Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
238
Nikolay Gogol – Onajon, u nima? – Ko‘rib turibsiz-ku, miltiq. – Qanday miltiq? – Kim bilsin qandayligini? O‘zimniki bo‘lsa, ni- madan yasalganini bilardim, lekin xo‘jayinniki. Ivan Ivanovich o‘rnidan turib, miltiqni tomo- sha qila boshladi va miltiqni qilich bilan birga shamol latgani olib chiqqani uchun kampirni koyimoqchi bo‘lganini ham unutdi. Kampir yana so‘z qotib: – O‘zi temirdan bo‘lsa, ajab emas, – dedi. Ivan Ivanovich o‘zicha shivirlab: «Hm! Temirdan, nega temirdan ekan?» – deb qo‘ydi-da, keyin yana: – Qanchadan beri bu miltiq xo‘jayinnikida? – deb so‘radi. – Anchadan beri, shekilli. – Yaxshi narsa, – deb davom etdi Ivan Iva- novich. – Unga nima darkori bor? Men iloj qilib so‘rab olaman yoki bir narsaga alishaman. Kam- pir, xo‘jayin uydami? – Uyda! – Nima qilyapti? Yotibdimi? – Yotibdi! – Xo‘p, uning oldiga kiraman. Ivan Ivanovich kiyindi. Mirgorod ko‘chalarida odamdan ko‘ra it ko‘proq bo‘lganidan, qo‘liga bu- toqlik so‘yilini olib yo‘lga tushdi. Ivan Nikiforovichning hovlisi Ivan Ivanovich- nikiga qo‘shni bo‘lib, o‘rtada faqat chetan devor bo‘lsa ham, Ivan Ivanovich devordan tushmay, ko‘chadan bordi. Bu ko‘chadan chiqqach, yana bir tor ko‘cha bor edi; bu ko‘cha shunday tor edi- ki, ikkita bir otliq arava duch kelib qolsa, ara- 239 Taras Bulba valarni orqa g‘ildiragidan tortib, ketiga tislantirib ko‘chaga chiqarmaguncha, o‘tolmas edilar. Biroz piyoda o‘tguday bo‘lsa, tor ko‘chaning ikki tarafi- da devor tagida o‘sgan tikanlar etagiga ilashardi. Bir tomondan Ivan Ivanovichning saroyi, ikkinchi tomondan Ivan Nikiforo vichning ombori, darvoza- si va kaptarxonasi shu tor ko‘chaga chiqar edi. Ivan Ivanovich darvoza tagiga kelib, zanjirini qoqishi bilan, ichkaridagi itlar vovillashdi, lekin kirgan odamning tanish ekanligini ko‘rgach, itlar galalashib, dumlarini likillatib, orqalariga qayt- dilar. Ivan Ivanovich hovli sahnidan ham o‘tdi; hovlida Ivan Nikiforovichning o‘z qo‘lidan don yeydigan hind kaptarlari o‘ynashar, tarvuz va qovun po‘choqlari, ba’zan sabzavot va ba’zan siniq g‘ildiraklar, bochka belbog‘lari yotar, kir ko‘ylakli bir bola yerda, tuproqqa belanib yotar edi; xullas, rassomlar yaxshi ko‘radigan bir manzara, arqon- ga yoyilgan kiyimlarning ko‘lankasi hovli sahniga tushib, salqin qilar edi. Kampir ta’zim bilan uni kutib oldi va esnagach, baqraygancha turib qoldi. Zina tepasidagi ikki ustunga qo‘ndirilgan soyabon uyning ziynati edi, lekin u bu faslda Malo rossiyada hazilakam isimaydigan, piyoda yo‘lga tushgan har kimning boshini misdek qizitadigan oftob qizig‘idan saqlamas edi. Faqat kechqurunlari sayrga chiqa- digan Ivan Ivanovich o‘z odatiga xilof qilib bunday jaziramada ko‘chaga chiqqanidan miltiqqa uning qanchalik ishqi tushganligini bilavering. Ivan Ivanovichning kirgan uyi juda qorong‘i edi, negaki deraza darpardalari berk, darpardalar- ning kichkina yorug‘idan kirgan oftob shu’la- si osmondagi kamalakdek tovlanar va shu’lasi ro‘paradagi devorga tushib, rang-barang lavhalar 240 Nikolay Gogol chizar edi ham qamish tomlar, daraxtlar, hov- lida osilgan kiyimlarning aksini ko‘rsatar, shu sababdan uyning ichi allaqanday chiroyli bo‘lib, g‘ira-shira ko‘rinar edi. – Xudoyo tavba, o‘zing asragin! – dedi Ivan Iva- novich. – Ey, assalom-u alaykum, Ivan Ivanovich! – degan ovoz keldi uyning bir burchagidan. Shun- dan so‘nggina Ivan Ivanovichning ko‘zi yerda, gi- lam ustida yotgan Ivan Nikiforovichga tushdi. – Huzuringizda yalang‘och turganim uchun kechi- ring. – Darvoqe, Ivan Nikiforovich g‘irt yalang‘och yotar, hatto ko‘ylagi ham yo‘q edi. – Zarari yo‘q, bugun uxladingizmi, Ivan Niki- forovich? – Ha, uxladim. Siz uxladingizmi, Ivan Iva- novich? – Ha, uxladim. – Bo‘lmasa, endi turdingizmi? – Meni aytasizmi endi turding deb? Xudo yor- laqasin sizni, Ivan Nikiforovich? Shu vaqtgacha uxlab bo‘ladimi, men qo‘rg‘ondan endigina kel- dim. Yo‘lda arpa-bug‘doylarni ko‘rdim, xo‘b bitib- di! O‘tlar ham baland, barradek, serdon! Ivan Nikiforovich Gorpinani chaqirib: – Ivan Ivanovichga araq va qaymoq bilan som- sa olib kel! – deb buyurdi. – Bugun kun joyida. – Maqtamang, Ivan Ivanovich. Kuni qursin, do‘zax-ku! Shayton urgan kun! Issiqdan qayerga qochishingni bilmaysan! – Ey, Ivan Nikiforovich, shaytonni tilga olma- sangiz bo‘lmaydi-da! Ko‘rarsiz, bir kun pushay- mon qilasiz, – lekin foydasi bo‘lmaydi, bu shay- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling