Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

244
Nikolay Gogol
– Men hayron bo‘lamanki, qanday qilib, Ivan 
Ivanovich, bu gaplarga tilingiz bordi. Echkingizni 
men nima qilaman? Shaytonning ma’rakasiga 
so‘yamanmi?
– Shaytonni og‘izga olmasangiz, hech bo‘lmas 
ekan-da? Gunohga botasiz, azbaroyi Xudo, 
gunohga qolasiz, Ivan Nikiforovich!
– Axir, Ivan Ivanovich, bu qanday gapki, 
miltiq badaliga allaqanday betayin bir maxluqni 
bermoq chi bo‘lasiz!
– Ivan Nikiforovich, nega echki betayin ekan?
– Axir o‘zingiz yaxshiroq o‘ylab ko‘ring, miltiq 
degan matohni hamma biladi; echkining nima-
ligini kim biladi? Agar bu gapni menga sizdan 
bo‘lak odam aytgan bo‘lsa, haqorat deb bilardim.
– Xo‘sh, echkining nimasi yomon sizga?
– Axir siz meni kim deb o‘yladingiz? Men ech-
kini...
– O‘tiring, o‘tiring!.. Tavba qildim... Miltig‘in-
giz o‘zingizga buyursin, menga desa, hujrangizda 
zanglab, chirib ketsin: bundan keyin bu to‘g‘rida 
gapirishni ham istamayman.
Shundan so‘ng jimib qoldilar.
Birozdan keyin Ivan Ivanovich yana gap ochib:
– Uch podsho bir bo‘lib, bizning podshomizga 
urush ochgan emishlar, – dedi.
– Ha, Pyotr Fyodorovich aytgan edi. Qanday 
urush ekan? Sababi nima ekan?
– Ivan Nikiforovich, chamasi, sababini bilib 
bo‘lmaydi, shekilli. Uch podsho bir bo‘lib bizlar-
ni turk diniga kirgizmoqchi bo‘lsalar kerak deb 
o‘ylayman.
Ivan Nikiforovich boshini ko‘tarib:
– Voy ablahlar, ho, qarang-a? – dedi.


245
Taras Bulba
– Mana, ko‘rdingizmi, bizning podshoyimiz shu 
vajdan ularga qarshi urush ochibdi. «Yo‘q, o‘zin-
giz bizning dinimizga – Iso diniga kiring», – debdi 
podshoyimiz.
– Nima deysiz, Ivan Ivanovich? Biznikilar zo‘r 
chiqar.
– Ha, zo‘r chiqadilar. Shunday qilib, Ivan Niki-
forovich, miltiging‘izni alishmaysizmi?
– Ivan Ivanovich, o‘zingiz xo‘b olim kishisiz, ga-
pingiz tentaklarnikiga o‘xshaydi, axir men ahmoq 
bo‘pmanmiki...
– O‘tiring, o‘tiring, Xudo olsin, keragi yo‘q! 
Menga desa chirib ketsin. Endi gapirmayman.
Shu onda dasturxon keltirdilar; Ivan Ivanovich 
bir qadahni ichib, qaynoq somsani yeb oldi.
– Menga qarang, Ivan Nikiforovich, men sizga 
haligi echkidan boshqa yana ikki qop suli ham 
berayin, siz suli ekkaningiz yo‘q-ku. Bu yil bari-
bir suli sotib olasiz.
Azbaroyi Xudo, Ivan Ivanovich, siz bilan 
gaplashadigan kishi avval no‘xatga xo‘b to‘yib 
olmog‘i kerak! (Bu hali holvasi: Ivan Nikiforovich-
ning og‘zidan bundan battar gaplar ham chiqa-
di). Butun boshli bir miltiqni ikki qop suliga kim 
alishibdi? Egningizdagi po‘stinga-ku alishtirgin-
giz kelmaydi-a?
– Lekin, Ivan Nikiforovich, uning ustiga yana 
haligi echkini ham bermoqchi bo‘lganimni unut-
mang!
– Nima! Shunday miltiqqa ikki qop suli bilan 
bitta echkimi?!
– Xo‘sh, nima bo‘libdi, ozmi?
– Miltiqqa-ya?!
– Albatta, miltiqqa.


246
Nikolay Gogol
– Shunday miltiqqa ikki qop?
– Ikki bo‘sh qop emas axir, sulisi bilan, echkini 
unutdingizmi?
– Bag‘ringizga bosib, erkalab yotavering o‘zin-
giz o‘sha echkingizni, agar buni xohlamasangiz, 
shaytonni bag‘ringizga bosing!
– Ana xolos... sizga sal tegsa, bas... Ko‘rasiz, 
bunday bediyonat so‘zlar uchun u dunyoda tilin-
gizga bigizni qizdirib tiqarlar. Siz bilan gapla shib 
bo‘lgandan so‘ng odam bet-qo‘lini yuvib, boshiga 
suv olmasa bo‘lmaydi.
– O‘zingiz insof qiling, Ivan Ivanovich: miltiq 
juda noyob narsa, juda g‘alati ermak buyum, 
buning ustiga, uyga ham yaxshi ziynat...
Ivan Ivanovichning achchig‘i chiqa boshlaga-
nidan, endi:
– Siz, Ivan Nikiforovich, miltig‘ingizga devona 
to‘rvasiga yopishganday yopishib olibsiz, – dedi 
alam bilan.
– Siz, Ivan Ivanovich, xuddi erkak g‘ozga 
o‘xshaysiz!
Agar Ivan Nikiforovich shu so‘zni aytmasa, ik-
kalasi biroz mojarolashib, do‘stliklariga halal yet-
mas edi. Lekin bu daf’a ish teskarisiga aylanib, 
Ivan Ivanovichning juda jahli chiqib ketdi.
– Nima dedingiz, Ivan Nikiforovich? – deb 
baqirdi.
– Men, Ivan Ivanovich, sizni erkak g‘ozga 
o‘xshaysiz dedim.
– Janobingiz, odamning darajasi va nom-u 
nasabiga ehtirom va odob bilan qaramoqni yod-
dan chiqarib, bunday haqoratomuz nom bilan 
meni beobro‘ qilishga nechuk jur’at qildingiz?


247
Taras Bulba
– Nimasi haqorat buning? Xo‘sh, Ivan Ivanovich, 
qo‘lingizni muncha paxsa qilib gapirasiz, axir!
– Takror so‘rayman: nega siz odob-axloqqa 
rio ya qilmay, meni erkak g‘oz dedingiz?
– Basharangizga tupurdim, Ivan Ivanovich? 
Buncha tovuqday qaqillaysiz?
Ivan Ivanovichning sabr-toqati qolmadi; lab-
lari dir-dir titradi, og‘zi burishib qiyshayib ket-
di, ko‘zlari shunday o‘ynab, pirpiradiki, qaragan 
odam qo‘rqar edi. Ivan Ivanovich nihoyatda ach-
chiqlanganda bunday bo‘lmasa, boshqa mahalda 
hech bunday bo‘lmas edi.
Ivan Ivanovich zarda bilan achchiqlanib:
– Men ham sizga aytamanki, sizdaqa odamni 
pisand ham qilmayman.
– Azbaroyi Xudo, zarracha g‘am yemayman, – 
dedi Ivan Nikiforovich.
Lekin Xudo ursinki, bu gapi yolg‘on edi, chun-
ki bu gap unga juda alam qilgan edi.
Bundan keyin ostonangizga qadam qo‘ymay-
man.
– O‘ho‘! – dedi Ivan Nikiforovich, lekin o‘zi, ala-
miga chidamasdan, nima qilishini bilmay o‘rni-
dan tikka turib ketdi.
– Hoy kampir, hoy bola! – deb qichqirgan 
hamon eshikdan haligi arvoh kampir bilan uzun 
ro‘dapo kamzulga o‘ralashgan pakana bo‘yli bir 
bola kirib keldi:
– Bu kishini qo‘lidan ushlab, tashqariga chiqa-
rib qo‘yinglar! – deb amr qildi u.
Ivan Ivanovich bunday beobro‘ bo‘lganligiga 
nihoyat darajada achchiqlanib:
– Mendek asilzodani-ya? Qani, yaqinimga ke-
lib ko‘ring-chi, ahmoq xo‘jayiningiz bilan birga 


248
Nikolay Gogol
qo‘shib abjag‘ingizni chiqarayki, qarg‘a cho‘qi-
guday yeringiz ham qolmasin! – dedi. (Ivan Iva-
novich jahli chiqqanda juda boplab gapirar edi).
To‘rtovining turishi juda g‘alati edi. Ivan Niki-
forovich qip-yalang‘och bo‘lib uyning o‘rtasida tu-
rardi. Kampir bo‘lsa quti o‘chib, og‘zini ochib ang-
rayib qolgan edi. Ivan Ivanovich bo‘lsa, qa dimgi 
Rim notiqlari singari qo‘lini ko‘targancha turardi. 
Ularning bu holati g‘alati bir tomosha edi. Le-
kin tomoshabin haligi ro‘dapo kamzul kiygan va 
burnini kavlab bemalol turgan bola edi, xolos!
Ivan Ivanovich aloha bosh kiyimini qo‘liga oldi.
– Siz, Ivan Nikiforovich, «juda yaxshi» muoma-
la qildingiz. «Juda yaxshi!» Bir kun men ham siz-
ga qaytaraman.
– Yo‘qoling, Ivan Ivanovich, yo‘qoling! Ehti-
yot bo‘ling, qo‘limga tusha ko‘rmang! Tushguday 
bo‘lsangiz, abjag‘ingizni chiqaraman!
Ivan Ivanovich bosh barmog‘ini panjasi orasi-
dan ko‘rsatib:
– Bu gapingizga, Ivan Ivanovich, mana bu, – 
dedi va eshikni shunday qattiq yopdiki, yopilgan 
eshik yana ochilib ketdi.
Ivan Nikiforovich eshikka yaqin kelib, yana bir 
narsa demoqchi edi-ku, ammo Ivan Ivanovich orqa-
siga qaramasdan, allaqachon chiqib ketgan edi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling