Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

273
Taras Bulba
badani larzaga kelib, bezgak tutganday qaltiray 
boshladi va o‘z odati bo‘yicha:
– Nimasi zarur bo‘lipti, shunchalik zarur ish-
mi? – deb so‘radi darrov.
– Mana, marhamat qiling, ko‘ring, valine’ma-
tim va aziz do‘stim Ivan Ivanovich, avvalo xafa 
bo‘lmasangiz aytay, siz mening tomonimdan 
bo‘lsa, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, menga baribir, le-
kin hukumatning amrini bajo keltirish kerak, hu-
kumatning amri shuni talab qiladi; siz izzat-hur-
mat qoidasini buzdingiz!
– Pyotr Fyodorovich, gapingizning ma’nosini 
uqolmadim?
– Hurmatli Ivan Ivanovich! Nega uqolmadim 
deysiz! O‘zingizga qarashli hayvoningiz nihoyatda 
muhim podsholik qog‘ozini olib qochibdi-yu, siz 
tag‘in hech narsa uqmadim deysiz!
– Qanaqa hayvon u?
– Ijozatingiz bo‘lsa aytaman, qora echkingiz.
– Menda nima ayb? Sudning darvozaboni 
eshikni nega ochadi!
– Ammo, Ivan Ivanovich, hayvon sizniki, bas, 
ayb sizda.
– Meni bir hayvonga teng qilganingiz uchun 
sizga tashakkurimni bildiraman.
– Hoy, Ivan Ivanovich, men sizga bunday dega-
nim yo‘q, azbaroyi Xudo, deganim yo‘q! O‘zin-
giz insof bilan ayting; ulug‘larning farmoyishiga 
muvofiq, ko‘chalarda, xususan, shaharning kat-
ta ko‘chalarida nopok hayvonlarning yurishlari 
mandir, buni siz beshak-beshubha yaxshi bilasiz. 
O‘zingiz ayting, bunday ish qonunga xilof emasmi?
– Bilmayman nima deyapsiz? Echki ko‘chaga 
chiqsa nima qilipti?


274
Nikolay Gogol
– Shoshmang, shoshmang, men sizga aytsam, 
Ivan Ivanovich, qat’iyan mumkin emas. Bizning 
qo‘limizdan nima keladi, ulug‘larning xohishi shu 
ekan, bo‘ysunmoq kerak. Gohida tovuq va g‘ozlar 
darvoqe, ko‘chaga, hatto bozor joyga ham chiqa-
dilar, ammo shoxli echki, qo‘y-qo‘zilarni xaloyiq 
to‘planadigan joyga qo‘ymaslik to‘g‘risida o‘tgan yili 
buyruq bergan edim va xaloyiqni to‘plab, bu buyruq 
o‘qib be rilsin, deb o‘sha vaqtda buyurgan edim.
– Yo‘q, Pyotr Fyodorovich, bu gaplardan murod 
menga faqat ozor yetkazmoqdir.
– Valine’matim va aziz do‘stim, harne desangiz 
deng, lekin muroding menga ozor yetkazish deya 
olmaysiz. Esingizga oling, o‘tgan yili tomingizni 
yopganingizda, hammaga joriy qilingan o‘lchov-
dan biroz baland yopganingizda og‘iz ochib, bir 
so‘z aytmadim. Qaytaga o‘zimni bilmaganga solib 
ketdim. Aziz do‘stim. Imoningiz komil bo‘lsinki, 
bu gal ham haligi... Lekin bo‘ynimdagi vazifam, 
xullas shuki, shaharning tozaligiga qarab tur-
mog‘im kerak. O‘zingiz andisha qiling, shahar-
ning katta ko‘chasiga birdan...
Shaharingizning katta ko‘chalari xo‘b yax-
shi-da! Xotin-xalajlar keraksiz, tashlandi narsa-
lari borki, hammasini shu ko‘chaga chiqarib 
tashlaydilar.
– Ivan Ivanovich, xafa bo‘lmasangiz aytay-
ki, men sizga emas, siz menga ozor yetkazyap-
siz! To‘g‘ri, gohida tashlaydilar, ammo ko‘pincha 
devorlar, saroy va omborlar tagiga tashlaydilar, 
nayinki katta echki katta ko‘chaga va chorsiga 
chiqib yursin, bu shunday ishki...
– Pyotr Fyodorovich, nima bo‘lipti, echki ham 
Xudoning maxluqi!


275
Taras Bulba
– Xo‘p. Sizning ulamo kishi ekaningizni butun 
olam biladi. Albatta, men hech qanday ilm o‘qigan 
emasman, xat yozishni o‘ttiz yoshga kirganimda 
o‘rgandim. Askardan chiqqan odam ekanimni 
o‘zingiz ham bilasiz.
Ivan Ivanovich: «Hm», – deb qo‘ydi.
Hokim yana so‘z qotib:
– Ha, ming sakkiz yuz birinchi yilda qirq ik-
kinchi tirandozlar polkining 4-rotasida poruchik 
edim. Agar bilsangiz, rota komandiri kapitan 
Yeremeyev edi, – dedi.
Ivan Ivanovich tamaki qutisini ochib, tamaki-
sini uqalab turgan edi, hokim gapini tamomlab, 
barmog‘ini qutiga tiqdi.
Ivan Ivanovich yana: «Hm», – deb qo‘ydi.
Hokim yana so‘z boshlab:
– Hukumut amriga itoat qilish vazifamdir. Ivan 
Ivanovich, bilasizki, sud mahkamasidan podsho-
lik qog‘ozini o‘g‘irlagan odam jinoyatkorlar qatori-
da jazoga tortiladi, – dedi.
– Bilaman, lozim bo‘lsa, sizga ham o‘rga tib 
qo‘yaman. Bu so‘zlar odamlarga taalluqlidir, chu-
nonchi, qog‘ozni siz o‘g‘irlagan bo‘lsangiz, ammo 
echki hayvondir, Xudoning bir maxluqidir.
– Ma’qul, ammo qonunda «o‘g‘irlagan» de yilgan... 
yaxshi diqqat qilishingizni so‘rayman, o‘g‘irla gan 
deyilgan, xolos; na jinsi, na nasabi va na navi aytil-
gan, binobarin, hayvon ham aybdor qatoriga ki-
radi. Ixtiyor sizda, ammo hayvonni jazoga tortib, 
hukm chiqarishdan avval tartib buzuvchi bo‘lgani-
dan uni mirshabxonaga eltmoq kerak.
Ivan Ivanovich parvo qilmay:
– Yo‘q, Pyotr Fyodorovich! Bunga yo‘l qo‘ymay-
man! – dedi


276
Nikolay Gogol
– Ixtiyor sizda. Lekin men kattalarning amrini 
bajo keltirmog‘im kerak.
– Siz meni qo‘rqitmoqchimisiz? Qo‘lsiz cho‘loq 
zobitingizni yuborib, olib ketmoqchimisiz? Xiz-
matkor xotinga buyurib qo‘yaman, kelsa kosov 
bilan urib haydaydi. Sog‘ qo‘li ham cho‘loq bo‘ladi
– Siz bilan janjallashib o‘tirishga tobim yo‘q. 
Agar echkingizni politsiyaxonaga topshirishni 
istamasangiz, bilganingizni qiling. Basharti, uni 
so‘yib tandir kabob qilsangiz, bir juftini menga 
yuboring. Oqsochingiz Gapka echkining yog‘lik-
kina go‘shtidan mazali tandir kabob qiladi-ku, 
shundan yuboring, xotinim Agrafena Trofimovna 
uning tandir kabobini juda yaxshi ko‘radi.
– Tandir kabob desangiz, bir lagan yuboraman.
– Valine’matim va aziz do‘stim, sizdan min-
natdorman, endi ruxsat bo‘lsa, yana bir so‘zim 
bor, aytay: sudya va jamiki oshna-og‘aynilarimiz 
sizni do‘stingiz Ivan Nikiforovich bilan yarashtirib 
qo‘yishni menga topshirdilar.
– Nima! Johil bilan-a! Unday qo‘rs bilan yara-
shaymi! Aslo! Hech yarashmayman! – dedi Ivan 
Ivanovich. Uning juda o‘jarligi tutib turgan edi.
Hokim burnaki otib turib dedi:
– Bilganingizni qiling. Men sizga maslahat 
berolmayman, shunday bo‘lsa ham, aytamanki, 
hozir-ku orangizga nizo tushibdi, ammo yarash-
ganingizdan keyin...
Ivan Ivanovichning shunday bir odati bor edi-
ki, qachonki gapni bas qilmoqchi bo‘lsa, darrov 
bedana ovidan gap ochar edi.
Shunday qilib, hokim muddaosiga yetolmay, 
noiloj yo‘liga qaytdi.


277
Taras Bulba

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling