Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
221
Taras Bulba yopishqoq pushtirang g‘unchasi bosh tortib o‘sib ketgan «qariqizlar» chakalak bo‘lib, hamma yo‘lni bosib ketgan edi. Chetandek o‘ralashib, chakalak bo‘lib ketgan har xil daraxt va butalar tepasiga tashlangan to‘rdek tushgan chirmoviqlar, yovvoyi qo‘ng‘iroq gullarga qo‘shilishib tanob tashlab, osilib-osilib yotibdi. Chorbog‘ning bir chekkasi- dagi chetan devordan naryoqqa qaralmasdan su- purgi o‘t bosib ketgan maydon bo‘lib, o‘t shunday yo‘g‘on tortib, g‘ovlab ketgan ediki, mabodo, birov o‘roq bilan o‘rmoqchi bo‘lsa, o‘rog‘i sinar edi. Fal- safashunos chetan devordan oshib tushmoqchi bo‘lganda tishlarigacha qaltirab, yuragi shun- day qattiq ura boshladiki, o‘zi ham qo‘rqib ket- di. Ro‘dapo etagi birov yerga mixlab qo‘ygandek sudralar edi. Devordan oshib tushishga ulgur- magan edi, birovning: «Qayoqqa borasan, qayoq- qa?» degan shovqinidan qulog‘i shang‘illab ketdi. U darrov o‘zini o‘t ichiga oldi-yu, eski ildizlarga qoqilib-suqilib, ko‘r sichqonlarni bosib-yanchib qoch di. Supurgi o‘t ichidan yalanglikka chiqib olsam, nariyog‘i tikanak, tikanakka kirib olsam marra meniki, to‘ppa-to‘g‘ri Kiyev yo‘liga chiqsam kerak, der edi. Yalanglikdan o‘tib to‘satdan ti- kanakka kirib qoldi. Parcha-parcha etaklari ti- kanakda ilinib qolib, sayhonroq yerga chiqdi. Shoxlari tarqalib o‘sgan tol egilib, yerga tegay- tegay deb turardi. Kichkina buloqchaning suvi kumushdek tiniq. Falsafashu nosning avvalo qil- gan ishi shu bo‘ldiki, yotib suv ichib oldi, chunki nihoyatda chanqagan edi. Labini arta turib: «Zab suv ekan-da! Birpas dam olay», – dedi. – Yo‘q qochganimiz ma’qul, yetib oladilar! Bu so‘zlarni birov xuddi tepasiga kelib aytdi. Qayrilib qarasa, oldida Yavtux turibdi. 222 Nikolay Gogol «Badbaxt Yavtux, oyog‘ingdan ko‘tarib yerga ursam… Ta’viya aftingni-yu, boshqa hech ye- ringni qo‘ymay so‘yil bilan xo‘b do‘qillatsam» deb qo‘ydi falsafashunos ichida jahl bilan. Yavtux yana: – Muncha aylanib bekor qilding, og‘ilxona yonidan to‘ppa-to‘g‘ri o‘tib, men yurgan yo‘ldan yursang, yaxshi bo‘lardi, so‘ngra to‘ningga ham achinaman, movuti toza ekan, gazini qanchadan olgan eding? Kel endi, xo‘b sayil qildik, endi uyga qaytsak ham bo‘lar, – dedi. Falsafashunos boshini qashib, Yavtuxning ketidan boraverdi. «La’nati ajina endi tazirimni beradi-ku! Biroq menga nima bo‘ldi, nimadan qo‘rqaman? Erkak emasmanmi? Ikki kecha o‘qi- dim, endi yana bir kechaga Xudoning o‘zi ma- dadkor. Xudo urgan ajina, xo‘b gunohga botgan ekan-da, bo‘lmasa, shayton muncha yo‘qlamas edi uni», – dedi ichida. Yuzboshining hovlisiga kirib kelganda uning miyasi shu xil xayollar bilan band edi. Bunday o‘ylar bilan o‘zini mardona tutib, gohida ombor- chining yordami bilan boyning yerto‘lasiga tu- shishga haddi sig‘gan Doroshdan, yerto‘laga tushib, bir shisha may olib chiqqin deb so‘ra- di. Keyin ikki do‘st bostirma tagida o‘tirib, un- cha-muncha emas, yarim chelak mayni ichib oldilar; bir mahal falsafashunos o‘rnidan turib: «Mashshoqlarni keltiring, bo‘lmasa iloj yo‘q!» deb qichqiraverdi. Keyin mashshoqlarni ham kut- may, hovliga tushib, tapir-tupir o‘yinga tushib ketdi. Talaba tushgacha tinmasdan o‘ynayverdi, uning atrofida davra qurib olgan jami xizmatkor- lar turib-turib: «Shunday charchamay o‘ynay- 223 Taras Bulba digan odam ham bo‘larkan-da, tavba!» deyishib, tarqalib ketdilar. Aloha, falsafashunos ham char- chab, shu yerdagina yota qoldi. Kechqurun katta qo‘shquloqda to‘la sovuq suv sepmagunlaricha turmadi. Kechqurungi ovqat tepasida kazakning mardligi, hech narsadan qo‘rqmasligi to‘grisida xo‘b ezmalandi. – Qani jo‘naylik, vaqt bo‘lib qoldi, – dedi Yavtux. Falsafashunos ichida: «Tiling kuysin, badbaxt to‘ng‘iz! – dedi-yu o‘rnidan turib, – yur», – dedi. Yo‘lda falsafashunos hadeb har tomonga alanglar, gohida hamrohiga so‘z qotib qo‘yar, le- kin Yavtux indamas, Dorosh bo‘lsa o‘zi kamgap edi. Osmon tim qorong‘i, olisdan bo‘rilarning uvillagan ovozi kelar, itlarning vovillagani ham allanechuk vahimali edi. – Uvillayotgan bo‘ri emas, boshqa bir narsaga o‘xshaydi, – dedi Dorosh. Yavtux indamadi. Fal- safashunos ham hech narsa deyolmadi. Ular butxonaga yaqinlashib, uning eskirgan yog‘och peshtoqi tagiga yetdilar. Butxonaning xarobaligi, bu atrofning egasi bo‘lgan boy, Xu- doni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘z imonini ham o‘ylama- ganligini ko‘rsatar edi. Yavtux bilan Dorosh yana uni yolg‘iz tashlab chiqib ketdilar. Butxonaning ichi o‘sha-o‘sha, kecha qanday vahimali bo‘lsa, hali ham shunday. U bir zum to‘xtadi. La’nati ajinaning tobuti o‘rtada turibdi. «Qo‘rqmayman, Xudo haqqi qo‘rqmayman!» dedi-da, yana gir atro- fini chizib, bilgan duolarini o‘qiyverdi. Kishining vahimasi keladigan jimjitlik. Lipillab yonib turgan shamlardan butxona yorug‘. Falsafashunos bir varaqni ochdi, keyin yana bir varaqladi, keyin qa- rasa, kitobda yo‘q narsalarni o‘qiyotgan ekan. Quti |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling