Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

261
Taras Bulba
– Demyan Demyanavich, bu nozik ish, so‘z bi-
lan aytib tushuntirib bo‘lmaydi, yaxshisi, arizani 
o‘qittirib ko‘ring. Mana bu tomonidan o‘qiting, bu 
yerida nojo‘yalik yo‘q.
Sudya kotibga qarab:
– Qani, Taras Tixonovich, o‘qib bering-chi? – 
dedi.
Taras Tixonovich arizani olgach, sud kotibla-
ridek ikki barmog‘i bilan burnini qoqib, so‘ngra 
o‘qishga kirishdi:
«Mirgorodning asilzoda boyonlari toifasiga 
mansub bo‘lgan Ivan Ivan o‘g‘li Pererepenkodan 
ariza, shu to‘g‘ridakim:
1. O‘zining nojo‘ya iflos va yaramasligi bilan bu-
tun dunyoga mashhur bo‘lgan, battol va yomon-
likda hech chegarani bilmagan Ivan Nikifor o‘g‘li 
Dovgochxun, ushbu 1810-yil 7-iyulda, mening 
sha’nimga va shu bilan baravar nasl-u nasa-
bimga nihoyatda og‘ir tahqir yetkazib, haqoratli 
so‘zlar bilan so‘kdi va obro‘yimni to‘kdi. Mazkur 
asilzodaning o‘zi ham, chehrasi ham xunuk va 
badbashara bo‘lgani ustiga yana haqoratgo‘ylik 
ta’biga g‘olibdir, va so‘zlagani yakkash kufrdir, 
o‘zi Xudo bexabar dahriydir!»
Shu joyga kelganda kotib burnini yana qoqib 
olmoq uchun to‘xtadi. Sudya bo‘lsa, qo‘lini qo-
vushtirib, ta’zim bilan o‘tirar va labini pichirlatib:
– Qanday o‘tkir qalam, Xudoyo tavba! Shun-
day ham yozadimi odam! – der edi.
Ivan Ivanovich narigi yog‘ini ham o‘qishni 
so‘radi, Taras Tixonovich ham davom etdi:
Mazkur asilzoda Nikifor o‘g‘li Dovgochxun, 
men uni oshna bilib do‘stona bir taklif bilan 
unikiga kirganimda, mening sha’nimga haqorat 


262
Nikolay Gogol
bo‘lib tushgan so‘zlar bilan haqorat qilib, xaloyiq 
nazarida obro‘yimni to‘kdi. Masalan meni: «Erkak 
g‘ozsan», – dedi; vaholanki, Mirgorod shahrining 
tamomiy aholisiga ma’lumdirki, mazkur past 
maxluqning nomi hech qachon menga qo‘yil-
gan emas va bundan nari ham bu nomni o‘zim-
ga taqmoq niyati da emasman. Ulug‘ asilzodalar 
naslidan ekanligimga «Uch avliyo» butxonasida 
saqlanayotgan tug‘ilish daftari dalildir. Mazkur 
daftarda mening tug‘ilgan kunim bilan baravar 
ism-sharifim ham bitilgandir. Erkak g‘oz degan 
nom ilmdan oz-moz bahramand bo‘lgan har bir 
kishiga ma’lumdirki, tug‘ilish daftariga hech qa-
chon qayd qilinmaydi, zeroki, mazkurning odam 
bo‘lmasdan parranda bo‘lgani, hatto maktab 
ko‘rmagan kishilarga ham yaxshi ma’lumdir; 
lekin mazkur nobakor buni xo‘b yaxshi bilsa 
ham, boshqa bir g‘araz bilan emas, balki mening 
sha’nimga va nasl-nasabimga haqorat yetkazish 
va obro‘yimni tushirish g‘arazida kaminani ush-
bu yaramas ibora bilan haqorat qildi.
2. Mazkur badaxloq va beodob asilzoda, bu-
ning ustiga mening otameros mulkimga, ya’ni, 
ruhoniy 
lardan bo‘lmish marhum padari buz-
rukvorim Ivan Onisi o‘g‘li Pererepenkodan me-
ros tariqasida tegmish joyimga tajovuz qildi, chu-
nonchi, masalan, qonun-qoidalarga xiloflik qilib, 
g‘ozlar katagini mening eshigim ro‘parasiga 
qo‘ndirib qo‘ydi va bu ishni u sha’nimga yetkaz-
gan haqoratni oshirmoqdan bo‘lak g‘araz bilan 
qilmadi, chunki mazkur g‘ozlar katagi hozirgacha 
olisroq, yaxshi joyda turar edi, va hali ancha mah-
kam va mustahkam edi. Ammo mazkur asilzo-
daning bu ifloslikni qilishdan mening boshimga 


263
Taras Bulba
biror yomon kulfatni solishdan boshqa maqsadi 
yo‘q edi. Chunki katagiga, xususan, g‘ozlar kata-
giga hech kim yaxshi ish bilan kirmasligi ham-
maga ma’lum, kirgan taqdirda ham bir nojo‘ya 
yaramas ish bilan kiradi. Buning ustiga, mazkur 
katakning ikki yog‘i, ya’ni, bir juft ustunchasi ka-
minaning mulkiga ham daxl qilib chiqib turibdi, 
ammo mazkur mulk esa rahmatlik padari buz-
rukvorim Ivan Onisi o‘g‘li Pererepenkoning ha-
yotligidayoq menga tekkan edi va o‘zi bir parcha 
yer bo‘lib, omborning eshigidan tortib, to xotinlar 
tuvak yuvadigan joygacha kelardi.
3. Faqat nomini eshitganda ham kishining 
nafrati qo‘zg‘aladigan mazkur asilzoda meni o‘z 
uyimda yondirib o‘ldirish kabi shum niyatni, 
ko‘nglida saqlaydi. Buning beshak va beshub-
ha alomatlari quyida aytilganlardan ma’lumdir: 
avval mazkur nobakor asilzodani o‘z xonasidan 
tez-tez tashqariga chiqmoqqa boshladi, o‘zi-
ning xush yoqmasligi va badani haddan tashqari 
semizligi sababidan avvallari bu ishni qilmasdi: 
so‘ngra rahmatli padari buzrukvorim Ivan Oni-
si o‘g‘li Pererepenkodan qolgan bir qit’a yerimni 
ihota qilib turuvchi devorga kelib taqalgan maz-
kur asilzodaga qarashli mehmonxonada har kun 
allamahalgacha chiroq yonib turadiki, bu ham 
yuqorida aytilgan gaplarning aniq dalilidir chun-
ki alholgacha mazkur asilzoda o‘zining baxil va 
xasisligi sababidan toza sham u yoqda tursin, 
hatto qora jin chirog‘ini ham o‘chirib qo‘yar edi.
Shuning uchun so‘raymanki, mazkur asilzoda 
Ivan Nikifor o‘g‘li Dovgochxunni mening uyimga 
o‘t qo‘yishda va mening sha’nimga haqorat yetka-
zishda, mulkimga qasd qilishda aybli bo‘lganidan 



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling