Kbk: 84(Ros-Rus)


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/101
Sana13.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1354589
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
Bog'liq
Taras Bulba

283
Taras Bulba
– Menga qaranglar, bu yoqqa qaranglar! G‘ilay 
ko‘zimni xo‘b tomosha qildingiz, endi bas, un-
dan ko‘ra ikki do‘stimizni yarashtirib qo‘yaylik! 
Hozir Ivan Ivanovich qiz va juvonlar bilan ovora; 
bildirmasdan sekingina Ivan Nikiforovichni cha-
qirtirib kelib, ikkovini to‘qnashtirib qo‘yaylik.
Ivan Ivanovichning bu taklifi hammaga ma’qul 
tushdi va hokimning ziyofatiga, albatta, yetib ke ling 
deb Ivan Nikiforovichnikiga darrov odam yubormoq-
chi bo‘ldilar. Lekin masala ishkalga tushib, bu 
muhim vazifani kimga topshirish to‘g‘risida o‘yla-
shib qoldilar. Elchilikka kimning qobiliyati yaxshili-
gi to‘g‘risida rosa tortishdilar; ko‘p tortishuv lardan 
keyin nihoyat bu vazifani Anton Prokopyevich Go-
lopuzga topshirishga qaror qildilar.
Ammo o‘quvchini bu g‘alati odam bilan ta-
nishtirmoq kerak. Anton Prokofyevich tom ma’no-
si bilan nihoyatda pokiza va yuvosh odam edi. 
Mirgorodning ulug‘lari u kishiga ro‘molcha in’om 
qiladimi yoki ust-bosh sadaqa qiladimi, qulluq 
deb olaveradi; birov burniga chertsa ham, qulluq 
qilar edi. Agar undan «Anton Prokofyevich, to‘nin-
gizning o‘zi mosh rang, yengi ko‘kdan» deb so‘ra-
sa, hamisha: «Sizda shu ham yo‘q, shoshmang, 
eskirsa bir xil bo‘lib qoladi», – deb javob berardi. 
Darvoqe, ko‘k movuti oftobdan aynib, mosh rang-
ga aylandi va sekin-sekin to‘nining hamma yeri 
bir xil bo‘lib qoldi. Ammo shunisi taajjubki, An-
ton Prokofyevich aksari, yozda movut to‘n kiyib, 
qishda yupun kiyinardilar. Anton Prokofyevich-
ning uyi yo‘q. Avval shaharning bir chekkasida 
uyi bor edi, lekin uni sotib puliga uchta to‘riq ot 
va kichikroq brichka oldi va boylarnikiga meh-
mondorchilikka shu ot-aravasini qo‘shib boradi-


284
Nikolay Gogol
gan bo‘ldi. Uch otning tashvishi ko‘p bo‘lib, buning 
ustiga yem-xashakka ham pul lozim bo‘lganidan, 
Anton Prokofyevich ot-aravani bir dona g‘ijjak bi-
lan cho‘ri qizga alishtirdi va ustiga yigirma besh 
so‘lkavoylik qog‘oz ham oldi. Keyin g‘ijjakni sotdi. 
Cho‘ri qizni saxtiyondan zar qadab tikilgan tamaki 
hamyonga alishdi. Hozir unikidek tamaki hamyon 
hech kimda yo‘q. Bu davlatni deb qishloqma-qish-
loq aravada yurishdan bebahra bo‘ldi, shahardan 
tashqari chiqolmay, har kimnikida yotib yurdi
ayniqsa, uning burniga chertishdan zavq oluv-
chi boyonlarnikida ko‘proq qolib ketardi. Anton 
Prokofyevichning o‘zi ovqatga xo‘ra, xo‘rakxo‘r edi, 
«durak» va «melnik» degan qarta o‘yinlarini yaxshi 
bilardi. Ta’bi yuvosh bo‘lib, har kimga bo‘yin ega-
verar edi, shuning uchun bosh kiyimi bilan has-
sasini qo‘lga olib, yo‘lga ravona bo‘ldi.
Yo‘lda keta turib, Ivan Nikiforovichni ziyofatga 
qanday qilib olib kelsam ekan, deb bora-borgun-
cha o‘ylab ketdi. O‘zi garchi hurmatli bo‘lsa ham, 
bu odamning tabiatida o‘jarlik bir muncha g‘olib 
bo‘lganidan, uning bu harakati behudamasmi, 
darhaqiqat yotgan joyidan turmog‘i ancha 
mashaq qat bo‘lgan odam qanday qilib bora oladi? 
Bordi-yu, o‘rnidan turdiyam deylik, lekin ashad-
diy dushmani borgan joyga u nechuk borsin? 
Shunday qilib, Anton Prokofyevich o‘ylagan sari 
chatoqlar chiqaverdi. Havo dim, kun issiq, u ter-
ga g‘arq bo‘lib borar edi. Ammo Anton Prokofye-
vich hammaga burnini chertirib yursa ham, o‘zi 
ko‘p joylarda ancha quv bo‘lib, faqat mol alishti-
rishda toleyi past edi. Qachon o‘zini tentaklikka 
solishni yaxshi bilar edi va gohda dono kishilar 
ham ilojini qilolmagan ishkallarni osonlik bilan 
eplab ketar edi.


285
Taras Bulba
Uning topog‘on aqli Ivan Nikiforovichni qan-
day qilib ko‘ndirish yo‘lini o‘ylab tavakkal qilib 
borayotganida kutilmagan bir hol uning shash-
tini qaytarib qo‘ydi. Bu o‘rinda o‘quvchiga aytib 
qo‘ysak zarar qilmaydigan bir gap bor; Anton 
Prokofyevichning ajab g‘alati bir shimi bor edi, 
qachonki bu shimni kiysa, itlar talab pochasi-
dan tishlar edi. Falokat bosib bugun ittifoqo shu 
shimni kiyib chiqqan ekan. Shu sababdan boya-
gi mulohazalar bilan bo‘lib, o‘y o‘ylab ketayot-
gan chog‘ida har tarafdan hurgan itlarning ovozi 
qulog‘iga eshitildi. Anton Prokofyevich shunday 
qattiq baqirdiki, (baqiroqlikda hech kim unga bas 
kelolmas edi), ma’lumimiz bo‘lgan kampir bilan 
ro‘dapo kamzul kiygan boladan tashqari, hatto 
Ivan Ivanovichning hovlisidagi bolalar ham yu-
gurishib chiqdilar, itlar garchi bir pochasidangi-
na tishlab qolgan bo‘lsalar ham, u shashti qaytib, 
popugi pasayib qoldi va qo‘rqa-pisa zo‘rg‘a eshik 
tagidagi zinaga chiqdi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling