Kbk: 84(Ros-Rus)


«Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Bog'liq
Taras Bulba

«Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich 
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan 
hikoyat» qissasi
Ushbu oxirgi qissa «Mirgorod» to‘plamining 
yakunidir. U to‘plamga kiruvchi boshqa qis-
salardan oldinroq yozildi va birinchi marotaba 
1834-yilda «Novoselye» almanaxida bosildi.
«Mirgorod» kompozitsiyasida «Ivan Ivanovich 
va Ivan Nikiforovich o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 
o‘tmish janjallaridan hikoyat» qissasining tutgan 
o‘rni alohida ahamiyatga ega. Unda N.V. Gogol 
ijodi ning realistik va satirik o‘xshashliklari an-
cha chuqur namoyon bo‘ldi. Qissadagi satiraning 
obyekti faqat jonajon ikki og‘aynining o‘zigina 
bo‘lib qolmay, balki Mirgorodning davlat masla-
hatchilari hamdir. Gogol ijodining ironik uslu-
bi tufayli biz Mirgorod hayotining ko‘z ilg‘amas 
tomonlari; mansabni, idorani suiiste’mol qilish, 


300
Nikolay Gogol
poraxo‘rlik, o‘g‘irlik, suddagi sansalorlik illatlari-
ni ko‘ra miz. Bularning hammasi soddalik, mu-
loyimlik, ba’zan, hatto qoyil qolish niqobi ostida 
bayon qilinadi.
Bu yerda hukm qilish, qahr-u g‘azab yo‘q. Bu 
yerda ham o‘sha «Dikanka oqshomlari»dagi kabi 
gogolcha usul yaqqol ko‘rinadi. Birinchi nashrida 
qissaga hatto «Rudiy Pankoning bosilmagan sar-
guzashtlaridan biri» deb sarlavha qo‘yilgan edi.
Bu asar odamzod umrining asl mohiyatiga va 
hayotdagi haqiqiy vazifasiga parodiyadir. Gogol 
odamdagi yuksak mas’uliyat burchining muhit, 
sharoit bois buzilishini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. 
Gogol qissani Mirgorod to‘plamiga kiritish uchun 
tahrir qilayotganda senzuradan cho‘chib, kichik 
so‘zboshi yozdi: «Ushbu qissada tasvirlangan vo-
qea eng qadimgi davrga taalluqli ekanligini bildi-
rib qo‘yishni burchim deb hisoblayman. Bu ning 
ustiga u butunlay uydirma. Endigi Mirgorod bu-
tunlay boshqacha. Tuzilishlar boshqacha: shahar 
o‘rtasidagi ko‘lmak allaqachon qurib bitgan va 
barcha lavozimli kishilar sudya, sud yordamchi-
si va shahar hokimi – hurmatli va yaxshi niyatli 
kishilardir»
1
. Gogol bu bilan o‘z asarining beozor 
ekanligini ta’kidlaganday edi.
1
N.V. Gogol. Materiallar va tadqiqotlar, M. – L., 1936, 
22-bet.


MUNDARIJA
Taras Bulba ................................................................ 3
Viy .......................................................................... 173
Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich o‘rtasida 
bo‘lib o‘tgan o‘tmish janjallaridan hikoyat ............... 228
Izohlar .................................................................... 298


Adabiy­badiiy nashr

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling