Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

188
Nikolay Gogol
di. U qo‘rqqanidan ortiga qaramay qochdi. Dili 
o‘ynab, nima bo‘lganini hech bilolmay, ko‘ngliga 
tushgan yangi hislarni tushunolmay hayron edi. 
Qo‘rg‘onma-qo‘rg‘on yurishga ham xohishi qol-
masdan, to‘ppa-to‘g‘ri Kiyevga yo‘l solib, bo‘lgan 
voqeaning siri nimaligini yo‘l-yo‘lakay o‘ylab 
ketaverdi.
Shaharda talabalardan hech kim qolmagan, 
birovlarning bolalarini o‘qitish yoki boshqa tirik-
chilik uchunmi, hammalari qishloqma-qish-
loq to‘zib ketgan edilar, chunki Malorossiya 
qishloqlariga borsalar, kulcha bormi, qaymoq, 
shapaloq-shapaloqdek chuchvaralarni pul to‘la-
masdan yeb ketaveradilar. Tob tashlagan katta 
uydagi maktabxonada hech kim qolmabdi, fal-
safashunos maktabning teshik-tuynugi, tomi 
qolmay hamma yerini shuncha qidirsa ham, 
hech qayerda na bir bo‘lak yog‘ va na talabalar 
yashirib-netib qo‘ygan bir burda non topoldi.
Ammo biroz o‘ylab ochlik chorasini topdi, 
hushtak chalib, bozordan bir-ikki marta aylanib 
o‘tdi. Bozorning bir chekkasiga borganda boshi-
ga durracha tagidan sariq ko‘ylak kiyib olib, tas-
ma, miltiq pitra, g‘ildirak singari mayda-chuyda 
sotib turgan bir beva juvonga bir-ikki ko‘z tash-
lab qo‘ygan edi, darrov shu kuniyoq toza undan 
pishirilgan varaqi somsa, tovuq go‘shti, yana tur-
li lazzatli ovqatlarga qorni to‘ydi. Xullas, olchazor 
ichidagi pastakkina uyga kirganda, dasturxon-
ga qo‘yilgan har xil ovqatlarning sanog‘i yo‘q edi. 
Shu kuni kechqurun Xomani qovoqxonada og‘zi-
da tamaki, so‘rida yastanib yotgan holda ko‘rdi-
lar. U atayin hammaga ko‘rsatib, qovoq xona egasi 
juhudga yarim tilla pul tashladi; oldida kosasi, 


189
Taras Bulba
kelgan-ketganlarga sira parvo qilmas, hech kim-
ni nazar-pisand etmas, dimog‘i chog‘, chamasida 
bo‘lib o‘tgan ajoyib voqeani xayoliga ham keltir-
mas edi.
Ayni shu kunlarda Kiyevdan ellik chaqirimcha 
narida qo‘rg‘on qilgan badavlat yuzboshilardan 
biri ning qizi bir kun sayilga chiqqan ekan, kaltak 
zarbidan mayib bo‘lib, zo‘rg‘a otasining uyiga 
yetib kelibdi; hozir o‘lar holatda yotgan emish 
va men o‘lsam, janozamni kiyevlik seminarist 
talabalardan bo‘lgan Xoma Brut o‘qisin, so‘ngra 
uch kungacha arvohimga duo o‘qisin deb vasiyat 
qildim, degan shov-shuv gap tarqaldi. Xomaning 
o‘zi gapni rektordan eshitdi. Rektor atayin uni o‘z 
hujrasiga chaqirib: «Hech to‘xtamasdan darrov 
yo‘lga tushgin, hurmatli yuzboshi bir odam bilan 
arava yuboribdi», – dedi.
Xoma sababini o‘zi ham bilmay, negadir yuragi 
orziqib, bir cho‘chib tushdi, ko‘ngli tashvishlanib, 
bir falokat borligidan darak berar edi. Nima sa-
babdan borishga ko‘nmaganini o‘zi ham bilmay, 
uzil-kesil qilib, bormayman, dedi.
Rektor talabalari bilan so‘zlashganda, ba’zida 
izzat-hurmat bilan so‘zlashar, shuning uchun:
– Gapimni tinglang, domine Xoma, sizdan bi-
rov borasizmi, yo‘qmi deb so‘rayotgani yo‘q, faqat 
shuni bilib qo‘yingki, mabodo, o‘jarlik qilib, yana 
ko‘p gapiradigan bo‘lsangiz, orqangizga va bosh-
qa a’zoyingizga novda nihol bilan shunday sava-
latamanki, minba’d hammomga bormoq zarurati 
ham qolmaydi, – dedi.
Xoma Brut, mabodo, payt kelsa, qochmoqchi 
bo‘lib qulog‘ining orqasini qashigancha churq et-
masdan, sekingina tashqari chiqib ketdi. O‘yla-


190
Nikolay Gogol
nib terak ekilgan hovliga chiqadigan baland zi-
na dan tushib ketayotganda rektorning ovozini 
eshitib qolib to‘xtadi. Rektorning yonidagi odam 
yuzboshi yuborgan kishi bo‘lsa kerak, u arava ol-
didagilarga allanarsalarni buyurar edi.
Rektor:
– Yuborgan doni bilan tuxumlari uchun ulug‘-
dan ko‘p minnatdorman. So‘ragan kitoblari 
tayyor bo‘lishi bilan darhol yuboraman, ko‘chi-
rish uchun kotibga berdim. O‘g‘lim, tag‘in yo-
dingdan chiqmasin! Yana aytgil, u kishining 
qish log‘ida yaxshi baliqlar bo‘ladi. Xususan, oset-
ra balig‘i bor, u nihoyatda ajoyib baliq, mabodo, 
to‘g‘ri kelib qolsa, shu baliqdan yuborsalar, chak-
ki bo‘lmas edi. Bizning bozorimizda ham bor-ku, 
lekin u yer dagidek yaxshisi emas, so‘ngra cha-
qasi ham qimmatroq. Sen Yavtux, yigitlarga bir 
kosadan may quyib ber, xo‘pmi? Aytgancha, tala-
bani bog‘langlar, qochib ketmasin.
Falsafashunos talaba bu so‘zlarni eshitib:
«Ha, shaytondan tarqagan! Novcha ro‘dapo, 
darrov payqabdi-da!» deb qo‘ydi.
Xoma soyabonlik bir aravani ko‘rib, avval 
g‘il dirak ustidagi bug‘doy xona deb o‘yladi. Dar-
voqe, turgan arava Krakov shahrida ko‘p rasm 
bo‘lgan, xumdonga o‘xshash ichi chuqur va qay-
si shaharda yarmarka bo‘lsa, darrov hidini bilib; 
elliktasi birgalashib, har xil mollar bilan o‘sha 
yarmarkaga keladigan juhudlar bo‘ladi-ku, ana 
shular tushadi gan arava xilidan edi. O‘rta yosh-
lik azamat kazaklardan olti kishi uni bunda poy-
lab turgan ekan. Ustlaridagi popuklik toza movut 
to‘nlari ularning ulug‘roq kishilardan ekanidan, 
yuz-ko‘zlaridagi tirtiq yamoqlari bir mahallarda 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling