Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

206
Nikolay Gogol
ta’sir qilganini fahmlab, zavq bilan kulib qo‘ydi. 
Molboqar bo‘lsa, shunday xaxolab beso‘naqay 
kuldiki, go‘yo ikki ho‘kiz qamtima-qamti turib
baravariga bo‘kirgandek bo‘ldi.
Yuzboshining o‘lgan qizi to‘g‘risida boshlangan 
gap falsafashunosning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib, 
voqeani batafsil bilgisi keldi. Shuning uchun 
gapni yana shu tomonga burish niyatida yonida 
o‘tirgandan so‘radi:
– Dasturxon tepasida o‘tirgan guruhning ham-
masi boyning qizini nega ajina deydi, shuni bil-
sam degan edim. Biror kishiga ziyoni tegdimi
yoki birovni nobud qildimi?
Yuzi kurakdek yapaloq bo‘lgan hangamatalab-
lardan biri:
– Har balo bo‘lgan-da, – deb qo‘ydi.
– Itboqar Mikitani kim bilmaydi yoki anavi...
– Itboqar Mikitaga nima bo‘lgan edi? – so‘radi 
falsafashunos.
– Shoshma! Itboqar Mikita voqeasini men aytib 
beraman, – dedi Dorosh.
– Yo‘q, men aytaman, mening og‘aynim edi, – 
dedi otboqar.
– Yo‘q, men aytay, – dedi Spirid.
O‘tirganlar baqirishib:
– Mayli, mayli, Spirid gapira qolsin, – deyishdi.
Spirid gap boshladi:
– Sen, taqsir falsafashunos Xoma, Mikitani bil-
mas eding, topilmaydigan odam edi. Mendan ikki 
odam narida o‘tirgan endigi itboqar anavi Mikola 
uning bosgan iziga ham arzimaydi. Bu ham o‘z 
ishiga puxta-ku, lekin shunday bo‘lsa ham, Miki- 
taga qaraganda bu bir tog‘ora mag‘zava.
Dorosh uning so‘zini ma’qullab, boshini qimir-
latib:


207
Taras Bulba
– Gapga chechan ekansan, ma’qul, – deb qo‘ydi.
Spirid yana gap boshladi:
– Sen burningdagi burunakini artishga ulgur-
mayin uning ko‘zi darrov quyonga tushardi. «Bos, 
Razboy, ol. Tez!» deb itlarni ovga solib yuborsa-
mi, keyin sapchib otiga minib olib chunonam 
quvladiki, undan it o‘zib ketadimi, itdan u o‘zib 
ketadimi, bilib bo‘lmas edi! Biroq yaqindan beri 
xo‘jayinning qiziga ko‘proq qaraydigan bo‘lib qol-
di. Unga xushtor bo‘lib qoldimi yoki qiz uni jodu 
qildimi, harnechuk bechora xarob bo‘ldi, xotin-
chalish bo‘lib qoldi. Shunday bemaza bo‘lib ket-
diki, aytgani odam or qiladi!
– Ma’qul, – deb qo‘ydi Dorosh.
Qiz bir marta ko‘z tashlab qo‘ydimi, bas, jilovni 
qo‘ldan berib, adashib Razboyni Brovka der, qo-
qinib-yiqilib ketar, g‘alati bo‘lib qolardi. Bir kun 
otxonada otini qashlab tursa, qiz kelib, Mikita, 
beri kel, oyog‘imni ustingga tashlay desa, tentak 
shunga ham suyunib ketib: «О‘zing minsang ham 
mayli», – debdi. Qiz oyog‘ini ko‘targanda lo‘ppi-
gina, paxtadek oyoqlarini ko‘rishi bilan: «Senga 
mubtalo bo‘ldim», – debdi. Tentak bo‘ynini egib 
beribdi, ikki pochasidan tutib, xuddi ayg‘ir ot-
dek dalama-dala chopaveribdi, lekin qayerlar-
ga borganini bilmas emish. O‘lar holatda zo‘rg‘a 
qaytib kelibdi-yu, ammo shundan beri qovjirab 
tarashadek bo‘lib qotib qolibdi. Bir kun otxonaga 
kirsalar, Mikita turgan joyda bir hovuch kul bi-
lan bitta bo‘sh paqir turganmish. Demak, Mikita 
o‘zidan-o‘zi kuyib kul bo‘libdi. Ammo juda g‘alati 
itboqar edi-da, unaqasi endi topilmaydi.
Spirid gapini tamomlashi bilan, itboqarning fazi-
latlari to‘g‘risida har tarafdan har kim so‘zlay ketdi.


208
Nikolay Gogol
– Shepchixaning voqeasini eshitganmisan? – 
dedi Dorosh, Xomaga qarab:
– Yo‘q.
– Eh-ha, barakalla, chamamda, maktabingizda 
hech narsa o‘qitmas ekanlar-da. Bo‘lmasa, quloq 
sol: qishlog‘imizda Sheptun degan bir odam bor. 
Yaxshi yigit. Ba’zida bekordan-bekorga yolg‘on 
so‘zlaydigan odati bor, qo‘li ham egriroq. Lekin... 
yaxshi odam, uyi ham yaqinda, ana shu yerda. 
Xuddi mana shu mahalda, ovqatlanib bo‘lgandan 
keyin er-xotin yotishibdi, kun issiq ekan, shu sa-
babdan xotini hovliga chiqib yotibdi, Sheptun-
ning o‘zi ichkarida, so‘riga chiqib yotibdi, yo‘g‘-a, 
undoq emas, xotini ichkarida, eri tashqarida yot-
gan ekan...
Ostonada qo‘lini yuziga qo‘yib turgan ayol:
– Xotini so‘rida emas, yerda yotgan ekan, – deb 
so‘zga aralashdi.
Dorosh unga bir qarab olib, keyin ko‘zini yerga 
tikdi, so‘ngra yana unga bir qarab qo‘ygach:
– Hammaning oldida ich ko‘ylagingni yechib 
olsam qalay – yaxshi bo‘lmas; jim o‘tir, – dedi.
Uning bu do‘qi bekor ketmadi. Kampir jim 
bo‘lgancha qayta ovoz chiqarmadi.
Dorosh so‘zini davom ettirdi:
– Uyning o‘rtasiga osig‘liq turgan belanchak-
da qizmi, o‘g‘ilmi, bilmayman, bir yashar go‘dak 
yotgan ekan. Sheptunning xotini, yotgan joyida 
eshikni it tirnaganini eshitibdi. Itning vovillaga-
niga odam uyda toqat qilib turolmasmish. Xotin 
qo‘rqib ketibdi, chunki xotin kishi degan shun-
day bo‘ladiki, agar kechki payt eshik orqasidan 
tilingni chiqarib ko‘rsatsang ham, joni halqumi-
ga kelaveradi. Biroq qo‘rqsa ham, ko‘ray-chi, zora 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling