Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

258
Nikolay Gogol
– Demyan Demyanovich, boshqasini o‘qisam 
ijozatmi? – deb so‘radi.
– Darrov o‘qib bo‘ldingizmi? Qarang, muncha 
tez, men eshitmay qolibman. Qani o‘zi? Qani bu 
yoqqa bering-chi, qo‘l qo‘yay, yana nimangiz bor?
– Sigir o‘g‘risi Bokit kazakning ishi bor.
– Xo‘p, o‘qing! Shunday qilib, bir kun unikiga 
borib qoldim. Meni qanday siylab mehmon qil-
ganini ham aytib beray. G‘alati baliq bilan araq 
ichdik. Lekin balig‘i biznikidek emas (shu yerga 
kelganda sudya kuldi va tamakini hidladi), bun-
da baqqollarimiz sotadigan baliqdan emas edi, 
sho‘r baliqdan yemadim, chunki o‘zingiz bilasiz, 
yesam me’dam qaynaydi. Ikradan tatib ko‘rdim; 
juda yaxshi ikra ekan! Har qancha maq tasak ar-
ziydi! So‘ngra ichiga xushbo‘y giyohlar solingan 
shaftoli arag‘idan ichdim. Zafar gulidan qilin-
gan araq ham bor edi. Bu araqni ichmaga nimni 
o‘zingiz bilasiz, chakki emas. Avval ishta hani 
xo‘b qo‘zg‘atib, so‘ngra yemoq... Shu paytda Ivan 
Ivanovich kirib qolib, sudya «Ey bormisiz, ko‘rin-
maysiz?» – deb qoldi.
Ivan Ivanovich yolg‘iz uning o‘zida bo‘lgan 
xushmuomalalik bilan har tomonga ta’zim qilib:
– Xudo madadkoringiz bo‘lsin! Omon bo‘ling-
lar! – dedi. Yopiray, muomalasi bilan hammani 
o‘ziga rom qilib oladi-ya. Bunday xushfe’llikni 
hech qayerda ko‘rmadim. O‘z martaba va obro‘si-
ni xo‘b yaxshi bilar va shuning uchun hamma 
uni hurmat qilsa, o‘zini bu hurmatlarga loyiq deb 
bilar edi. Ivan Ivanovichga sudyaning o‘zi kursi 
qo‘yib berdi va bir tortishda, tepa labidagi bur-
nakini taqir qoldirmay tortib oldi; bu qilig‘i uning 
juda xursandligidan dalolat berar edi.


259
Taras Bulba
– Xo‘sh, Ivan Ivanovich, nima yeyishni xohlay-
siz? Bir piyola choy ichadilarmi? – so‘radi sudya.
– Yo‘q, ko‘p tashakkur, – deb ta’zim qilib o‘tirdi 
Ivan Ivanovich.
Sudya yana takrorlab:
– Marhamat qilib, bir piyola choy iching, – dedi.
– Yo‘q, rahmat, iltifotingizga qulluq, – deb yana 
ta’zim qilib o‘tirdi.
Bir piyola iching axir, – dedi qistab sudya.
Ivan Ivanovich o‘rnidan turib, tag‘in ta’zim 
qilib:
– Zahmat chekmang, Demyan Demyanavich! – 
dedi.
– Bir piyola?
– Mayli, bir piyola ichsam icha qolay, – dedi 
Ivan Ivanovich va qo‘lini patnisga uzatdi.
– Yopiray, odam ham shunday xushfe’l bo‘la-
dimi! Yaxshi muomala odamga shunday yoqadi-
ki, aytib ado qilib bo‘lmaydi!
– Yana bir piyola bersam nima deysiz?
Ivan Ivanovich piyolani patnisga to‘ntarib 
qo‘ygach, yana ta’zim qilib:
– Taqsir, tashakkur, – dedi.
– Iltifotingizni ayamang!
– Hech icholmayman, ko‘p tashakkur, – de-
di-da turib, ta’zim qilib, yana o‘tirdi.
– Ivan Ivanovich, do‘stlik uchun yana bir piyo-
la iching!
– Yo‘q, ichmayman, bu hurmatlaringizga 
tashakkur! – shu so‘zni aytgach, ta’zim qilib, 
yana o‘tirdi.
Bir piyolagina, bir piyola iching!
Ivan Ivanovich qo‘lini patnisga uzatib, piyolani 
oldi.


260
Nikolay Gogol
Yopiray, shunday odobli, o‘z martabasini bil-
gan axloqli kishilar bo‘lar ekan-da!
Ivan Ivanovich oxirgi ho‘plam choyni ichib 
bo‘lgach, gap boshladi:
– Demyan Demyanavich, sizga zarur bir ish bi-
lan kelgan edim, da’voyim bor. – Ivan Ivanovich 
bu so‘zni aytib, piyolani patnisga qo‘ydi, tamg‘ali 
qog‘ozga yozilgan arizani chiqardi.
– Dushmanim, battol dushmanim ustidan arz.
– Kim ustidan?
– Ivan Nikiforovich Dovgochxun ustidan.
Sudya bu so‘zni eshitib, o‘tirgan joyidan yiqilib 
tushishiga oz qoldi va qo‘lini qarsillatib:
– Ivan Ivanovich, nima deyapsiz? O‘zingizmi yo 
boshqa odammisiz?
– Ko‘rib turibsiz-ku, o‘zimman.
– Xudo yarlaqasin, avliyolar qo‘llasin! Nima 
bo‘ldi sizga, Ivan Ivanovich, Ivan Nikiforovich bi-
lan yovlashdingizmi, o‘z og‘zingiz bilan aytyap-
sizmi shu gapni? Yana bir ayting! Orqangiz-
da birov turib, sizning tilingizdan gapirayotgan 
bo‘lmasin yana?
– Hayron bo‘ladigan nimasi bor buning? Uni 
ko‘rgani ko‘zim yo‘q: u meni shunday haqorat, 
shunday beobro‘ qildiki, bundan ko‘ra o‘lganim 
yaxshi.
– Yo Xudo, yo Iso, yo bibi Maryam! Onamni bu 
gapga qanday ishontiraman! Qachonki, egachim 
bilan koyishsam, onam: «Ey bolalarim, ikkovin-
giz it-mushuksiz-a. Hech bo‘lmasa, Ivan Iva-
novich bilan Ivan Nikiforovichdan ibrat olsangiz 
bo‘lmaydimi», – der edi. Ana do‘stlik, ana obro‘, 
ana inoqlik shu bo‘ldimi hali! Qani, o‘zi nima gap, 
nima bo‘ldi, ayting!



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling