Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

197
Taras Bulba
mungli tuyg‘ularni tug‘dirardi. Tog‘ning bag‘ri 
qor-yomg‘ir suvidan chok-chok bo‘lib ketgan, 
yuqorida ikki joyda ikkita uy turibdi. Uylarning 
biri har tarafga shox otgan katta olma tagida
olmaning tagiga tuproq uyilib, kichkina tirgo-
vich bilan ko‘tarilib qo‘yilgan, shamoldan to‘kil-
gan olmalar dumalab-dumalab, boyning hov-
lisiga tushar edi. Tog‘ning tepasidan tushib kel-
gan aylanma yo‘l yuzboshining hovlisi yonidan 
o‘tib, qishloqqa borar edi. Falsafa shunos tog‘dan 
tushib kelgan yo‘lga qarab, bunday tik yo‘ldan 
kecha qan day tushganlarini o‘ylab, yuragini va-
hima bosdi, keyin yuzboshining otlari juda aqlli 
ekan-da yoki yuzboshining odamlari mast holda 
shunday vahimali yo‘lda aravalari bilan ag‘ana-
may tushgan bo‘lsalar, miyalari xo‘b butun, zab 
puxta odamlar ekan-da, deya ko‘nglidan o‘tkaz-
di. Falsafa shunos hovlining baland joyida turgan 
edi, keyin qayrilib bu tomonga qarasa, butunlay 
boshqa bir manzarani ko‘rdi. Qishloq turgan qir-
likning etagi qan cha olislasa, yashilligi shuncha 
quyuqlashar, orada yigirma chaqirimdan ortiq 
yo‘l bo‘lsa ham olisdagi qator-qator qishloqlar 
ko‘kalamzor ichida ko‘m-ko‘k ko‘rinib turar edi. 
Ko‘kalam maydonning o‘ng tomoni tog‘, uzoqdagi 
Dnepr daryosi xuddi bir qora yo‘ldek ko‘rinar edi.
– Zab alomat joy ekan-da! Qani endi shunda 
tursang, daryo va ko‘llarda baliq ovlab, matrap 
yoki miltiq bo‘lsa-yu, bulduruq va bazg‘aldoqlarni 
ovlab yursang! Lekin bu pichanzorda boshqa hay-
vonlar ham serob bo‘lsa kerak. Mevalardan har 
qancha quritib shaharga eltib sotsa yoki yaxshisi, 
araq qilsa ham bo‘ladi. Bu yerdan qanday qilib 
qochib qolishni o‘ylab ko‘rish ham yomon emas.


198
Nikolay Gogol
Chetan devor orqasida burgan o‘t bosgan 
yolg‘iz oyoq yo‘lga ko‘zi tushdi. Avval shunchayin 
aylanib, tomosha qilib yurgan kishi bo‘lib, keyin 
uylarni pana qilib sekingina dalaga qarab juftak 
urmoqchi bo‘lib, beixtiyor shu yo‘lga qadam 
qo‘yishi bilan birovning zabardast qo‘li yelkasiga 
tushganini payqab qoldi. Qayrilib qarasa, kecha 
yetimligidan, g‘aribligidan hasrat qilib yig‘lagan 
o‘sha keksa kazak turibdi.
– Falsafashunos taqsir, bekorga ovora bo‘lma, 
bu qo‘rgondan qochib ketolmaysan, qochib 
qutula digan joy emas. Piyodaga yo‘l ham chatoq. 
Yaxshisi, boyning qoshiga bor, anchadan beri 
mehmonxonada seni kutib turibdi, – dedi.
– Xo‘p, mayli... jonim bilan, qani yuring! – dedi 
falsafashunos va uning ketidan ergashdi.
Keksayib qolgan mo‘ysafid yuzboshi qayg‘uga 
cho‘mib, iyagini ikki qo‘liga tirab, mehmonxona-
da o‘tirar edi. Yoshi ellikka borib qolgan, lekin 
chehrasidagi qayg‘u-alam, rang-ro‘yi, to‘satdan 
boshiga tushgan musibat ruhini ezib tashlagan-
ligidan avvalgi sho‘xligi va xushchaq chaqligidan 
asar ham qolmagan edi. Xoma boyagi kazak bilan 
boshlashib kirib kelganda, u bir qo‘lini iyagidan 
olib, kelganlarning engashib bergan salomlariga 
boshi bilan ishora qilib javob berdi.
Xoma bilan kazak odob saqlab poygakda tur-
dilar.
Yuzboshi xushmuomalalikka ham, dag‘allikka 
ham yo‘yib bo‘lmaydigan bir tarzda:
– Yaxshi kishi, kim bo‘lasan? Qayerliksan, 
nasling-nasabing kim? – deb so‘radi.
– Talabalardan bo‘laman, falsafashunos Xoma 
Brutman.
– Otang kim edi?


199
Taras Bulba
– Janob to‘ram, bilmayman.
– Onang kim edi?
– Onamni ham bilmayman. Aqlga havola qil-
sak, albatta onam yo‘q emas, ammo kimligini, qa-
yerdaligini va yurtini, qachon dunyodan o‘tgan-
ligini, azbaroyi Xudo bilmayman.
Yuzboshi jim bo‘ldi va birpas o‘ylanib qolganga 
o‘xshadi.
– Mening qizim bilan qanday tanishding?
– Janob to‘ra, tanishganim yo‘q, Xudo haqqi
tanishganim yo‘q. Dunyoda shuncha yashab 
haligacha boyvuchcha qizlar bilan tanishganim 
yo‘q. Ular sha’niga haqorat bo‘lmasin-u, lekin 
yuzlari qursin.
– Bo‘lmasam, nima sababdan qizim boshqa bi-
rovga emas, seni o‘qisin dedi?
Falsafashunos yelkasini qisib:
– Buning sababini Xudo bilmasa, men bil-
mayman. Lekin boylar aksari juda borib turgan 
mullalarning ham aqli yetmaydigan ba’zi chatoq 
ishlarni qilishlari hammaga ma’lum. Hatto: «Boy 
buyursa, yuguraver!» – degan masal ham bor.
– Taqsir falsafashunos, yolg‘on so‘zlayotganing 
yo‘qmi?
– Yolg‘on so‘zlasam, shu turgan joyimda qotib 
qolay.
Yuzboshi hafa bo‘lib:
– Yana bir nafas o‘lmasdan turganda edi, bu 
sirni, albatta, bilar edim... «Ota, boshqa hech 
kim menga fotiha o‘qimasin, darrov Kiyevda-
gi madrasaga bir odam yuborib, undagi talaba 
Xoma Brutni keltiring. Uch kecha haqimga duo 
qilib o‘qisin. Uning o‘zi biladi...» Nima biladi, bu-
nisini aytolmadi. Jigarporam, bundan ortiq hech 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling