Kbk: 84(Ros-Rus)


IV BOB Mirgorod shahar sudi mahkamasida bo‘lib


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

IV BOB
Mirgorod shahar sudi mahkamasida bo‘lib 
o‘tgan voqealarning bayoni
Ko‘p chiroyli shahar-da Mirgorod. Har qanaqa 
imorat desangiz bor! Tomi poxol, qamish, hatto 
taxta bilan yopilgan uylar bor! O‘ngga yursangiz 
ko‘cha, chapga yursangiz ko‘cha, hammasi chi-
royli chetan devorlar, devorlarni chirmovuqgul 
bosgan, xurma-yu xurmachalar osilgan, devor 
orqasida oftobdek basharasini ko‘rsatib kunga-
boqarlar qarab turadi, qizarib turgan ko‘knorlar, 
katta-katta qovoqlar... Gasht! Chetan devorlarga 
har narsalar osilganidan yana chiroyli ko‘rina-
di. Bir yoqda ko‘ylak, bir yoqda lozim, har balo 
osig‘liq. Mirgorodda o‘g‘rilig-u qalloblik yo‘qli- 
gidan har kim xohlagan narsasini devoriga osib 
qo‘yaveradi. Agar bozor joyidan o‘tib qolsangiz, 
albatta, birpas to‘xtab tomosha qilasiz. G‘alati 
ko‘li bor, hech qayerda bunday ko‘l ko‘rmagan-
dirsiz! Bozorning salkam hammasi shu ko‘lga 


256
Nikolay Gogol
chiqib ketgan. Juda g‘alati ko‘l! Olisdan qaragan-
da poxol g‘aramiga o‘xshagan uylar ko‘lning to‘rt 
tomoniga to‘planishib, ko‘lning xush manzarasini 
tomosha qilayotganga o‘xshaydilar.
Lekin, fikrimcha, bu shaharda sud uyidan 
yaxshi uy yo‘qdir. Eman yog‘ochidan solinganmi, 
yo qayindanmi – bu bilan ishim yo‘q, lekin, ey 
azizlar, uning sakkizta derazasi bor! Qator sakkiz 
deraza! Hammasi, shahar hokimining qavli bilan 
aytganda, hali men aytgan «ko‘l» degan suvga va 
bozorga qarab turadi. Butun Mirgorod shahrida 
birgina shu uy chaqmoq toshi rangiga bo‘yalgan, 
qolganlarining barisi oqartirilib qo‘yilgan, xolos. 
Tomi taxtadan, agar bo‘yoq uchun tayyorlangan 
yog‘ini mahkama mirzalari piyozga qo‘shib yeb 
qo‘ygan bo‘lmasalar va buning ustiga mazkur 
voqea ro‘za kunlarida bo‘lmasa edi, uyning tomi 
qizil bo‘lar edi. Uyning darvozasi bozorga qara-
gan, darvozaxonada qachon qarasangiz, tovuqlar 
yugurishib yuradi, chunki bu yerga doim tariq 
va boshqa donlar sochilib qoladi! Ammo bu 
donlarni hech kim ataylab sepmaydi, iltimos-
ga kelganlar ning beparvoliklari orqasida to‘kilib 
qoladi. Uyning ikki bo‘lagi bor, biri – mahkama, 
ikkinchisi – qamoqxona. Imoratning mahkamaga 
xoslangan qismida ozoda qilib qo‘yilgan ikki xona 
bor, biri arzga kelganlar o‘tiradigan doloncha, ik-
kinchisi siyoh to‘kilib dog‘-dug‘ bo‘lgan stol qo‘yil-
gan uy. Stol tepasida tumor tug‘rosi
1
. Suyan-
chig‘i baland-baland to‘rt kursi, devor tagida shi-
koyatlar saqlanadigan temir qoplama sandiqlar. 
1
Chor Rossiyada «adolat» belgisi bo‘lgan tumor lavha
ustiga chor hukumatning tug‘rosi bo‘lgan juftanqush 
qo‘ndirilgan bo‘lar edi.


257
Taras Bulba
Sandiqlardan biri tepasida qora moy surtilgan bir 
poy etik.
Sud so‘rog‘i ertalabdan boshlandi. Semizligi 
Ivan Nikiforovichcha bo‘lmasa ham, yo‘g‘ondan 
kelgan sudya, yog‘ bosgan to‘nini kiyib olib, qo‘li-
da tamaki, oldida bir piyola choyni qo‘yib, sud 
a’zosi bilan chaqchaqlashib o‘tirardi. Sudyaning 
yuqori labi burnining tagiga yopishganligidan 
burni, labini xohlagancha hid va bu lab tamaki 
qutisi vazifasini o‘tar edi, chunki burniga tashla-
gan tamaki labida qolar edi. Shunday qilib, sudya 
o‘z noibi bilan gaplashib o‘tirardi. Yalang oyoq bir 
qiz bir chekkada patnisda choy ko‘tarib turardi.
Stolning bir boshida kotib hukmnomani o‘qir-
di va shunday bir mujmal ohangda o‘qirdiki, 
buni eshitganda aybdor ham uxlab qolardi. Agar 
sudya chaqchaqlashib o‘tirmagan bo‘lsa, avval 
uning o‘zi uxlab qolardi.
Sudya piyolada sovib qolgan choydan bir 
ho‘plab olgach:
– Men atayin ularning yaxshi sayramog‘i uchun 
nima qilmoq lozimligini bilmoqchi bo‘ldim. Bun-
dan ikki yil burun bir yaxshi maynam bor edi. 
Nima bo‘ldi deng? To‘satdan aynib qolib, allaqan-
day xunuk sayray boshladi. Keyin borgan sari bat-
tarlashdi; bora-bora sayrashi juda buzilib, xirillab 
qoldi. Holbuki, bu illatning sababi anchayin bir 
narsa ekan! Tomog‘iga no‘xatcha ham kelmay-
digan bir g‘udda chiqqan ekan, shu g‘uddani nina 
bilan teshsa bo‘ldi. Buni menga Zaxar Prokofyev-
ich o‘rgatib qo‘ygandi, agar istasangiz, voqeasini 
sizga so‘zlab beray: bir kuni unikiga bordim...
Hukmnomani o‘qib bo‘lgach, birpas to‘xtagan 
kotib sudyaning so‘zini bo‘lib:



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling