Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
294
Nikolay Gogol siz, – ota-bobolaridan meros qolgan pullar chiqa- rildi va bu pullar «qalam» ahli baloxo‘rlarning kir qo‘liga o‘tdi. Ish yuqori mahkamaga berildi. Maz- kur mahkamadan da’vo ertaga bartaraf bo‘ladi degan xushxabar kelguncha Ivan Ivanovich uyi- dan chiqmadi. Afsuski, shundan beri mazkur mahkama «ish ertaga bir yoqlik bo‘ladi» deb o‘n yildan beri har kuni bir xabar yuboradi! Bundan besh yilcha muqaddam shu Mirgorod shahriga yo‘lim tushib qoldi. Men safarga bema- hal chiqqan ekanman. Kuz fasli bo‘lib, havo nam, yo‘llar loy, osmonni tuman bosgan vaqt edi. Tin- masdan yoqqan bemaza yog‘ingarchilikdan so‘ng siyrak bo‘lib chiqqan bemahal o‘tlar, mo‘ysafidga sho‘xlik, kampirga gul qanday yarashmasa, bu o‘tlar ham dalalarga shunday yarashmay tu- rar edi. U mahalda havoning noxushligi menga juda yomon ta’sir qilardi: havo xira bo‘lganda ko‘nglim g‘ash tortib zerikardim. Ammo shun- day bo‘lsa ham Mirgorod shahriga yaqinlashib qolganimda yuragim taka-puka bo‘lib qoldi. Yo Ollo, qancha-qancha xotiralar esimga tushdi! Bu shaharni o‘n ikki yildan beri ko‘rganim yo‘q edi! Do‘stlikda mislsiz bo‘lgan ikki zot, ikki qalin do‘st shu yerda turar edilar. Bu orada qancha-qancha mo‘tabar – dongdor kishilar dunyodan o‘tdilar. Sudya Dem yan Demyanavich allaqachon vafot etgan edi. G‘ilay Ivan Ivanovich ham dorilbaqo- ga rihlat qilgan edi. Shaharning katta ko‘chasi- ga kirdim. Har yerda uchiga bir tutam poxol bog‘langan xodalar qadalgan edi, chunki shahar ko‘chalarini tuzatib, yangicha qilmoqda edilar. Bir necha uylar buzilib tashlanib, ularning de- vorlari qo‘nqayib qolgan edi. 295 Taras Bulba Bir kuni hayit edi; chipta soyabon arava mni butxona oldida to‘xtatib, hech kimga payqat- masdan ohista butxonaga kirdim. Ammo, ros- tini aytsam, kelganimni payqaydigan odam yo‘q edi, chunki bu yerda hozircha hech kim yo‘q desa ham bo‘lardi, ibodatini tark qilmaydigan taqvodorlar ham loy-yomg‘irdan qochib kelmab- dilar. Havo xira kunda shamlar allaqanday no- xush ko‘rinar edi; but xonaning qorong‘i jilov- xonasi ham g‘amgin ko‘rinar edi; gardish oynali uzunchoq darchalardan yomg‘ir chak-chak tomar edi... Men o‘zimni sekin bir chekkaga olib, bunda o‘tirgan bir mo‘ysafid choldan: – Malol kelmasa ayting, Ivan Nikiforovich tirik- milar? – deb so‘radim. Shu onda but oldida, yonib turgan sham chi- roq lopillab yonib ketdi va uning shu’lasi to‘ppa- to‘g‘ri yonimda turgan mo‘ysafidning yuziga tushdi. Tikilibroq qarab, u odamning bashara- sini tani ganimda hayratim haddan ortiq oshdi. Bu odam Ivan Nikiforovichning o‘zi ekan! Ammo shunchalik o‘zgaribdiki! – Salomat bormisiz, Ivan Nikiforovich? Juda keksayib qolibsiz! – Ha, qarib qoldim, bugun Poltavadan keldim, – dedi Ivan Nikiforovich. – Nima deyapsiz! Shunday yomon havoda Pol- tavaga bordingizmi? – Nima qilay! Da’vo ishi... Bu gapni eshitganimda beixtiyor uh tortdim. Uh tortganimni Ivan Nikiforovich payqab: – Xotirjam bo‘ling, ish yanagi haftada ko‘ri- lib, mening foydamga hal etilishi xususida aniq xabarim bor, – dedi. 296 Nikolay Gogol Men taajjublanib, yelkamni qisganimcha Ivan Ivanovichdan ham bir xabar olay deb nariroq bordim. Allakim: – Ivan Ivanovich ham shu yerda, – dedi. U yoqqa qarab oriq bir kishiga ko‘zim tushdi; Ivan Ivanovich shunaqa ozib-to‘zib ketibdi-ya. Af- tini ajin bosgan, sochlari oqargan, ammo ustida- gi to‘ni o‘sha-o‘sha edi! Hol-ahvol so‘rashgandan keyin, yuziga yarashgan jilmayishini qilib: – Sizga bir yangi xushxabar aytaymi? – dedi. – Qanday yangi xushxabar? – deb so‘radim men. – Ertaga ishim, albatta, bir yoqlik bo‘ladi, mah- kamadagilar aniq aytdi. Men yana qattiqroq uh tortdim va juda zarur ish bilan borayotganim uchun xayrlashib, tez- roq keta qolay deb, aravaga mindim. Mirgorod- da pochtovoy deb nom chiqargan xarob otlar har gal tuyoqlari loyga tiqilganda quloqqa yoqmagan noxush ovoz chiqarib, sekin yo‘lga tushdilar. Ustiga chipta yopinib olgan juhudning boshiga yomg‘ir chelakdan quygandek quyar edi. Mening ham a’zoyi badanim zax tortib ketdi. Shahardan chiqaverishda posbon turgan qorovulxona ichi- da bir cho‘loq uvadalarini yamab o‘tirar edi, bu qorovulxona ham orqada qolib, yana o‘sha o‘nqir- cho‘nqir dalalar boshlandi; ba’zida ko‘kalamzor, ba’zida taqir qora yerlar o‘taverdi, patlari ho‘l zog‘-u zag‘chalar hamda bir maqomda tinmas- dan quyib turgan yomg‘ir, qop-qora bulut bosgan osmon, yig‘loqi havo. Xullas, janoblar, bu dunyo- ning hech qizig‘i yo‘q ekan! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling