uy- iga yig‘ildi. Qanot va tirmashgan tirnoqlarning tovushi butxonani bosdi. Nimaiki bor hammasi izg‘ishib, falsafashunosni qidirar edi. Xomaning kayfidan asar qolmay, hushyor bo‘lib qoldi. Yakkash cho‘qinib, og‘ziga kelgan duoni o‘qiyverdi, ajina bo‘lsa, uning atrofida charx urib aylanib yurar, palid dumi va qanotining uchi unga tegib ham ketar, ammo bularga tuzukroq qarab, nimaligini bilishga falsafashunosda yurak yo‘q edi. Xuddi soch va tuklari to‘qay bo‘lib ket- gan kattakon vahimali bir narsa devorga yopishib olibdi. Sochlari orasidan ikkita vahimali ko‘z, qoshlarini keribroq qarab turar edi. Chaqchayib turgan nishga o‘xshagan bir necha ming six va nayzalar har tarafga chiqib, qop-qora kesaklar ularga ilinib turar edi. Bularning barisi Xomaga tikilib, uni qidirar, lekin sehr qilingan chiziq bor uchun uni ko‘rolmas edilar. – Viyni keltiringlar, boringlar, Viyni chaqiring- lar! – degan ovoz chiqdi o‘likdan. Shu onda butxona jimjit bo‘lib qoldi. Olisda bo‘ri uvilladi, keyin butxonada birovning yurgani 225 Taras Bulba eshitildi. Xoma ko‘zining qiri bilan boqib edi, qara- sa, pak-pakana, dum-duma loq, oyoqlari maymoq bir odamni yetaklab kelyaptilar. A’zoyi badani qop-qora; tuproqqa belangan, qo‘l-oyoqlari irg‘ib chiqqan baquvvat tomirga o‘xshar edi. Pakana odam har onda ketiga bir chiranib, tixirlik qilib, tap-tap etib kelar, qovoqlari yergacha osilib tush- gan; yuzi temirdanligini ko‘rib, Xomaning quti o‘chib ketdi. Uni qo‘ltig‘idan ushlab, xuddi Xoma turgan joyga keltirib qo‘ydilar. – Qovog‘imni ko‘tarib qo‘yinglar, ko‘rolmayap- man, – dedi Viy, yer qa’ridan chiqqandek ovoz bi- lan. Behisob jinlarning barisi birdaniga yopishib, uning qovog‘ini ko‘tarib qo‘ydilar. Allaqayoqdan – g‘oyibdan kelgan ovoz: «Qarama!» desa ham, fal- safashunos sabr qilolmay qaradi. – Ana! – deb qichqirdi Viy va temir barmog‘ini six qilib ko‘rsatdi. Jinlarning hammasi falsafashu- nosga yopisha ketdilar. Xoma nafasi uzilib yiqil- di, vahimasidan joni chiqib ketdi. Shu onda xo‘roz qichqirdi; avval ham bir qich- qirgan edi. Xo‘roz tovushini hammadan avval jinlar eshitib, qo‘rqqanidan hammasi har yoqqa to‘zib qochishdi. Har qaysisi tezroq qochmoqchi bo‘lib, biri eshikka, biri derazaga o‘zini urdi. Bi- roq qocholmasdan eshik va derazaga yopishgan- cha qoldilar. Keyin pop kelganda, Xudoning uyini bunday iflos bo‘lganini ko‘rib, kapalagi uchib, falokat tekkan bunday yerda janoza o‘qishga ja- sorati yetmadi. Butxona shu palid bo‘lganicha abadiy qoldi, eshik va derazalariga yopishgan jin- lar shu zaylda qoldilar, butxonani o‘t va tikanak bosib, odam oyoq bosmaydigan chakalakzor, vayronaga aylandi. 226 Nikolay Gogol Bu voqeaning xabari Kiyevga eshitilib, falsa- fashunosning taqdiri dinshunos Xalyavaga ham ma’lum bo‘lganda, hayron bo‘lib bir soatcha o‘ylanib qoldi. Hov o‘shandan beri Xalyavaning turmushida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib, uning toleyi balandlik qildi. Maktabni bitirib chiqqach, uni eng baland jomxonaga zang uruvchi etib ta yinladilar. Butxonaning jom chaladigan mi- norasiga chiqadigan taxta zina juda omonat qilin- ganidan u doim qashqa bo‘lib yurar edi. Allaqachon faylasuflik darajasiga mingan va mo‘ylovi sabza bo‘lib qolgan Tiberiy Gorobets bir kun Xalyavaning qoshiga kelib: – Xomaning voqeasini eshitdingmi? – dedi. Zang uruvchi Xalyava: – Xudoning amri shu bo‘pti, yur araqxonaga, uning arvohini bir xushnud qilaylik! – dedi. Haqini obdan tanib, ichkilikka ishtiyoqi baland- ligidan, kiygan to‘ni bilan shalvari u yon tursin, hatto boshidagi bosh kiyimidan ham araq va ta- maki hidi kelib turgan yosh faylasuf darrov ko‘na qoldi. Araqxonaning oqsoq egasi ular oldiga uchin- chi marta araq va may keltirib qo‘yganida, zang uruv chi Xalyava: – Yaxshi odam edi Xoma! Asil odam edi, bekor- ga nobud bo‘lib ketdi! – dedi. – Nega bunday nobud bo‘lganini bilaman, qo‘rqqanidan o‘lgan. Agar qo‘rqmasa, ajina hech daxl qilolmas edi. Cho‘qinib olib, ajinaning naq dumiga bir marta tupurmoq kerak, shunda hech ziyon-zahmat yetkazolmaydi, buni obdan bilib oldim. Kiyevning bozorida yurgan xotinlarning barisi ajina-da, axir! 227 Taras Bulba Xalyava uning bu gapini ma’qullagan ishora- sini qilib, boshini qimirlatib qo‘ydi. Ammo tili tutilib, juda g‘uldirab qolganini fahmladi, shekilli, sekingina o‘rnidan turib, gandiraklaganicha hov bir chekkadagi o‘t ichiga kirib berkinib oldi. Bi roq eski odatini unutmay, tokchada yotgan ko‘hna etik charmini qulay qilib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling