Kbk: 84(Ros-Rus)


V BOB Bu bobda Mirgorod shahridagi ikki hurmat­


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

V BOB
Bu bobda Mirgorod shahridagi ikki hurmat­
li zotning qilgan maslahatlari bayon qilinadi
Ivan Ivanovich uyidagi yumushlardan bo‘shab, 
doimiy odaticha, picha cho‘zilmoq uchun endigi-
na ayvonga chiqqan ediki, eshik tomondan bir 
narsa qizarib ko‘rindi, uni taajjubga solib qo‘ydi. 
U narsa shahar hokimining yengi uchiga tikilgan 
qizil qaytarmasi bo‘lib, yoqasi singari bu yengi 
ham ishqalanaverib qayishdek yiltirab ketgandi. 
Ivan Ivanovich o‘zicha o‘yladi. Pyotr Fyodorovich-
ning gaplashib o‘tirganini va qo‘llarini silkib-
silkib juda shitob bilan kelganini ko‘rgach, hay-
ron bo‘ldi, chunki hokim bu xilda ahyon-ahyonda 
shoshib yurmasa, tez yurish unga odat emas edi.
Hokimning mundirida sakkizta tugmasi bor 
edi, to‘qqizinchi tugmasi bundan ikki yil burun 
butxonada bo‘lgan bir marosim chog‘ida uzilib 
tushgan va yo‘qolgan edi, shundan beri ellik-
boshilar har qancha qidirsalar va shahar bosh-
lig‘i har kuni aminlardan raport olganida: «Tug-


271
Taras Bulba
ma topilmadimi?» – deb doim so‘rab tursa ham
tugma haligacha topilgani yo‘q. Sakkiz tugmasi 
xotinlar ekkan loviyadek, biri chapga, biri o‘ng-
ga qadalgan edi. Hokimning chap oyog‘iga oxir-
gi urushda o‘q tekkanligidan, yurganda oyog‘ini 
shunday tashlar ediki, o‘ng oyog‘ining hamma 
mehnati bekorga ketar edi. Hokim oyog‘ini qan-
cha tez qimirlatsa, shuncha orqaga qarab ketar 
edi. Shu tufaylidan hokim ayvonga yetib borgun-
cha ancha vaqt o‘tib, Ivan Ivanovich hokimning 
qo‘llarini bunday silkitib ketayotganligining saba-
bi to‘g‘risida bir qancha nari-beri xayollarga bor-
di. Buning ustiga, hokimning yonida, hatto yangi 
qilichchasi ham borligini ko‘rib, yanada ko‘proq 
hayron qoldi.
Yuqorida aytganimizdek, har narsaga qiziqsinib 
qaraydigan Ivan Ivanovich hokimning ko‘p ma-
shaqqat bilan zinaga zo‘rg‘a chiqib kelayotg‘anini 
va bir ko‘targanda zinadan zinaga darrov chiqa 
olmay, xit qilayotgan oyog‘i bilan aytishib, yerga 
qarab kelayotganini ko‘rgach, sabr qilolmay:
– Assalomu alaykum, Pyotr Fyodorovich, – deb 
so‘rashdi.
Shahar hokimi javobida:
– Qadrdon do‘stim, valine’matim, Ivan Ivano-
vich ga xushvaqtlik tilayman, – dedi.
– Marhamat qilib o‘tiring, aftidan, ancha char-
chaganga o‘xshaysiz, zeroki oqsoq oyog‘ingiz ko‘p 
qiynabdi...
Shahar hokimi, novcha odam – pakanaga, 
bilimdon odam – raqs muallimiga qaragandek 
nazar bilan Ivan Ivanovichga qarab:
– Oyog‘im qursin, – dedi va bu qarashida 
oyog‘ini cho‘zib, bir depsinib qo‘ydi. Ammo uning 


272
Nikolay Gogol
botirlik ko‘rsatmoqchi bo‘lib qilgan bu harakati 
qaltis bo‘ldi, chunki o‘zi gandiraklab ketdi, tum-
shug‘i zinaning panjarasiga tegdi, lekin hokim 
quvlik qilib, sir bermasdan darrov o‘zini rost-
lab olib, go‘yo tamaki qutisini olmoqchi bo‘lgan-
dek, qo‘lini kissasiga soldi. – Qadrli do‘stim, va-
line’matim, Ivan Ivanovich, men sizga aytsam 
umrimda shunday urushlarni ko‘rganmanki, 
asti qo‘yave ring. Hazil emas, rost. Masalan, ming 
sakkiz yuz yettinchi yildagi urushda... Ey, men 
sizga bir nozanin nemis xotinning uyiga devori-
dan oshib tushganimni aytib beray. – Bu o‘rinda 
hokim bir ko‘zini qisib, ayyorona va makkorona 
iljayib qo‘ydi.
Ivan Ivanovich hokimni bu xil so‘zlardan 
to‘xtatmoqchi va tezroq kelishining sabablarini 
bilmoqchi bo‘lib;
– Bugun qayerda edingiz? – deb so‘radi Ivan 
Ivanovich hokimdan. «Menga nima gapingiz bor», 
deb so‘ragisi ham keldi, lekin odob va muoma-
laning nozik tomonlarini yaxshi bilganidan bun-
day savolning chakkiligini darrov payqadi va 
sabr-toqat qilib, gapning muammosi yechilishini 
kutdi, ammo yuragiga g‘ulg‘ula tushib, yuragi ta-
ka-puka edi.
– Xo‘p bo‘ladi, qayerga borganimni aytib be-
ray, – dedi hokim. – Avvalo, shuni aytayki, bugun 
juda yaxshi vaqt...
Bu so‘zni eshitganda Ivan Ivanovich o‘takasi 
yorilguday bo‘ldi.
– Lekin shoshmang, bugun men huzuringizga 
zarur bir ish bilan keldim, – dedi hokim.
Uning yuzi boya zinaga chiqib kelayotgan-
dagidek tajang bo‘ldi. Ivan Ivanovichning a’zoyi 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling