Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

264
Nikolay Gogol
va buning ustiga hammasidan battari – nomimga 
erkak g‘oz degan nomni razolat va haqorat yo‘sin-
da qo‘shilganidan mazkurni jarima bermoqqa va 
ham yetkazgan zararni to‘lamoqqa hukm qilgay-
siz va yomonlik qilganligi sababidan o‘zini ki-
shanga solib, bandi qilib, shahar qamoqxonasiga 
yuborgaysiz va ushbu arizam yuzasidan darhol 
chora ko‘rgaysiz. Qalam tebratuvchi va yozuvchi 
Mirgorod shahri ning asilzoda mulkdor boylari-
dan Ivan, Ivan o‘g‘li Pere repenkodirman».
Ariza o‘qilib bo‘lgach, sudya Ivan Ivanovich-
ning yoniga kelib tugmasidan ushlab, taxminan 
shu zaylda gap boshladi: 
– Nima qilganingiz bu, Ivan Ivanovich? Xudodan 
qo‘rqing. Keching bu arizangizdan, shaytonga na-
sib qilsin u. Qaytaga Ivan Nikiforovich bilan qo‘l 
berib ko‘rishing, oliy sifat may toping, juda bo‘lma-
sa osongina sharob tayyorlang, meni chaqiring, 
birga-birga ichaylik va adovatni tashlaylik!
– Yo‘q, Demyan Demyanavich! Bu unaqa siz 
aytgan ishlardan emas, – dedi Ivan Ivanovich, 
hamma vaqt o‘ziga yarashgan kerilmachog‘lik bi-
lan. – Bu murosa bilan bitadigan ish emas. Xayr, 
xayr endi, afandilar, – dedi haligidek savlat bi-
lan, hozir bo‘lganlarning hammasi bilan xayrla-
shib. – Arizam oqibatsiz qolmas, amal qilsa kerak 
deb umid qilaman. – U hammani hayron qoldirib 
chiqib ketdi.
Sudya o‘tirgan joyida indamay sukut qilib qol-
di. Kotib burnaki hidladi, mahkamadagilar si-
yohdon o‘rniga ishlatilayotgan shisha idishni 
ag‘darib yubordilar va sudyaning o‘zi ham pari-
shonlikdan qog‘ozga to‘kilgan siyohdan ko‘z uz-
may qoldi.


265
Taras Bulba
Biroz jimlikdan so‘ng sudya:
– Siz nima deysiz bu to‘g‘rida, Dorofiy Trofi-
movich? – deb so‘radi noibidan.
Hech narsa deyolmayman, – dedi noibi.
– Shunaqa ham ishlar bo‘lar ekan, – dedi 
sudya.
U bu gapni aytar-aytmas, eshik g‘irchillab, 
Ivan Nikiforovichning boshi bilan to‘shi ichkarida 
ko‘rindi; gavdasining qolgan qismi hali dahlizda 
edi. Ivan Nikiforovichning birdan kelib qolishi, 
yana tag‘in sud mahkamasiga kelishi bu yerda-
gilarni juda ajablantirdi, hatto sudya qichqirib 
yubordi, kotib o‘qishni bas qildi, kalta frakka 
o‘xshagan kamzul kiygan bir mirza po‘lat qala-
mini og‘ziga tiqqanicha ag‘rayib qoldi, yana biri 
og‘ziga qo‘ngan pashshani yutib yubordi. Xat 
tashuvchi va darvozabon vazifasini bajaruvchi, 
yelkasi yamoq iflos ko‘ylagi bilan eshik oldida 
qashinib turgan cho‘loq ham ag‘rayganidan al-
lakimning oyog‘ini bosib oldi.
– Ey, qanday shamol uchirdi? Qalaysiz, sog‘-sa-
lomat bormisiz, Ivan Nikiforovich?
Lekin Ivan Nikiforovichning na o‘lik va na ti-
rik ekani bilinmas, eshik orasiga tikilib qolib na 
bu yoqqa kira olar, na u yoqqa chiqa olar edi. 
Sudya dahlizdagilardan birovga: «Uni ichkari-
ga itarib yuborgin», – deb har qancha qichqirsa 
ham bo‘lmadi, chunki u tomonda arzga kelgan 
bir kampirdan boshqa hech kim yo‘q edi va bu 
kampir qurigan-qurishgan qo‘llari bilan nima qila 
olar edi. So‘ng labi do‘rdaygan, burni cho‘mich-
dek, g‘ilay ko‘zlaridan mastligi bilinib turgan, tir-
sagi yirtiq bir mirza Ivan Nikiforovichning oldiga 
borib, ikki qo‘lini ko‘ksiga qovushtirib qo‘ygach, 


266
Nikolay Gogol
boyagi mo‘ysafid cho‘loqqa imo qildi. Cho‘loq tiz-
zasini Ivan Nikiforovichning qorniga tirab itardi 
va uning voy-voylashiga qaramay, itarib, aloha, 
dahlizga chiqardilar. Keyin eshikning zulfinini 
chiqarib, ikkinchi tabaqasini ham ochdilar. Mir-
za bilan uning yordamchisi cho‘loq nihoyatda 
zo‘riqqanlaridan chiqqan hovur mahkamaxonani 
birpas araqxonaga aylantirib yubordi.
– Biror joyingiz mayib bo‘lmadimi, Ivan Nikiforo-
vich? Volidamga aytay, sizga bir dori yuboradi, be-
lingiz bilan orqangizga surting, darrov tuzalasiz.
Lekin Ivan Nikiforovich kirgani hamon o‘zini 
kursiga tashladi va cho‘zib voy-voylashdan bosh-
qa narsa deyolmadi. Nihoyat, holsizlik orqasida 
zo‘rg‘a-zo‘rga chiqqan ovoz bilan:
– Marhamat qilmaydilarmi? – dedi va 
cho‘ntagidan burnaki qutisini olib yana: – oling, 
marhamat qiling! – dedi.
– Sizni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim, bizning 
huzurimizga to‘satdan kelib qolib xo‘b xursand 
qildingiz, lekin bu qadam ranjidalarining sababi-
ni bilolmasdan hayronman, – dedi sudya.
– Iltimos bilan... – dedi-yu, boshqa hech narsa 
deyolmadi Ivan Nikiforovich.
Iltimos bilan, qanday iltimos?
– Da’vo bilan... – dedi-yu, nafasi tiqilib, bir-
pasgacha so‘zlayolmadi. – Voy... Muttaham!... 
Ivan Ivanovich Pererepenko ustidan da’vogarman.
– Ana xolos! Siz hammi? Shunday qalin do‘st-
lar-a, shunday saxovatli odamlar-a!..
Ivan Nikiforovich hansirab:
– Iblisning o‘zi u, – dedi.
Sudya cho‘qinib oldi.
– Arizani oling, o‘qing!



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling