Kbk: 84(Ros-Rus)
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Taras Bulba
IZOHLAR
Taras Bulba N.V. Gogol aslida tarixchi bo‘lmoqchi edi. Ammo u tarixchi bo‘lib yetishmadi, biroq uning «tarixiy izlanishlari» izsiz qolmadi. Ular yozuv- chi Gogolning butun ijodiga katta ozuqa bo‘ldi. Aynan, «Taras Bulba» qissasida buning yorqin ifo dasini ko‘rish mumkin. «Taras Bulba» qissasida Gogol ukrain xalqi ning o‘z mustaqilligi uchun olib borgan kurashlarini ko‘rsatdi. Ma’lumki, Ukraina yerlariga janubdan ko‘pincha turklar va tatarlar, G‘arbdan polyaklar, litvaliklar tez-tez hujum qilib turardilar. XIV asr- da Ukrainani Litva knyazligi bosib oldi. Hamisha Ukrainaga ko‘z olaytirib kelgan Polsha jim qarab turmadi. U Litvaning o‘zini ham bosib olish niyati bilan yashadi. Shuning uchun ham ko‘p o‘tmay Ukraina hududi shiddatli va qonli kurashlar maydoniga aylandi. Urushdan aksar xalq – dehqonlar ommasi azob chekdi. Bosqinchilar xalqni faqat shafqat- sizlarcha ekspluatatsiya qilib qolmay, o‘z dumi, urf-odatlarini unutishga majbur qildilar – bu esa, o‘z navbatida, stixiyali norozilik va g‘azabni tug‘di- rar edi. Ulardan ko‘plari qiynoq va haqoratlardan Ukraina janubidagi Dnepr atrofidagi yerlariga qo- chib ketib, u yerda ozod kazaklarning erkin ja- moasini tashkil qildilar. Shu tarzda qurolli odam- 298 Nikolay Gogol lar uyushmasi (qari va yosh erkaklar, ammo oila- siz) jonajon Ukrainani polyak asoratidan ozod qilish uchun kurashuvchi Zaporojyе Sechi vu- judga keldi. «Taras Bulba» qissasida ana shu davr voqealari realistik tarzda g‘oyat jonli ko‘rsatib berilgan. Belinskiy «Rus qissalari va j. Gogolning qis- salari» maqolasida bu asar to‘g‘risida zavq bi- lan: «Agar bizning davrimizda gomercha epopeya lozim bo‘lsa, mana sizga uning buyuk namunasi, ideali va prototipi!» – deb yozgan edi. Gogol qissani qayta ishladi. U hajm jihatidan kattalashdi, yangi boblar kiritildi, g‘oyaviy o‘tkir badiiy barkamol tus oldi. Viy Qissa afsona, xalq ijodiyoti ruhida yozilgan. Bu haqda N.V. Gogolning o‘zi eslatmada shun- day degan edi: «Bu qissaning turgan-bitgani xalq ijodiyotining yorqin namunasidir. Men uni hech qanaqasiga o‘zgartirishni istamadim va uni qan- day oddiylikda eshitgan bo‘lsam, deyarli shunday so‘zlab beryapman». Mazkur gogolcha usul biz- ga avvaldan ma’lum – axir «Dikanka qishlog‘i oq- shomlari» qissasida ham bayon qiluvchilar bosh- qalar: dyak Foma Gordeyevich «goroxoviy panich», Stepan Ivanovich Kurochka... «Viy» qissasining asosi xalq og‘zaki ijodidan bo‘lganligi sababli u «Dikanka qishlog‘i oqshomlari»ga o‘xshaydi de yish noto‘g‘ri. Ukrain folklorida Gogolning asaridagi afsonaga o‘xshash asarning borligi haqida Na- reusniyning «Bursak» romanidagi ayrim detallar guvohlik beradi. (Nareusniy Gogolning hamsha- 299 Taras Bulba hari edi, u ham mirgorodlikdir. Ammo qissada na roman bilan, na ukrain folklorining birorta ma’lum asari bilan syujet o‘xshashligi bor. «Viy»da «Dikanka qishlog‘i oqshomlari»dagi kabi xalq hayotining yuksak poeziyasi emas, bal- ki uning o‘rniga murakkab dunyo, to‘liq murosa- siz qarama-qarshiliklar to‘lib-toshgandir. «Viy» qissasining g‘oyaviy muammosi markazi- da inson taqdiri turadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanadiki, «Viy»ning xuddi mana shu alohida o‘ziga xos asarligi, uning «bir qahra- monliligi» N.V. Gogolning «Kechalar», «O‘lik jon- lar», «Revizor» va boshqa «ko‘p qahramon» yoki «qahramonsiz» asarlaridan ajratib turadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling