Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

215
Taras Bulba
benihoyat xushmuomala, muloyim va odampar-
var bo‘lib ketadigan bir xil odamlar bo‘ladi, fal-
safashunos ham shundaylardan edi. Og‘zida ta-
makisi bilan yotib olib, hammaga juda muloyim 
boqish qilib, hadeb yoniga tupurar edi, xolos.
Ovqatdan keyin falsafashunos dimog‘i chog‘ 
bo‘lib, qishloqni xo‘b sayr qilib, hamma bilan ta-
nishdi, hatto ikki uydan quvlab ham chiqardilar. 
Chiroylikkina bir juvonnikiga kirib, ko‘ylagi bilan 
kamzulining molini bilay deb, u yoq-bu yog‘ini 
ushlab ko‘rgan edi, juvon orqasiga kurak bilan 
tushirib qoldi. Lekin kech kirgan sari kayfi qo-
chib, xafaligi oshaverdi. Kechki ovqatga bir soat-
cha qolganda xizmatkorlarning hammasi hovliga 
yig‘ilishib, tindi-mindi o‘yinini boshladilar. Har 
kim yutsa, yutqizganni eshak qilib minar edi. Bu 
o‘yin tobora qizib, juda tomosha bo‘ldi. Yuzi tovoq-
dek molboqar podachi, yakkash aft-basharasini 
ajin bosgan pak-pakana, nimjon mol boquvchi 
podachini minar edi. Gohida molboqar podachi 
Doroshga mindirar, Dorosh bo‘lsa har gal uni 
minganda: «Ha, polvon ho‘kizim!» deb qo‘yardi. 
Siporoq xizmatkorlar oshxona ostonasida o‘ti-
rar edilar. Yoshlar podachi yoki Spiridning qiziq 
gaplaridan kulaverib, ichaklari uzilganda ham, 
bular og‘izlaridan tamakini qo‘ymay, qovoqlari-
ni solib o‘tiraverar edilar. Xoma ham bu o‘yinga 
aralashmoqchi bo‘ldi-ku, aralashmadi, chunki 
allaqanday qora xayollar miyasiga mixdek qada-
lib boshidan sira ketmas edi. Kechki ovqat tepa-
sida o‘zini har qancha xursand qilmoqchi bo‘lsa 
ham, osmonni qorong‘i bosgan sari, uni ham va-
hima bosaverdi.
Mo‘ysafid chol Dorosh bilan birga o‘rnidan tu-
rarkan:


216
Nikolay Gogol
– Qani, mullavachcha, vaqt o‘tmasin – yu-
mushimizga boraylik, – dedi.
Xomani kechagidek yana butxonaga eltib, us-
tidan bekitib, yolg‘iz qo‘yib ketdilar. Tanho qol-
gach, yuragiga tag‘in qo‘rquv tushdi. Qorayib 
turgan butlar, yiltiroq chor cho‘plari, mudhish 
sukunat ichida butxona o‘rtasida turgan qora to-
but yana ko‘ziga ko‘rindi.
– Mayli, bu vahimadan endi qo‘rqmayman. Av-
val qo‘rqqan edim. Ha! Avvalboshda vahimaliroq 
edi, endi xavf qolmadi, sira qolmadi, – deb qo‘ydi.
Darrov mehrobga chiqib, atrofiga chiziq tortdi, 
bir-ikki duo o‘qib bo‘lgach, kitobdan ko‘z uzmas-
likka va hech narsaga parvo qilmaslikka qasd 
qilib, ovozini balandlatib o‘qiyverdi. Bir soatcha 
shu zaylda o‘qigan edi, andak charchagandek 
bo‘ldi, yo‘tali ham qistab qoldi. Kissasidan qor-
tig‘ini olib, burnaki otmoqchi bo‘ldi-yu, lekin av-
val ko‘z qiri bilan tobutga qarab qo‘ydi. Yuragi 
orziqib tushdi, chunki o‘lik xuddi chiziq tepasiga 
kelib, ko‘karib ketgan ruhsiz ko‘zlarini unga tikib 
turar edi. Talabaning yuragi chiqib ketguday 
bo‘ldi, a’zoyi badaniga titrab, bo‘shashib ketdi. 
Ko‘zini kitobdan olmay duoga zo‘r berdi va shu 
paytda o‘lik yana tishini tishiga urib, uni tutmoq 
qasdida qo‘llarini qulochkashlayverdi. Ammo ta-
laba bir ko‘zining qirini tashlagan edi, o‘lik uning 
turgan yerini topolmay, boshqa yerda axtarayot-
ganligini va uni ko‘rolmayotganini bildi. O‘likning 
ruhsiz lablari qimirlab, og‘zidan g‘ul diragan yo-
mon gaplar chiqdi, ovozi xirillab, gaplari qay-
nayotgan mumdek baqir-buqir qilib chiqar edi. 
Nima deyayotgani ma’lum emas edi-ku, ammo 
vahimali xunuk gaplar ekanini bildi. Sehr bilan 


217
Taras Bulba
jodu qilayotganini fahmlab, falsafashunosning 
quti o‘chib ketdi.
O‘likning jodusidan butxonada shamol 
ko‘tarilib, xuddi birtalay parranda uchgandek
qanot ovozi eshitildi. Butxona derazalarining oy-
nasiga, temir chambaraklariga bir narsalarning 
qanoti tekkanini, panjalari bilan temirga yopishib, 
g‘irchillatganini, allakimlar eshikni urib, bu zib 
kirmoqchi bo‘layotganini eshitdi. Yuragi hech 
tinmasdan qattiq duk-duk urardi. Ko‘zini yumib 
olib, hadeb duolarini o‘qiyverdi. Bir mahal uzoq-
dan bir qichqiriq eshitildi; olisdagi xo‘roz ekan. 
Tinkasi qurib holdan ketgan falsafashunosga bi-
roz jon kirib, andak tinchidi.
Uning o‘rniga kelgan odamlar bechorani o‘lar 
holatda ko‘rdilar. Ko‘zlari chaqchaygan, o‘zi 
devorga tiranib olib, kirganlar har qancha turt-
kilab itarsalar ham bo‘zrayar edi, xolos. Sud rab 
olib chiqqach, yo‘lda bora-borguncha suyab bor-
dilar. Boyning hovlisiga kelganda sal hushiga ke-
lib, may so‘radi. Mayni ichgandan keyin sochini 
silab turib:
– Olamda har balo bor-ku, lekin bunday fa-
lokat... – dedi-yu, keyin: – bor-ey... – deb qo‘lini 
siltadi.
Uni gir aylantirib o‘rab olganlar so‘zlarini 
eshitib, boshlarini solib hayron qoldilar. Og‘il-
xonani tozalash yoki suv tashish kerak bo‘lib 
qolganda har kim xohlasa, ish buyuradigan dast-
yorgina bola bor edi, hatto shu bola bechora ham 
ag‘rayib qoldi.
Oqsoch kampirga qarashib yuradigan va belini 
tang‘ib bog‘lab olganidan tiqmachoqdekligi ko‘ri-
nib turgan o‘rta yoshli satang bir xotin bor edi; 
uning satangligi shunday ediki, ko‘ylagiga doim 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling