Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
179
Taras Bulba ammo maktabga doim peshona sini g‘urra qilib ke- lishidan juda urushqoq odam chiqishi aniq edi. Xalyava bilan Xoma ikkovi uning oldida peshqa- dam bo‘lib, unga og‘alik qilganliklarini ko‘rsatgan- dek kokilidan tortib, xo‘b urar edilar va ba’zida uni dastyor o‘rnida ishlatib, yugurdak qilar edilar. Uchovlari katta yo‘ldan qishloqqa burilganlarida kech kirib qolgan, lekin kun endigina botganidan havo hali iliq edi. Dinshunos bilan falsafa shunos indamasdan tamaki chekib borar edilar. Notiq Ti- beriy Gorobets qo‘lida xipchin bi lan yo‘ldagi «qoqi gul»ning bo‘ynini uzib borar edi. Yo‘l biyo bondagi mayda chakalaklar, unda-bunda to‘p-to‘p bo‘lib turgan eman va yong‘oq daraxtlarini oralab borar va gohida adirga, gohida ko‘m-ko‘k gumbazdek bo‘lib turgan tepalikka qarab, ilon izi bo‘lib ketar edi. Ikki joyda pishay deb qolgan bug‘doyzor ko‘ringanidan yaqin o‘rtada qishloq borligi ma’lum bo‘ldi. Biroq bug‘doy ekilgan joydan o‘tib, bir soatdan ko‘proq yo‘l yur salar hamki, hech xonadon ko‘rinmadi. Qorong‘i tushib qoldi. Kunbotardagi shafaqdan an- dakkina asar qoldi, xolos. – Nima balo bo‘ldi! Qishloq yaqindek ko‘rin- gan edi, – dedi hayron bo‘lib falsafashunos Xoma Brut. Dinshunos indamasdan u yon-bu yonga alanglab qo‘ygach, tamakini og‘ziga olib, yo‘liga ketaverdi. Falsafashunos: – Azbaroyi Xudo, hech zot ko‘rinmaydi-ya! – dedi yana to‘xtab. Dinshunos og‘zidan tamakisini qo‘ymay: – Nariroq borsak, bitta-yarimta xonadon ko‘ri- nib qolar, – dedi. 180 Nikolay Gogol Ammo allaqachon kech kirib, hamma yoq tim qorong‘i bo‘lib qoldi. Osmondagi parcha-parcha bulutlar qorong‘ilikni yana oshirdi. Havoning avzoyiga qaraganda na yulduz, na oy chiqadigan. Talabalar yo‘ldan adashib, anchadan beri boshqa yo‘ldan borayotganliklarini bildilar. Falsafashu- nos oyog‘i bilan u yon-bu yonni titkilab: – Yo‘l qayoqda? – dedi. Dinshunos indamasdan turib-turib, bir mahal: – Darvoqe juda qorong‘i-ya! – dedi. Notiq nariroqqa borib, engashib, paypaslab yo‘lni topmoqchi bo‘ldi, ammo qo‘li ha deganda tulkining iniga kirib ketaverdi. To‘rt tomon odam oyoq bosmagan – cho‘l-biyobon edi. Yo‘lovchilar yana andak yo‘l yurib ko‘rdilar, ammo har qan- cha yursalar ham, dashtdan sira chiqmadilar. Falsafashunos qiyqirib ko‘rmoqchi bo‘ldi, ammo ovozi hech qayoqqa yetmay sira javob bo‘lmadi. Birpasdan keyin xuddi bo‘ri ovoziga o‘xshagan bir tovush uzoqdan zo‘rg‘a eshitildi. – Ana xolos, endi nima qilamiz? – dedi falsafa- shunos. – Nima qilardik, shunday yotaveramiz! – dedi dinshunos va cho‘ntagiga qo‘l solib chaqmog‘ini olib, yana tamakisini chekdi. Ammo falsafa- shunos uning bu gapiga rozi bo‘lmadi; har ke- cha yarim pudcha dumaloq nonni, to‘rt qadoq- cha yog‘ni yeb oladigan odati bor edi, lekin bu- gun qorni toza ochiqdi. So‘ngra garchi o‘zi ancha xush chaqchaq bo‘lsa ham, bo‘rilardan andak qo‘rqar edi. – Yo‘q, Xalyava, sira ko‘nmayman, biror narsa yeb, qorinni ozroq qappaytirib olmasdan, it yo- tish, mirza turish degandek, och qoringa cho‘zilib 181 Taras Bulba yotaveramizmi? Yana bir urinib ko‘raylik, zora qo‘rg‘on uchrab qolib, kechalikka bir piyola araq nasib qilsa, – dedi falsafashunos. Araq so‘zini eshitganda, dinshunos bir tupurib oldi, so‘ngra: – Gaping to‘g‘ri, kechasi dashtda qolib nima qilamiz, – dedi. Talabalar yana yo‘lga tushdilar, andak yurib edilar, xayriyatki, yiroqda itning vovillagani eshi- tildi. Itning ovozi qaysi yoqdan kelayotganiga qu- loq solib bilgach, yuraklari botirlanib, ozroq yur- gan edilar, miltillagan chiroq ko‘rindi. Falsafa- shunos: – Qo‘rg‘on ko‘rindi, azbaroyi Xudo, qo‘rg‘on! – dedi. Uning o‘ylagani noto‘g‘ri chiqmadi. Birozdan keyin ikkitagina xonali bir qo‘rg‘oncha ko‘rin- di. Ularning darchalaridan chiroq yorug‘i tushib turar, devor tagida o‘ntacha olxo‘rot daraxti bor edi. Talabalar taxta darvozadan qarasalar, hovli da allaqancha chorbozorchi karvonlarning arava- lari turibdi. Osmonga bitta-ikkita yulduz chiqqan payt bo‘lib qolgan edi. – Ogaynilar, kirgizmaganiga qo‘ymaymiz, xo‘p- mi? Bir kecha qo‘ndirmay ko‘rsin-chi! Talabaning uchovi birdaniga darvozani qoqdilar: – Oching! Uyning eshigi g‘irchillab ochildi. Bir lahza o‘tar- o‘tmas talabalar nimcha po‘stin kiyib chiqqan bir kampirni ko‘rdilar. Kampir gum-gum yo‘talib: – Kim? – dedi. – Enajon, eshigingizni oching, bir kecha qo‘nib ketamiz, yo‘ldan adashdik, dalada yotaylik de- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling