Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
291
Taras Bulba Dasturxon yig‘ishtirilgach, ikki eski do‘st bir- daniga o‘rinlaridan turib, sekin chiqib ketish ni- yatida bosh kiyimlarini qidirib qoldilar. Hokim bir imo qilgan edi, Ivan Ivanovich, bunisi, anavi g‘ilay, Ivan Nikiforovichning ketiga o‘tib oldi. Hokim bo‘lsa, Ivan Ivanovichning orqasiga o‘tib, ikkovini bir-birga to‘qnashtirib qo‘l berib ko‘rishmagunla- richa qo‘yib yubormaslik uchun orqalaridan ha- deb turtaverdilar. G‘ilay Ivan Ivanovich Ivan Ni- kiforovichni itarib yubordi, garchi to‘g‘risiga itar- may qing‘irroq itargan bo‘lsa ham, Ivan Ivanovich turgan joyga qarab itardi, lekin hokim to‘g‘riga qarab itara olmasdan qiyshaytirib yubordi, chun- ki bu paytda uning hech qanday amr-farmoni- ga itoat qilmagan va falokat bosgandek bugun butunlay teskari tomonga siltanglab ketayotgan sarkash oyoqlarini hech eplay olmay qolgan edi (dasturxon tepasida har xil sharob-sharbatlar- ning ko‘p iste’mol qilinganidan bo‘lsa ham, ajab emas) Shuning uchun Ivan Ivanovich o‘zi han- gamatalabligidan orqaga suqilib kirib qolgan qizil ko‘ylakli bir xonimning ustiga yiqilib tushdi. Bu voqea, albatta, bir falokatning boshi edi. Biroq sudya ishni o‘nglamoqchi bo‘lib, hokimning o‘rni- ga o‘tdi va yuqori labidagi burnakisini bir tortish- da tortib olgach, Ivan Ivanovichni turtib yubordi. Mirgorodda arazlashganlarni rasmi shu yo‘l bilan yarashtiradilar, bu rasm koptok o‘yiniga o‘xshab ketadi. Sudya Ivan Ivanovichni bu tomonga ita- rib yuborgan hamon, g‘ilay Ivan Ivanovich ham kuchanib turib, a’zoyi badanidan ter sharillab oqib turgan Ivan Nikiforovichni u tomonga ita- rib yubordi. Ikki do‘st har qancha tixirlik qilib ko‘nmasalar ham, aloha ularni to‘qnashtirdilar, 292 Nikolay Gogol chunki bu ishga bel bog‘lagan azamatlarga bosh- qa mehmonlar ham xiyla yordam berdilar. Shundan so‘ng ularni to‘rt tomondan mahkam o‘rab olib, bir-birlariga qo‘l berishmagunlaricha qo‘yib yubormadilar. – Ey, Ivan Nikiforovich, ey Ivan Ivanovich, Xudo urdi-ketdi! Axir o‘zlaring insof qilib aytingiz: nima talashib urishdingiz? Janjalingiz behuda emas- mi? Xudodan, el-u yurtdan uyaling-ey! Ivan Nikiforovich juda charchaganlikdan han- siray-hansiray (uning yarashmoqqa ko‘ngli borli- gi bilinib turar edi) dedi: – Bilmayman, nima qilibman Ivan Ivanovichga! Ka- tagimni buzib, o‘zimga qasd qilishining sababi nima? – Hech qanday yomon niyatim yo‘q edi, – dedi Ivan Ivanovich Ivan Nikiforovichga qaramasdan. – Siz muhtaram asilzodalarning huzuringizda va Xudo qoshida qasam ichamanki, menga g‘a nimlik qilgan bu kishiga hech yomonlik qilganim yo‘q. Nega u kishi meni haqorat qilib, nom-u nasabim va mansabimga ziyon yetkazadi? – Ey, Ivan Ivanovich, sizga qanday zarar yetkaz- dim men? – so‘radi Ivan Nikiforovich. Yana bir damgacha bunday ginaxonlik qilsalar, adovat o‘ti o‘char edi. Ivan Nikiforovich burnaki- sini olib, «marhamat qiling» demoqchi bo‘lib qo‘li- ni kissasiga solgan ham edi. Ivan Ivanovich ko‘zini yerdan olmay dedi: – Siz, muhtaram zotlar, mening darajam va nasli-nasabimni bu yerda zikr qilib bo‘lmay tur- gan qabih iboralar bilan haqorat qildingiz, zarar yetkazmoq bundan ortiq bo‘ladimi? – Ijozatingiz bo‘lsa agar, Ivan Ivanovich, siz- ga do‘stona bir gap aytay! (Ivan Nikiforovich bu 293 Taras Bulba so‘zni aytganda Ivan Ivanovichning tugmasini ushladi, uning bu harakati unga juda do‘stligini ko‘rsatar edi). – Siz o‘zingiz qayerdagi bo‘lmag‘ur gaplardan bekorga xafa bo‘lib yuribsiz: sizni er- kak g‘oz deganimga shuncha xafa bo‘lasiz... Ivan Nikiforovich bu so‘zni aytdi-yu, lekin chakki qilganligini o‘zi fahmladi, ammo pushay- monning foydasi yo‘q edi. So‘z og‘izdan chiqdimi, bas, hamma harakat bekor ketadi! Ivan Nikiforovich bu so‘zni tanho joyda ayt- ganida, Ivan Ivanovich unga hech chiday olmay, shunday g‘azabga kelgan ediki, hech kimni Xudo bunday holga solmasin. Muhtaram o‘quvchilar, bu qabih so‘z birtalay xonimlar huzurida aytil- ganidan keyin nima bo‘lishini o‘zingiz bilavering. Ivan Ivanovich xonimlar oldida o‘zini nihoyat- da sipo tutmasmidi?! Agar Ivan Nikiforovich er- kak g‘oz demasdan parranda deganda ham, ish o‘nglanib ketarmidi?! Ammo endi iloji qolmadi! U kishi Ivan Nikiforovichga shunday bir qa- radi, shunday qaradiki! Agar bunday qaragan odamda amr qilmoq haqi bo‘lsa, Ivan Nikifo- rovichni birpasda yer bilan yakson qilar edi! Ivan Ivanovichning avzoyi yomonligini mehmonlar ham payqadilar va darhol ularni ajratib qo‘ydilar. Yuvvoshlik namunasi bo‘lgan va har bir gadoyni ko‘rganda hol-ahvol so‘ramay o‘tmagan bu odam, qattiq jaholat bilan o‘zini olib qochdi. Jahl kishini shunday ko‘ylarga solar ekan! Bir oygacha Ivan Ivanovichdan hech qanday xabar eshitilmadi. U kishi uyiga berkinib oldi. Eski tabarruk sandiq ochildi va nima deb o‘ylay- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling