Kbk: 84(Ros-Rus)


VI BOB Bu bobning bayonini o‘quvchi uning mazmu­


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

VI BOB
Bu bobning bayonini o‘quvchi uning mazmu­
nidan bilaveradi
Suddagilar bu voqeani har qancha yashirmoq chi 
bo‘lsalar ham, Ivan Ivanovichning echkisi Ivan Ni-
kiforovichning arizasini olib qochgani ertasigayoq 
butun Mirgorodga ma’lum bo‘ldi. Bu gapni, avvalo, 
hokimning o‘zi bexosdan aytib qo‘ydi. Voqeani Ivan 
Nikiforovichga aytganlarida, u kishi hech narsa de-
masdan: «Qora echkimasmi?» – deb so‘radi, xolos.
Lekin shu payt bunda hozir bo‘lgan Agafiya 
Fedoseyevna Ivan Nikiforovichga dag‘dag‘a qilib, 
koyib ketdi:
– Endi kim bo‘lding, Ivan Nikiforovich? Agar 
bo‘sh kelsang, hamma seni ahmoq deb mas-
xara qiladi! Bunday isnoddan keyin asilzodali-
ging qoladimi! Qandolatni yaxshi ko‘rarding, endi 
qan dolatfurush xotinlardan battar odam bo‘lib 
qolasan.
Qaqajon xotin aloha uni ko‘ndirdi. Afti xunuk, 
kir-mog‘or ko‘k kamzulining tirsagiga yamoq 
tushgan, o‘rta yoshli, siyoh yalagan isqirt bir 
odamni topdi. Uning allaqayerdan topgan bu 
odami etigini qora moy bilan moylab olgan edi 
va har qulog‘iga uchtadan qalam qistirgan, bir 
shishani siyohdon qilib bog‘ich bilan tugmasiga 
osib olgan, bir o‘tirganda to‘qqizta somsani be-
malol yeb va yana bittasini cho‘ntagiga urar edi; 
bir taxta tamg‘alik qog‘ozga har xil tuhmatlardan 
shuncha sig‘dirar ediki, hech qanday mulla bir 
necha yo‘talmasdan, aksa urmasdan o‘qiy ol-
masdi. Odam siyohi bo‘lmagan bu maxluq ko‘p 
azob va mashaqqat bilan uzoq vaqt yozdi va ko‘p 


278
Nikolay Gogol
urinib, aloha shu mazmunda bir shikoyatnoma 
tayyorladi:
«Mirgorod shahar sudiga asilzodalardan 
bo‘lgan Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxundan.
Bundan muqaddam bergan arizam vaji 
dan, 
menkim asilzodalardan Ivan Nikifor o‘g‘li Dov-
goch xundirman, beraman ushbu arizani az-
baroyi asilzodalardan Ivan, Ivan o‘g‘li Pererepen-
ko ustidan bundan muqaddam berilgan ariza xu-
susida. Ammo mazkur arizani berishning sababi 
bo‘lgani uchun chunonchi bundan muqaddam 
berilmish arizamga Mirgorod shahar sudyasining 
roziligi bo‘lgan edi, ya’ni, shu xususdaki, bundan 
muqaddam arizada bayon etilgan qora echkining 
beodobligi va o‘zboshimcha qilig‘i odamlardan 
maxfiy saqlanar emish va uning axbori boshqa 
odamlardan bizga eshittirilgani xususida sudya 
mahkamasida bo‘lmish mazkur beparvolik, al-
batta, bir yomon niyatdan xoli bo‘lmagani sabab 
uning sudga berilmog‘i lozim zeroki mazkur ech-
ki beaql hayvondir, uning qog‘oz o‘g‘ir lashi aql-
ga sig‘maydi. Mening g‘animim bo‘lgan va o‘zini 
asilzoda hisoblab yurgan Ivan, Ivan o‘g‘li Perere-
penkoning, ya’ni, o‘g‘ri va zo‘ravonlikda va kufr-
likda barchaga ma’lum bo‘lgan mazkur g‘ani-
mim echkini o‘zi o‘rgatib yuborganligi shundan 
ma’lumdir. Lekin mazkur Mirgorod sudyasi xu-
shomadgo‘ylik odati bo‘yicha o‘zi ham bilmay 
maxfiy yo‘l bilan rizolik bergandir, chunki shun-
day bir rizolik bo‘lmasa, ushbu echki hech bir 
vaj bilan qog‘oz o‘g‘irlamoqqa qobil bo‘lmas edi. 
Mirgorod shahar sud mahkamasi xizmatkorlar 
vajidan ko‘p yolchigan. Buning isbotiga bir ko‘zi 
g‘ilay va bir qo‘li cho‘loq bo‘lsa ham, ammo ech-


279
Taras Bulba
kini haydash va uni tayoq bilan urish qobiliya-
ti yetarli bo‘lgan bir zobitning doim eshik tagida 
poylab o‘tirganini ko‘rsatsak kifoyadir. Ushbudan 
aniq ma’lum bo‘ladiki, mazkur Mirgorod sudyasi 
bu ishga o‘zi bosh qo‘shgan, ya’ni, mening g‘ani-
mim gunohiga sherikdir va harom yo‘l bilan topil-
gan foydani o‘rtada taqsim qilganlari beshak va 
begumondir. Mazkur va nomi zikr etilmish o‘zini 
asilzoda deb yurgan muttaham Ivan, Ivan o‘g‘li 
Pererepenko esa bundoq badkorlarga avvaldan 
sherik bo‘lib keldi. Shu sababdan mazkur sha-
har sudyasiga men Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxun 
ushbuning axborot va ma’lumoti uchun ma’lum 
qilamanki, mazkur qora echkidan yoki uning bi-
lan sherik bo‘lgan Pererepenkodan mazkur ariza 
tortib olinmasa, arizaning mazmuni yuzasidan va 
mening foydamga odilona hukm chiqarilmasa, u 
vaqtda menkim asilzodalardan Ivan Nikifor o‘g‘li 
Dovgoch xun sudyaning shu xilda qonunga xilof 
amaliy xusu sida oliy sudga ariza beraman va ish-
ni o‘z yo‘li bilan mazkur joyga ko‘chiraman, deb 
Mirgorodning asilzodalaridan Ivan Nikifor o‘g‘li 
Dovgoch xun bo‘laman».
Bu ariza darrov ta’sir qildi. Har bir ko‘ngil-
chan odam qo‘rqoq bo‘lganidek, sudya ham 
qo‘rqoqlar jumlasidan edi. Sudya kotibiga qara-
di, lekin kotibi og‘zini ochmasdan yo‘g‘on «hm» 
deb qo‘ydi va basharasida ajab bo‘pti degandek 
shunday fitnaning quvlik alomatlari ko‘rindiki, 
birovni vasvasa qilib tuzog‘iga ilintirganda faqat 
iblisning vajohati shunday bo‘lardi. Ikki do‘stni 
yarashtirib qo‘yishdan boshqa chora qolmadi. 
Lekin bu yo‘lda qilingan shuncha tadbirlardan 
murod hosil bo‘lmadi, bas, qanday qilib yarashti-



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling