Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
264
Nikolay Gogol va buning ustiga hammasidan battari – nomimga erkak g‘oz degan nomni razolat va haqorat yo‘sin- da qo‘shilganidan mazkurni jarima bermoqqa va ham yetkazgan zararni to‘lamoqqa hukm qilgay- siz va yomonlik qilganligi sababidan o‘zini ki- shanga solib, bandi qilib, shahar qamoqxonasiga yuborgaysiz va ushbu arizam yuzasidan darhol chora ko‘rgaysiz. Qalam tebratuvchi va yozuvchi Mirgorod shahri ning asilzoda mulkdor boylari- dan Ivan, Ivan o‘g‘li Pere repenkodirman». Ariza o‘qilib bo‘lgach, sudya Ivan Ivanovich- ning yoniga kelib tugmasidan ushlab, taxminan shu zaylda gap boshladi: – Nima qilganingiz bu, Ivan Ivanovich? Xudodan qo‘rqing. Keching bu arizangizdan, shaytonga na- sib qilsin u. Qaytaga Ivan Nikiforovich bilan qo‘l berib ko‘rishing, oliy sifat may toping, juda bo‘lma- sa osongina sharob tayyorlang, meni chaqiring, birga-birga ichaylik va adovatni tashlaylik! – Yo‘q, Demyan Demyanavich! Bu unaqa siz aytgan ishlardan emas, – dedi Ivan Ivanovich, hamma vaqt o‘ziga yarashgan kerilmachog‘lik bi- lan. – Bu murosa bilan bitadigan ish emas. Xayr, xayr endi, afandilar, – dedi haligidek savlat bi- lan, hozir bo‘lganlarning hammasi bilan xayrla- shib. – Arizam oqibatsiz qolmas, amal qilsa kerak deb umid qilaman. – U hammani hayron qoldirib chiqib ketdi. Sudya o‘tirgan joyida indamay sukut qilib qol- di. Kotib burnaki hidladi, mahkamadagilar si- yohdon o‘rniga ishlatilayotgan shisha idishni ag‘darib yubordilar va sudyaning o‘zi ham pari- shonlikdan qog‘ozga to‘kilgan siyohdan ko‘z uz- may qoldi. 265 Taras Bulba Biroz jimlikdan so‘ng sudya: – Siz nima deysiz bu to‘g‘rida, Dorofiy Trofi- movich? – deb so‘radi noibidan. – Hech narsa deyolmayman, – dedi noibi. – Shunaqa ham ishlar bo‘lar ekan, – dedi sudya. U bu gapni aytar-aytmas, eshik g‘irchillab, Ivan Nikiforovichning boshi bilan to‘shi ichkarida ko‘rindi; gavdasining qolgan qismi hali dahlizda edi. Ivan Nikiforovichning birdan kelib qolishi, yana tag‘in sud mahkamasiga kelishi bu yerda- gilarni juda ajablantirdi, hatto sudya qichqirib yubordi, kotib o‘qishni bas qildi, kalta frakka o‘xshagan kamzul kiygan bir mirza po‘lat qala- mini og‘ziga tiqqanicha ag‘rayib qoldi, yana biri og‘ziga qo‘ngan pashshani yutib yubordi. Xat tashuvchi va darvozabon vazifasini bajaruvchi, yelkasi yamoq iflos ko‘ylagi bilan eshik oldida qashinib turgan cho‘loq ham ag‘rayganidan al- lakimning oyog‘ini bosib oldi. – Ey, qanday shamol uchirdi? Qalaysiz, sog‘-sa- lomat bormisiz, Ivan Nikiforovich? Lekin Ivan Nikiforovichning na o‘lik va na ti- rik ekani bilinmas, eshik orasiga tikilib qolib na bu yoqqa kira olar, na u yoqqa chiqa olar edi. Sudya dahlizdagilardan birovga: «Uni ichkari- ga itarib yuborgin», – deb har qancha qichqirsa ham bo‘lmadi, chunki u tomonda arzga kelgan bir kampirdan boshqa hech kim yo‘q edi va bu kampir qurigan-qurishgan qo‘llari bilan nima qila olar edi. So‘ng labi do‘rdaygan, burni cho‘mich- dek, g‘ilay ko‘zlaridan mastligi bilinib turgan, tir- sagi yirtiq bir mirza Ivan Nikiforovichning oldiga borib, ikki qo‘lini ko‘ksiga qovushtirib qo‘ygach, 266 Nikolay Gogol boyagi mo‘ysafid cho‘loqqa imo qildi. Cho‘loq tiz- zasini Ivan Nikiforovichning qorniga tirab itardi va uning voy-voylashiga qaramay, itarib, aloha, dahlizga chiqardilar. Keyin eshikning zulfinini chiqarib, ikkinchi tabaqasini ham ochdilar. Mir- za bilan uning yordamchisi cho‘loq nihoyatda zo‘riqqanlaridan chiqqan hovur mahkamaxonani birpas araqxonaga aylantirib yubordi. – Biror joyingiz mayib bo‘lmadimi, Ivan Nikiforo- vich? Volidamga aytay, sizga bir dori yuboradi, be- lingiz bilan orqangizga surting, darrov tuzalasiz. Lekin Ivan Nikiforovich kirgani hamon o‘zini kursiga tashladi va cho‘zib voy-voylashdan bosh- qa narsa deyolmadi. Nihoyat, holsizlik orqasida zo‘rg‘a-zo‘rga chiqqan ovoz bilan: – Marhamat qilmaydilarmi? – dedi va cho‘ntagidan burnaki qutisini olib yana: – oling, marhamat qiling! – dedi. – Sizni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim, bizning huzurimizga to‘satdan kelib qolib xo‘b xursand qildingiz, lekin bu qadam ranjidalarining sababi- ni bilolmasdan hayronman, – dedi sudya. – Iltimos bilan... – dedi-yu, boshqa hech narsa deyolmadi Ivan Nikiforovich. – Iltimos bilan, qanday iltimos? – Da’vo bilan... – dedi-yu, nafasi tiqilib, bir- pasgacha so‘zlayolmadi. – Voy... Muttaham!... Ivan Ivanovich Pererepenko ustidan da’vogarman. – Ana xolos! Siz hammi? Shunday qalin do‘st- lar-a, shunday saxovatli odamlar-a!.. Ivan Nikiforovich hansirab: – Iblisning o‘zi u, – dedi. Sudya cho‘qinib oldi. – Arizani oling, o‘qing! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling