Kbk: 84(Ros-Rus)
III BOB Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich orala
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
III BOB
Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich orala riga nizo tushgandan so‘ng bo‘lgan voqealar Shunday qilib, Mirgorod shahrining obro‘si va savlati bo‘lgan ikki hurmatli zot bir-birlari bi- lan arazlashib qoldilar, tag‘in nima uchun deng? Behudaga, birini biri erkak g‘oz degani uchun! 249 Taras Bulba Bir-birlarini ko‘rgani ko‘zlari qolmadi, kirish- chi qishlari barham yedi, holbuki, avval hamma ularni ayrilmas do‘st deb bilardi. Darvoqe, bu- runlari Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich odam yuborib, bir-birlarining hol-ahvolidan xa- bardor bo‘lib turardilar, har qaysisi o‘z ayvonida turib shunday shirin so‘zlashar edilarki, ularning bu so‘zlarini eshitgan odam huzur qilar edi. Har yakshanba kuni Ivan Ivanovich chakmonini, Ivan Nikiforovich bo‘lsa burma bel kamzulini kiyib, bir-birlarini qo‘ltiqlashib, butxonaga borar edilar. Ivan Ivanovichning ko‘zi ravshanroq bo‘lganidan, yo‘lda keta turib, Mirgorodning ba’zi ko‘chalarida bo‘ladigan ko‘lob suvga yoxud boshqa shunday ifloslikka ko‘zi tushib qolsa, darrov Ivan Nikiforo- vichni ogohlantirib: «Hazir bo‘ling, oyog‘ingiz bu iflos chuqurga tushib ketmasin», – der edi. Ivan Nikiforovich ham, o‘z navbatida, Ivan Ivanovich- ga bo‘lgan do‘stligini doim izhor qilmoq yuzasi- dan, qayerda uchrashib qolsalar, uzoqdan bo‘lsa ham darrov burnakisini tutib: «Marhamat», – der edi. Ikkovining ham uy-joyi qanday yaxshi edi! Mana shunday qalin do‘stlar... Ular o‘rtasiga tushgan nizoni eshitganimda boshimga to‘qmoq tekkandek bo‘lib hayron qoldim! Ko‘p vaqtgacha hech ishongim kelmay yurdim! Xudoyo tavba! Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich urishib qolibdilar-a? Shunday obro‘li odamlar! Yorug‘ dunyoda baqolik hech narsa yo‘q ekan-da! Ivan Ivanovich uyiga qaytgach, hech tinchiy olmadi. Burunlari u, eng avval otxonasiga kirib, biyasining yem-xashagidan xabar olardi (Ivan Ivanovichning biyasi – saman qashqa juda yax- shi ot edi), so‘ngra kurka tovuqlari va qo‘ylari- ga o‘z qo‘li bilan ovqat berganidan keyin, uyiga 250 Nikolay Gogol kirib yo yog‘ochdan har xil idishlar yasar, yo esa ayvonda yotib dam olar edi (Ivan Ivanovich har xil yog‘och idishlar yasashga juda hunarmand bo‘lib, uncha-muncha ustadan qolishmas edi), yoki Lu- biy, Gariy va Popov matbaasida bosilgan kitoblar- ni o‘qir edi (o‘qigan kitoblarining ismini eslay olmas edi, chunki xizmatchi xotin bolala rining ko‘ngliga qarab kitobning muqovasini yirtib yuborgan edi), yoki ayvonchada istirohat qilar edi. Endi bo‘lsa bu ishlarning hech qaysisini qilmadi. Gapka osh xonaga don tashib turgan bo‘lsa ham, uni ko‘rib qolib: «Nega bekor sang‘ib yuribsan», – deb koyib ketdi, hamma vaqt biror narsaning ta’masi bilan eshik tagiga ke- lib donlab ketadigan xo‘roz bugun ham shu yerda hozir-u nozir edi, kaltak olib quv ladi, ko‘ylagi yirtiq- yamoq, kir bosgan bola: «Ota, ota, holva bering!» deyishi bilan bechoraga shunday dag‘dag‘a qildiki, bola faqir qo‘rqqanidan ura qochdi. Bir fursat o‘tgach es-hushini yig‘ib olib, o‘z yu- mushlari bilan band bo‘lib ketdi. Kechki paytga borib ovqatlandi, keyin dam oladigan ayvoniga chiqib yotdi. Gapkaning kaptar sho‘rvasi erta- labki noxushlikni tarqatdi, shekilli, Ivan Iva- novich yana avvalgidek zavq-shavq ichida ro‘zg‘or ishlari bilan ovora bo‘lib ketdi. Bir mahal ko‘zi qo‘shni sining hovlisiga tushib: «Bu kun Ivan Ni- kiforovichning oldiga chiqqanim yo‘q, bir kirib chiqay», – dedi o‘zicha. So‘ngra tayog‘i bilan bosh kiyimini olib, ko‘chaga chiqqani hamon urishib qolgani esiga tushib, «Tuf!» deb orqasiga qaytdi. Ivan Nikiforovichning hovlisida ham shunday bir hol ro‘y berdi. Ivan Nikiforovich xizmatchi kam- pir bu hovliga o‘tmoq uchun endi chetan devorga oyoq qo‘yishi bilan u yoqdan Ivan Nikiforovich- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling