Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

176
Nikolay Gogol
da hordiq chiqarardilar. Shu paytda darsxona-
ga kirib qolgan proofessor, o‘zi ham bir vaqtlar 
shunday janglarda qatnashganidan talabalar-
ning qip-qizil basharalarini ko‘ra solib, hazilakam 
jang bo‘lmaganini darrov fahmlar edi. Bir yoqda 
bir professor tilshunoslardan birini darra bilan 
savalab tursa, boshqa biri falsafa shunoslardan 
birini taxtakach bilan qo‘liga urardi. Dinshunos-
larga boshqacharoq muomala qilinar, ya’ni, ular, 
professor aytganidek, har qaysisi dona-dona tas-
ma qamchi yer edi.
Ba’zi bayram va hayit kunlarida maktab o‘quv-
chilari bilan talabalar uylariga ketib, qo‘g‘irchoq 
o‘yini tomoshasini ko‘rsatar edilar. Gohida mas-
xarabozlik o‘yinlarini namoyish qilar, o‘shan-
da bo‘yi Kiyev minorasidek novcha dinshunos 
chiqib, Misr podshosi vazirining xotini Zulayho 
bo‘lib yoki Osiya bo‘lib o‘ynab berar edi. O‘yinni 
hammaga manzur qilsa, bir bo‘lak mato yoki bir 
qop tariq, yo bo‘lmasa yarimta pishirilgan g‘oz va 
boshqa narsalar tushar edi.
O‘rtalarida eskidan allaqanday bir adova-
ti bo‘lgan bu talabalar bilan maktab o‘quvchi-
lari shunday qashshoq ediki, kuni zo‘rg‘a o‘tar 
va lekin hammasi nihoyat darajada ochofat va 
yuho bo‘lganidan har qaysisining kechqurun 
bir o‘tirishda qanchadan chuchvara yeganini 
sanab bo‘lmas, shuning uchun ham ba’zi saxiy 
boylarning bergan nazr-niyozi ularga kifoya qil-
may, peshqadam darsxonlar bilan dinshunoslar-
dan bir nechtasi bosh bo‘lib, bir necha savod-
xon bilan bir necha tilshunosga bitta falsafa-
shunosni serka qilib, gohida peshqadamlarning 
o‘zlari ham qo‘shilishib, yelkalarida qop bilan 


177
Taras Bulba
birovning paykalini qiyratgani jo‘nar edilar. Bun-
dan keyin madrasaga kelib, qovoq bo‘tqa pishi-
rar, qovun-tarvuzga xo‘b to‘yib olar edilar. Shun-
day to‘yar edilarki, ertasiga xalfalarga saboqla-
rini o‘tkazayotganlarida og‘izlari bilan o‘qisalar, 
qorinlari ham quldurab turar edi. Darsxonlar 
bilan dinshunoslarning to‘ni shunday ro‘dapo 
bo‘lar, ya’ni, tovonlaridan ham uzun edi.
Ta’til vaqti bo‘lsa, ya’ni, iyun oyidan boshlab
talabalarning uylariga tarqaydigan vaqt kelsa, 
ularning kuni tug‘ar edi. Bu kezda savodxonlar, 
darsxon, peshqadam talabalar katta yo‘lga tushib 
olib, turnaqator tizilib ketaverar edilar. Borar joyi 
bo‘lmaganlari sheriklaridan birortasinikiga ketar 
edi; falsafashunoslar bilan dinshunoslar o‘qituv-
chilik qilar, ya’ni, badavlat kishilarning bolalari-
ni o‘qitar va buning badaliga yiliga yangi etik va 
ba’zida etikdan tashqari yana to‘nlik ham olardi-
lar. Bu talabalarning hammasi galalashib, to‘da-
lashib jo‘nardi. Dala joyga qo‘nib, osh pishirar 
edilar. Har birining yelkasida bittadan to‘rva, ichi-
da bitta ko‘ylak, bir juft paytava bo‘lar edi. Din-
shunoslar hammadan ozoda va pishiq bo‘lardilar. 
Shuning uchun etiklari yirtilmasin deb, xususan, 
loygarchilikda, kaltakka ilib, yelkalariga tashlab, 
pochalarini shimarib, loydan kechib ketaverar 
edilar. Yo‘lning bir chekkasida qishloq ko‘rinib 
qolsa, darrov katta yo‘ldan chiqib, qishloqqa yo‘l 
solar, tuzukroq uy oldiga kelganda, de raza tagi-
da qatorlashib, ovozlarining boricha xo nish qilar 
edilar. Bu yerga kelib, uy-joy qilib qolgan keksa 
kazaklardan bo‘lgan uy egasi, ikki qo‘lini iyagiga 
tirab olib, ularning xonishiga xo‘b yig‘lar, so‘ngra 
xotinini chaqirib: «Xotin, mullavachchalarning 


178
Nikolay Gogol
o‘qigani bama’ni bo‘lsa kerak, moying bormi va 
uyingda boshqa biror narsa bormi, nima bo‘lsa 
bir chiqarib ber!» – der edi. Keyin, bir tovoq to‘la 
varaqi somsa, chuchvara, lo‘ndagina bir bo‘lak 
yog‘, yana bir necha kulcha, ba’zida oyog‘i bog‘liq 
tovuq – hammasi to‘rvaga tushaverar edi. Talaba-
lar bu bilan qorinlarini to‘qlab, yana yo‘lga tushar 
edilar. Ammo nari borgan sari, yo‘lda uy-uylariga 
yetib, sonlari kamayib borar va oxiri ota-onasining 
uyi hammadan yiroqda bo‘lganlargina qolar edi.
Bunday sayohatlardan birida talabalardan 
uchtasi qishloqqa kirib, yemish bo‘lguday biror 
ye gulik topish uchun katta yo‘ldan burildilar, 
chunki to‘rvalari allaqachon bo‘shab qolgan edi. 
Bular ning biri dinshunos Xalyava, biri falsafa-
shunos Xoma Brutyana, biri notiq Tiberiy Goro-
bets edi.
Dinshunos novcha, yag‘rinli kishi bo‘lib, yo-
mon bir odati bor ediki, nima to‘g‘ri kelsa, albat-
ta, o‘g‘irlar, o‘zi juda tund bo‘lib, mast bo‘lsa, su-
purgi o‘t ichiga kirib yotaverar, maktabdoshlari 
uni qidirib topguncha ko‘p sarson bo‘lar edilar.
Falsafashunos Xoma Brut doim dimog‘i chog‘, 
xushchaqchaq odam edi. Yastanib yotib, tama-
ki chekishni yaxshi ko‘rar, ichadigan bo‘lsa, al-
batta, mashshoqlarni chorlab, tapir-tupir o‘yin-
ga tushib, xo‘b xumoridan chiqar edi. Maktabda 
darrani ko‘p yer edi-ku, lekin faylasufona bepar-
volik bilan: peshonadagi bo‘lmasdan qolmaydi, 
deb kaltakni hech pisand qilmas edi.
Notiq Tiberiy Gorobets mo‘ylov qo‘yish, araq 
ichish, tamaki chekishga hali haqsiz edi. U haliga-
cha kokilini kestirgani yo‘q, shu ning uchun fe’l-u 
atvori to‘g‘risida hech narsa ham deb bo‘lmaydi, 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling